Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 31-turida “Milan” 18-aprel, yakshanba kuni “Jenoa”ni qabul qildi.
O‘yin tezkor gol bilan boshlandi. 13-daqiqada Ante Rebich hisobni ochdi. 37-daqiqada Mattia Destro burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab, muvozanatni tikladi. Ammo Janluka Skamakka 68-daqiqaga kelib, o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
“Jenoa” safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov mazkur bahsda 74-daqiqada maydonga tushirildi.
Ushbu g‘alabadan keyin milanliklar 66 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Genuya klubi esa 32 ochko bilan 13-pog‘onani band etgan.
A Seriya
31-tur bahsi
18-aprel, yakshanba
“Milan” – “Jenoa” 2:1
Gollar: 1:0 – 13 Rebich, 1:1 – 37 Destro, 2:1 – 68, avtogol Skamakka.“Milan”: Donnarumma, Kyer, Teo, Tomori, Kalulu (Diogu Dalot, 62), Salemakers (Braim Dias, 63), Bennaser (Tonali, 74), Chalxono‘g‘lu (Krunich, 88), Kessie, Rebich, Rafael Leau (Manjukich, 63).
“Jenoa”: Perin, Gilyone (Biraski, 57), Masyello, Goldaniga, Strotman (Behrami, 83), Radovanovich, Zays, Badel, Kassata (Pandev, 74), Destro (Pyatsa, 57), Skamakka (Shomurodov, 74).
Ogohlantirish: Goldaniga (26).
Izoh (0)