• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “O‘zga sayyoraliklar”, Xavi, Inyesta va boshqalar. La Liga tarixidagi eng yaxshi futbolchilar

    Ispaniya La Ligasi nufuzi bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda turishi hech kimga sir emas. Shunga yarasha u yerda barcha davrlarda eng yuqori darajali futbolchilar to‘p surib kelgan. Football Whispers nashri La Liga tarixidagi eng kuchli futbolchilar haqida material tayyorladi. Quyida ushbu maqola o‘zbek tilida taqdim etiladi.

    Ladislav Kubala

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ro‘yxat o‘tgan asrning 50-yillarida porlagan vengriyalik futbolchi Ladislav Kubaladan boshlanadi. U 1951-yilda “Barselona”ga o‘tadi. Dastlab ko‘pchilik u haqida hech narsa bilmas edi, boisi u gollarni asosan vatanida urgandi. Ammo u tezda barcha tanqidchilarning ovozini o‘chirishga muvaffaq bo‘ladi.

    Ispaniyadagi ilk mavsumida u 26 ta gol uradi va hatto bir o‘yinda raqib darvozasini yettita marta ishg‘ol qilgan hola ham kuzatilgan. Dastlabki uch mavsumda Kubala ikki marta Ispaniya chempionligini va 3 marta mamlakat Kubogini qo‘lga kiritadi. U “Barsa”dagi faoliyati davomida 280 ta gol uradi va 11 ta sovringa ega chiqadi.

    Iker Kasilyas

    Foto: “Real”

    Foto: “Real”

    Kasilyas ushbu ro‘yxatdagi yagona darvozabon hisoblanadi. Jahon chempioni va ikki karra Yevropa chempionati g‘olibi “Real” safida 18 yoshida debyut qilgan. Shuningdek, u Chempionlar Ligasida maydonga tushgan eng yosh darvozabonga aylanish bilan birga musobaqada ham g‘alaba qozonadi.

    Umumiy hisobda Kasilyas “qirollik klubi” safida 725 ta o‘yin o‘tkazgan. U shulardan 177 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan. Iker qo‘lga kiritgan sovrinlari qatoriga esa uchta Chempionlar Ligasi, beshta Ispaniya chempionati bosh sovrini va ikkita Ispaniya Kubogini kiritish mumkin.

    Raul

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Real” tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purarning bu ro‘yxatdan tushib qolishi shunchaki mantiqsizlik bo‘lardi. U “Real”dagi faoliyatini 15 yoshida boshlagan. U “qaymoqranglilar” safiga azaliy raqib “Atletiko” safidan ko‘chib o‘tadi. Shu tariqa u jamoa tarixidagi eng yosh o‘yinchiga aylanadi, o‘zining dastlabki golini esa aynan sobiq jamoasiga qarshi o‘yinda uradi.

    Raulning “Real”dagi debyut mavsumi chempionlik va shaxsiy mukofot bilan yakunlanadi. U Ispaniyadagi faoliyati davomida olti marta Ispaniya chempioni bo‘lishdan tashqari uch marta Chempionlar Ligasida ham g‘alabani tantana qilgan.

    Dani Alves

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Dani Alvesnning La Liga tarixidagi eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi ekanligi haqida hech kim bahslashmasa kerak. U “Barselona”ga ko‘chib o‘tgach, darhol jamoaning almashtirib bo‘lmas futbolchilardan biriga aylandi. 2008-yildan 2016-yilgacha bo‘lgan davrda u “Barselona”ga uchta Chempionlar Ligasi bosh sovrini, beshta Ispaniya Kubogi va olti marta mamlakat chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritishda yordam beradi.

    Umuman olganda, braziliyalik futbolchi La Ligada 400 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Alohida qayd etish joiz bo‘lgan bir jihat shuki, u nafaqat himoyada, balki hujumda ham manaman degan oldingi chiziq vakillari bilan raqobatlasha olardi.

    Fransisko Xento

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xentoning sovrinlariga nazar tashlagan inson uning La Liga tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilarda biri ekaniga shubha qilmaydi. U umumiy hisobda 12 marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari Xento xalqaro maydonda ham havas qilarli yutuqlarga erishgan. U olti karra Yevropa Chempionlar Kubogi sohibi hisoblanadi.

    Xento tezkorligi bilan mashhur bo‘lib, u mazkur xususiyati orqali raqib himoyachilarini dog‘da qoldirib kelgan. U La Ligada 438 marta o‘yin o‘tkazgan, barcha musobaqalarda esa bu ko‘rsatkich 650 taga teng.

    Serxio Ramos

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Serxio Ramos Ispaniya futboli tarixidagi eng buyuk himoyachilardan biri hisoblanadi. Uni “Sevilya” tarbiyalagan bo‘lsa-da, ammo “Real” tezda yosh iste’dodni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. Ramos yangi klubi safida sadoqatli o‘yinchiga aylanadi.

    Xarizmatik va o‘ziga xos futbolchi bo‘lgan Ramos maydonda istalgan ishni amalga oshirishi mumkin. U himoyada o‘tib bo‘lmaydigan qoya bo‘lib, markazda ham, qanotda ham bir xil darajada o‘ynay oladi. Ramos “Real” safida 100 ta gol urib, chempionat tarixida eng ko‘p gol urgan himoyachiga aylangan. Shuningdek, u Madrid klubi libosi ostida 500 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan.

    Xavi va Andres Inyesta

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Gap bu ikki futbolchi haqida ketganida barcha qoidalar chetga chiqadi. Ha, bu biroz bo‘rttirib ko‘rsatishdek tuyulishi mumkin, ammo bu ikkalasini bir-biridan ajratib bo‘lmasligi bor gap. Agar futbolchilar birgalikda o‘ynamagan bo‘lganida, ularning yutuqlari u qadar ta’sirli chiqmagan bo‘lardi. Xavi 1998-yilda, “Barselona” La Ligada g‘alaba qozongan mahal jamoadagi debyutini o‘tkazgan. 2002-yilda, Andres Inyesta yarim himoyada paydo bo‘lgunga qadar bu uning yagona sovrini edi. Ushbu duet shu qadar kuchli ediki, o‘n yildan oshiq vaqt davomida “Barselona”ni ularsiz tasavvur qilish shunchaki imkonsiz edi.

    Birinchi medaldan tashqari Xavi Inyesta bilan yana yettita sovringa ega chiqqan. Ularning eng yaxshi mavsumi 2012/13-yil bo‘lib qoldi. O‘shanda “Barsa” La Ligada 100 ochko jamg‘argandi. Xavi ketganidan keyin ham Inyesta o‘ynashda va g‘alaba qozonishda davom etdi. Ammo baribir uning yonida Xavining yo‘qligi sezilib turardi. Ular birgalikda to‘rt marta Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqqan. Xavi jamoadan ketgach (2015-yilda), kataloniyaliklar Chempionlar Ligasida biror marta ham chorak finaldan nariga o‘ta olmagan.

    Krishtianu Ronaldu

    Foto: Squawka

    Foto: Squawka

    2009—2018-yillarda “Real” tarkibida o‘ynagan Ronaldu bu davr ichida nafaqat o‘zi yangi bosqichga chiqdi, balki klubni ham yangi g‘alabalar sari yetaklab, uning yanada ommalashishiga beqiyos hissasini qo‘shdi. Ispaniyalik muxlislar uni va uning yorqin o‘yinlarini hech qachon unutmasligi aniq.

    Ronaldu “Real”da o‘ynagan kezlari 438 o‘yinda 451 ta gol urgan, bu bir o‘yinda bitta goldan ko‘proq deganidir. Faqat La Liganing o‘zida futbolchi 292 o‘yinda 311 gol va 96 golli uzatmani amalga oshirgan.

    Portugaliyalikning yordami bilan “qirollik klubi” o‘zining kuboklar to‘plamini ham kengaytirib olganini alohida ta’kidlash joiz, Chempionlar Ligasida to‘rtta, La Liga va Ispaniyada Kubogida ikki martadan g‘alabani tantana qilgan. Ronalduning o‘zi esa “Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan va “Oltin to‘p”larining asosiy qismini shu klub safida qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

    Alfredo di Stefano

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    La Liga ixlosmandlari Alfredo di Stefanoning ajoyib o‘yinchiligini inkor etmasligi aniq. Qizig‘i, argentinalik futbolchi faoliyatining boshida “Real”da ham, “Barsa”da ham o‘ynash imkoniyatiga ega edi. Ammo kataloniyaliklar di Stefanoning kelajagiga ishonmagan holda uni “qaymoqranglilar”ga berib yuboradi.

    Alfredo di Stefano o‘n yildan ortiq vaqt davomida Madridda o‘ynadi va u yerda o‘z ishining eng yaxshilardan biri ekanligini isbotladi. U “Real” safida 396 o‘yinda 308 ta gol uradi. Alfredo “Real”ga ketma-ket besh marta Yevropa Kubogini, shuningdek, sakkiz marta La Liga va bir bor Ispaniya Kubogini yutishda yordam bergan. Shu o‘rinda di Stefanoning ikki karra “Oltin to‘p” sohibi bo‘lganini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

    Lionel Messi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Va nihoyat navbat argentinalik sehrgar — Lionel Messiga keldi. 13 yoshida “Barselona”ga kelgan bolakay yillar o‘tib, nafaqat klubning, balki butun bir futbol tarixidagi eng yaxshi ikki o‘yinchining biriga aylandi. Shunchaki aqlbovar qilmas hikoya, shunday emasmi?

    10 ta chempionlik unvoni va Ronaldudan 150 taga ko‘proq gol. Bu Messining La Ligadagi natijasidir. U Ispaniya chempionatining 2011/12-yilgi mavsumida 37 o‘yinda 50 ta gol urishga erishgan. Shuningdek, Messi “Barselona” tarkibida to‘rt marta Chempionlar Ligasida va olti bor Ispaniya Kubogida g‘alaba qozongan. Shuningdek, Messi 6 ta “Oltin to‘p”ining barchasini “Barselona” tarkibida qo‘lga kiritgan.

    Manba

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    18.04.2021, 16:14   Izoh (0)   29140
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirollik davri: “Real”ning Florentino Peres davridagi eng qimmat transferlari

    18.04.2021, 14:49

    “Barselona” Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, Leo Messi esa yana rekordlar qurshovida qolib ketdi

    18.04.2021, 12:42

    YouTube bloger boks qoidalari bo‘yicha jangda sobiq UFC jangchisini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

    18.04.2021, 12:29

    “Barselona” finalda “Atletik B”ni yirik hisobda mag‘lub etib, Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, Messidan dubl

    18.04.2021, 02:29

    OChL. Otabek Shukurov 90 daqiqa o‘ynagan uchrashuvda “Sharja” ochko yo‘qotdi

    18.04.2021, 01:28

    “Chelsi” “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, Angliya Kubogi finaliga chiqdi

    17.04.2021, 23:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz” — Qamchibek Tashiyev “Do‘stlik” postida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi

    Dunyo | 15 iyul, 17:33

    Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov mukofot jamg‘armasi 750 ming dollarlik bo‘lgan musobaqada qatnashadi

    Sport | 15 iyul, 17:10

    Toshkentda yuzlab odamlar qurilishiga ruxsat berilmagan uyga to‘lov qilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 17:05

    AQSH NATO davlatlariga 10 mrld dollarlik qurol sotadi — Axios

    Dunyo | 15 iyul, 16:40

    Namanganda yo‘lovchiga shilqimlik qilgan Damas haydovchisi 3 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 16:30

    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi

    Reklama | 15 iyul, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 16:21

    IBF reytingi yangilandi. Bahodir Jalolov nechanchi o‘rinda?

    Sport | 15 iyul, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.