• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rus-ukrain qarama-qarshiligi, O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalari. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” an’anaviy jahon matbuoti sharhi ruknini taqdim etadi.

    Rossiya Ukrainaga bostirib kiradimi?

    O‘tgan hafta yetti yildan beri davom etib kelayotgan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keskinlik yana jiddiylasha boshladi. Ukraina bergan ma’lumotlarga ko‘ra ruslar Ukraina chegaralari yaqinida 85 ming harbiysini mobilizatsiya qilishga ulgurgan. Urush kelib chiqadimi? Bu Ukrainaga qanday ta’sir qiladi? Yevropa Ittifoqi va AQSh Ukraina nizosini hal qilish uchun Rossiyaga qarshi tura oladimi? Shu kabi savollarga The Spectator nashri javob izlaydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ayni paytda to‘xtab-to‘xtab muttasil davom etib kelayotgan Ukrainadagi fuqarolar urushi ko‘plarni yostig‘ini quritdi, Ukraina ham, uning sharqiy hududlari ham fuqarolar urushidan katta aziyat chekdi. Agarda urush bugungidan-da kuchayib alangalanadigan bo‘lsa, bu Ukraina sharqidagi vaziyatni yanada murakkablashtirib qo‘yishi mumkin.

    Ayni paytda rus harbiylarining Ukraina chegaralari oldida to‘planayotgani 2008-yildagi Gruziya va Rossiya urushi epizodlariga ham o‘xshab ketadi. O‘shanda rus harbiylari o‘z qo‘shinlarini Gruziya chegaralarida to‘plab, Gruziyaga kutilmaganda urush e’lon qilgandi.

    Ukrainada 2014-2016-yilgi urushda Ukraina sharqidagi ko‘plab aholi punktlari vayron bo‘ldi, infratuzilma barbod bo‘ldi va o‘sha davrdan beri Sharqiy Ukraina odatiy hayot tarziga qaytmadi. 2014-yilgi inqilob natijasida inqilobchilar rus siyosatini dastaklayotgan Viktor Yanukovichni hokimiyatdan ag‘darib tashladi va Ukrainada hokimiyatni g’arbchilik tarafdori bo‘lgan Pyotr Poroshenko egallaydi. Yangi Ukraina hukumati Yanukovichni davlatga xiyonatda ayblab xalqaro qidiruvga beradi. O‘z navbatida, Ukraina sharqidagi Kreml taraf kuchlar rasmiy Kiyevda fashistlar hokimiyatni qo‘lga olganligini da’vo qiladi. Sharqiy Ukraina madaniy jihatdan rus tili orqali ko‘proq Rossiya bilan uzviy bog‘langanligi, Ukraina g‘arbidagilar esa yevropasentrizm g‘oyasi doirasida Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishga urinayotgani Ukrainadagi inqiroziy vaziyatni yuzaga keltirdi. G‘arbchi ukrainlar uchun Boltiqbo‘yi mamlakatlarining Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zoligi va Gruziyaning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda yutuqlarga erishayotgani yaxshigina misol bo‘lib xizmat qildi.

    Rasmiy Kiyev o‘zining G‘arbga yaqinlashish siyosatini e’lon qilganda Ukraina sharqidagi rus taraf kuchlar Ukrainadan ajralib chiqishga qaror qiladi. Mustaqillik e’lon qilgan Dones va Lugansk xalq respublikalari Gruziyadan ajralib olgan Abxaziya va Janubiy Osetiya hamda Moldovaning Pridnestr bo‘yi respublikasidan ilhomlanishdi. Rossiya bu ayirmachi kuchlarga yordam berishga tayyor tursa-da, vujudga kelgan nozik paytda o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakat qiladi.  G‘arb matbuoti rasmiy Kremlni Ukraina ayirmachilariga yordam berayotganlikda ayblasada, Kreml bu ayblovlarni rad qiladi. Vaholanki rus elita armiyasi qurollari allaqachon Lugansk va Doneskdagi ayirmachi guruhlarining harbiy omborlarida foydalanishga tayyor turibdi.

    Ukrainadagi Yevromaydon voqealaridan so‘ng ukrain millatchilarining harbiylashgan guruhlari ham ancha faollashdi. Ularning barchasi Yevropaga intilish g‘oyasi ostida birlashgan bo‘lsa-da, ammo ularning barchasida ham ukrain xalqi mustaqilligi yetakchi emasdi. Donesk va Lugansk ukrain, gruzin, belarus va boshqa Boltiqbo‘yi xalqlarining Moskvadan o‘ch olish maydoniga ham aylanib qolgandi, deb yozadi Associated Pressning o‘sha davrdagi muxbiri bo‘lgan Nikolas Uoller.

    Donbass va Luganskdagi ayirmachilar ruslarning ko‘magiga tayangan holda Ukraina harbiylariga nisbatan o‘zlarini ancha agressiv tutmoqda. Ruslar esa o‘z harbiy qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga siljitmoqda. Vaziyat keskinlashadigan bo‘lsa, bu holda vaziyatning quyidagicha rivojlanishini taxmin qilish mumkin. Ayirmachilarning Mariopol port shahrini qo‘lga kiritish niyatidagi harakatlari Putinga mintaqadagi obro‘yini tiklab olishga yordam beradi. Bu esa Ukraina uchun halokatli bo‘lsa, G‘arb uchun og‘ir sinov davri bo‘ladi. Agarda Bayden saylov oldi dasturida aytganiday Putinga qarshi samarali qarshi tura olsa, vaziyat keskinlashmasligi ham mumkin.

    Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi?

    Fevral oyida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston hukumatlari Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘lini qurish borasida “Yo‘l xaritasini” imzolagan edilar. Mazkur loyihada Rossiya ham qatnashishga qiziqish bildirib keladi. Bu loyiha esa so‘nggi yuz yillikda ilk marta Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi transport va energetika yo‘lagini qurish borasida ijobiy umidlarni uyg‘otdi. The Project Syndicate nashri mazkur yo‘lakning istiqbollari haqida so‘z yuritadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mozori Sharif-Kobul-Peshovar transport yo‘lagini bitirish mintaqada iqtisodiy aloqalarning jonlanishiga va qolaversa Afg‘onistonda tinchlikning o‘rnatilishiga va ehtimol qadimiy Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishiga umid beradi. Shu boisdan qurilishi imzolangan loyiha Afg‘onistonga 2 trillion dollar mablag‘ sarflagan Rossiya, Xitoy, Hindiston va AQSh tarafini qiziqtirishi mumkin. Shuningdek, g‘arbda “noma’lum hudud” sifatida qaraladigan Markaziy Osiyoning xalqaro siyosiy voqealardagi o‘rniga ham xolisona baho berishga undashi tabiiy.

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov fevral oyida Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikistonga safar qildi va Afg‘oniston ishtirokida Janubiy Osiyo mamlakatlariga chiqish masalasini muhokama qildi. Prezident Mirziyoyev parlamentga yo‘llagan murojaatida ham asosiy masala Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va Afg‘onistondagi tinchlikka hissa qo‘shish ekanligini ma’lum qildi.

    O‘zbekiston hukumati Termizdan Mozori Sharifga olib boruvchi temiryo‘lni qurib bitkazdi. Navbat esa endi Hindiqush tog‘lari orqali o‘tuvchi va Peshovarga tutashuvchi 573 kilometrlik temiryo‘l qurilishini bitkazishga keldi. Agar loyiha ijobiy yakunlanadigan bo‘lsa, bu temiryo‘l dunyodagi eng baland temiryo‘l nomini ham olishga va yiliga 20 million tonna yukni tashishga xizmat qilishi mumkin.

    Dekabr oyida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston rahbarlari Mozori Sharifdan Kobulga eltuvchi temiryo‘lni qurish borasida shartnoma imzoladilar va temiryo‘l qurilishiga 5 milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘ ketishini aniqlab, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning bu loyihaga e’tibor qaratishlarini so‘radi. Agar moliyaviy yordam olinadigan bo‘lsa, temiryo‘l qurilishi shu yilning sentabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.  O‘zbek va tojik elektr tashuvchi tarmoqlarining Kobul yo‘nalishida o‘rnatilganligi kelajakda temiryo‘lni elektrlashtirishga yordam beradi. Mutaxassislar fikricha mazkur temiryo‘lning qurilishi Markaziy Osiyodan yuborilayotgan yuklarning yetkazib berish muddatini 30 kundan 15 kungacha qisqartiradi.

    Loyihalashtirilgan temiryo‘l, shuningdek, Xitoy, O‘zbekiston va Qirg‘iziston qurayotgan transport koridorini bir-biriga bog‘laydi va Yevropa, Xitoy, Rossiya va Janubiy Osiyo mamlakatlari Markaziy Osiyo orqali o‘tadigan transport yo‘lagiga ega bo‘ladi. Hozirda O‘zbekiston o‘z yuklarini Eronning Bandar Abbos porti orqali dengizga chiqishini ta’minlamoqda va bu o‘rtacha hisobda 2600-3000 dollarga tushmoqda. Agarda Afg‘oniston orqali Pokistonning Karachi portiga chiqish imkonini beradigan temiryo‘l quriladigan bo‘lsa, bu xarajat 1400-1600 AQSh dollariga tushishi mumkin.

    2020-yilning oxirlarida Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston hukumatlari Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi gaz quvurini qurish ishlarini boshlab yubordi. 1814 kilometrga cho‘zilgan mazkur gaz quvuri yiliga 33 milliard kubometr gazni eksport qilish imkonini beradi. Mazkur gaz quvuri qurilishi 2023-yilning dekabr oyida tugallash rejalashtirilmoqda. Tolibon rahbariyatining mulozimlari rasmiy Ashxobodga tashrifi chog‘ida mazkur gaz quvuri qurilishini qo‘llab quvvatlashini bildirdi.  AQSH milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Zbignev Bzejinski bir vaqtlar Markaziy Osiyoni “buyuk shaxmat taxtasi” ga qiyos qilgandi, chunki bu hududda katta loyihalar amalga oshirilar ekan AQSH, Rossiya va Xitoydek yirik geosiyosiy o‘yinchilarni ham nazardan qochirmaslikka to‘g‘ri keladi. Shunday ekan AQSH ham, Rossiya ham, Xitoy ham Markaziy Osiyoda tinchlik ta’minlanishi va taraqqiy etishidan manfaatdorligi ko‘rinadi.

    Markaziy Osiyo bir vaqtlar dunyo savdo sotig‘i va ilm fanida gurkiragan bo‘lsa, hozirda oltin asrdagi yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirib olish uchun yaxshi imkoniyatga ega, buning uchun esa Markaziy Osiyo mamlakatlari bir-birlari bilan yaqin iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yib erishishlari mumkin.

    Jahongir Ergashev tayyorladi

     

    17.04.2021, 19:20   Izoh (0)   60438
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moderna Buyuk Britaniya va Kanadaga o‘z vaksinasini rejalashtirilganidan kamroq yetkazib berishini ma’lum qildi

    17.04.2021, 18:16

    Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSh sanksiyalariga javob choralari ko‘rilganini e’lon qildi

    17.04.2021, 15:12

    Makron, Merkel va Zelenskiy Rossiyani o‘z qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishga undadi

    17.04.2021, 14:12

    Kuba Kommunistik partiyasi rahbari Raul Kastro iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Mamlakat boshqaruvida Kastrolar oilasi davri 62 yil davom etdi

    17.04.2021, 13:13

    Google rivojlanayotgan mamlakatlar uchun koronavirusga qarshi 250 ming doza vaksina olib beradi

    17.04.2021, 08:08

    Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li uning o‘rniga Axaltekin otlarini yetishtirish assotsiatsiyasi rahbarligiga saylandi

    17.04.2021, 07:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.