• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moderna Buyuk Britaniya va Kanadaga o‘z vaksinasini rejalashtirilganidan kamroq yetkazib berishini ma’lum qildi

    AQShning Moderna farmatsevtika kompaniyasi 2021-yilning ikkinchi choragida o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasini Kanada va Buyuk Britaniyaga rejalashtirilganidan kamroq yetkazib beradi. Bu haqda kompaniyaning CNN’ga bergan ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Mavjud talab, ta’minot va taqsimotni hisobga olgan holda, Moderna ikkinchi chorakda bir qator mamlakatlarga, shu jumladan, Kanada va Buyuk Britaniyaga vaksina yetkazib berish hajmini kutilayotganidan kamaytiradi”, — deyiladi kompaniya xabarida. Moderna vaksina ta’minoti qanchaga kamayishi va bu tanqislikni qachon hal qilish mumkinligi haqida ma’lumot bermadi.

    “Vaksina ishlab chiqarishni kengaytirish trayektoriyasi bir tekis emas va barcha sa’y-harakatlarga qaramay, Yevropa ta’minot zanjirida ilgari rejalashtirilgan dozalarning tanqisligi mavjud”, — deya kompaniyaning so‘zlarini keltirdi The Wall Street Journal.

    “Vaksina ishlab chiqarish juda murakkab jarayon. Ta’minotning beqarorligiga esa bir qator omillar, jumladan, inson omili va moddiy resurslar sabab bo‘ldi”, — deya qo‘shimcha qildi Moderna. “Eng qisqa vaqtda” barqaror ta’minotni yaratish uchun kompaniya o‘z sherigi, Shveysariyaning Lonza kompaniyasi bilan ishlaydi va, shuningdek, “barcha hukumatlar bilan yaqin aloqada bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

    Koronavirus bilan kasallanganlar sonining keskin ortishini boshdan kechirayotgan Kanada Moderna vaksinasi yetkazib berilishining qisqarishi munosabati bilan “hafsalasi pir bo‘lganini” ma’lum qildi. “Bizning hukumat Moderna’dan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishda davom etadi”, — dedi Kanadaning  jamoat ishlari va xaridlar vaziri Anita Anand. Uning so‘zlariga ko‘ra, aprel oyi oxirida kompaniya mamlakatga vaksinaning kutilganidan deyarli yarmi — 1,2 million dozaning o‘rniga 650 ming doza yetkazib bermoqchi.

    Buyuk Britaniya va Kanadadan tashqari, Moderna koronavirusga qarshi vaksinani yetkazib berish bo‘yicha Yaponiya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Isroil va boshqa bir qator mamlakatlar bilan shartnoma imzolagan. Yanvar oyi boshida  Yevropa Ittifoqi tomonidan ushbu preparatni qo‘llash ma’qullangan edi.

    Avvalroq Litvada 78 yoshli erkak koronavirusga qarshi Moderna vaksinasining ikkinchi dozasini olganidan so‘ng vafot etgani haqida xabar berilgandi.

    Moderna biotexnika kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan vaksina ustida olib borilgan tadqiqotlardan so‘ng preparatning samaradorlik darajasini pasaytirdi. 2020-yil dekabr oyida Moderna vaksinasining samaradorligi 94,1 foizga baholangan edi. Hozir ma’lum bo‘lishicha, preparat 90 foiz holatda infeksiyani yuqtirishning oldini oladi, kasallikning og‘ir shaklidan esa 95 foiz himoya qiladi. 30 mingdan ortiq odamni qamrab olgan klinik sinovlarning uchinchi bosqichi natijalari bo‘yicha ushbu xulosaga kelingan.

    Shuningdek, Moderna koronavirus vaksinasini olti oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sinashni boshlagan edi. Sinov jarayonida, taxminan, AQSh va Kanadadan 6750 nafar bola qatnashishi rejalashtirilgan.

    Ma’lumot uchun, AQSh Oziq-ovqatlar va dorilar sifati bo‘yicha boshqarmasi (FDA) 18-dekabr kuni Amerikaning Moderna farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinani mamlakatda qo‘llash uchun ruxsat bergan.

    17.04.2021, 18:16   Izoh (0)   21195
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSh sanksiyalariga javob choralari ko‘rilganini e’lon qildi

    17.04.2021, 15:12

    Makron, Merkel va Zelenskiy Rossiyani o‘z qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishga undadi

    17.04.2021, 14:12

    Kuba Kommunistik partiyasi rahbari Raul Kastro iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Mamlakat boshqaruvida Kastrolar oilasi davri 62 yil davom etdi

    17.04.2021, 13:13

    Google rivojlanayotgan mamlakatlar uchun koronavirusga qarshi 250 ming doza vaksina olib beradi

    17.04.2021, 08:08

    Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li uning o‘rniga Axaltekin otlarini yetishtirish assotsiatsiyasi rahbarligiga saylandi

    17.04.2021, 07:51

    Buyuk Britaniyada COVID-19’ning yangi shtammi aniqlandi

    17.04.2021, 07:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.