• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hokimlik binosi oldiga qo‘y haydab kelganlarga chora ko‘rilmaydi” — Nurobod tuman IIB

    6-aprel kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mahalliy hokimlik binosi hududiga qo‘ylar haydab kelingandi. Samarqand viloyati hokimligida Nurobod tumani sektor rahbarlari ishtirokida mazkur holat yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram
    Tuman asosan chorvachilikka ixtisoslashgan. Fermer xo‘jaliklari va aholi ham asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Ular shu paytgacha tumanda mavjud yaylovlardan foydalanib kelgan. Davlat rahbari tomonidan 2020-yil 2-sentabrda “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul qilingach, tumandagi 348,2 ming gektar yaylov yerlar Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi balansiga berildi.

    Ana shu yerlar “Samarqand qorako‘l klaster” (151 ming gektar) hamda “SP LUXE” (197, 2 ming gektar) klaster korxonalariga ajratib berilgan. Bu korxonalar oldiga hududda chorvachilikni rivojlantirish, sohaga zamonaviy innovatsiyalarni jalb qilish, mahsulotni qayta ishlash va eksport qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish kabi vazifalar qo‘yilgan. Endilikda aholi, fermer xo‘jaliklari mazkur klaster korxonalari bilan shartnoma asosida ishlashlari talab etiladi. Bu mavjud yaylovlardan foydalanish, go‘sht, teri, jun mahsulotlari realizatsiyasi, chorva naslini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tuman hokimligi oldiga qo‘y suruvi haydab kelingan “Qilichli” mahallasi hududida ham “Sohibkor Hojiakbar” fermer xo‘jaligi klaster korxonasi bilan shartnoma imzolab, 1440 bosh chorvasini boqish uchun 837 gektar yaylov yer maydonini 49 yilga ijaraga olgan.

    Ammo fermer o‘zi uchun ajratilgan yerga ko‘rsatilganidan ko‘p miqdorda, yana 1000 boshdan ziyod qo‘y olib kelib boqqani va bu chorva mollari aholi yaylov sifatida foydalanib kelayotgan yerlarga o‘tib ketishi mumkinligi sababli fuqarolar bundan norozi sifatida ana shu qo‘y suruvini hokimlik binosi oldiga haydab kelgan. Shu kunning o‘zida klaster korxonasi ta’sischisi, fermer xo‘jaligi va aholi bilan ushbu masala yuzasidan gaplashib, fermerning belgilanganidan ortiqcha chorvasi bu yerdan chiqarib yuborildi. Shuningdek, mahalla hududida yana 2-3 ta fermer mas’uliyati cheklangan jamiyat tarzida korxona tashkil etib, ularga aholi a’zo bo‘lishi va klaster bilan shartnoma asosida ish olib borishga kelishib olindi.

    Faxriddin Zoyirov, Nurobod tuman hokimi

    Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Ochilov “Qilichli” mahallasi uning sektori hududiga kirishi va yil boshidan buyon mahallada aholi bilan to‘rt marta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa-da, yaylov masalasida murojaat tushmaganini qayd etgan.

    “Bu qishloq tuman markaziga yaqin hududda joylashgan. 3300 aholi yashaydi va ular asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi, lekin biror marta shu klaster bilan bog‘liq muammo chiqmagan. Kechagi voqealar yangi tartib bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini keng ko‘lamda olib borish lozimligini ko‘rsatdi va bu boradagi ishlarni yanada jonlantiramiz”, – deydi u.

    Matbuot anjumanida jurnalistlar mazkur holatning huquqiy oqibatlari bilan qiziqqan. Qo‘ylarni tuman hokimligi binosi oldiga haydab kelgan kishilarga nisbatan chora ko‘rilmaydimi degan savolgan IIB boshlig‘i aholi va fermer xo‘jaligi, klaster korxonasi rahbarlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilgani va bu holat yuzasidan hech kimga nisbatan biror bir huquqiy chora ko‘rilmasligini ma’lum qilgan.

    Mavzuga doir: “Fuqarolar rahbarlar va mutasaddilar ‘ko‘zini qo‘rqitib qo‘yish’ maqsadida qo‘ylarni hokimlik hududiga haydab kelgan” — “Qo‘ylar mitingi” bo‘yicha viloyat prokuraturasi izoh berdi

    Matbuot anjumani chog‘ida kuni kecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tarqatilgan Nurobod tumani hokimining 40 gektarlik yaylov yerlarni soxta hujjatlar asosida lalmikor maydon sifatida tadbirkorga berib yuborgani va mazkur qaror bekor qilingani bilan bog‘liq xabar bo‘yicha ham mas’ullardan izoh so‘ralgan.

    Tumanga yaqinda tayinlangan prokuror N.Soyipova mazkur holat “Qilichli” mahallasida yuzaga kelgan vaziyatga bog‘liq emasligi va bu tumanning “Ag‘ron” mahallasidagi “Ag‘ron Ingichka soy dalalari” fermer xo‘jaligi bilan bog‘liqligini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, tadbirkorning 2020-yil 9-dekabrdagi murojaati asosida tuman hokimining 23-dekabrdagi qarori bilan unga tuman hokimligi zaxirasidagi lalmikor yerdan 40 gektar maydon 30 yil muddatga ajratib berilgan. Yer ajratishda fermerga yerdan samarali foydalanish, 30 million so‘m sarmoya kiritish va ish o‘rni yaratish shartlari qo‘yilgan. Ammo tadbirkor 5-mart kuni hokimlikka qayta murojaat qilib, yerni qaytarib olishni so‘ragan. 29-martda hokim qarori bilan zaxiraga qaytarib olingan.

    09.04.2021, 08:51   Izoh (0)   22104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Toshkent—Shovot” poyezdida o‘z o‘rnini 100 ming so‘mga pullashga uringan vagon kuzatuvchisi ishdan olindi

    09.04.2021, 08:36

    Madormi yoki mator? Parkentning mashhur somsasi haqida maxsus reportaj

    09.04.2021, 08:03

    O‘zbekistondagi mahallalarda ayollar, bolalar va uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish boshlandi

    09.04.2021, 07:48

    Qashqadaryodagi sun’iy yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi GTL zavodi 2021-yilning avgustida ishga tushiriladi

    09.04.2021, 06:50

    Yoshlikni qo‘msab arg‘imchoqda o‘tirgan otaxon, Ramazonga atalgan do‘ppi, Toshkentning qoq markazidagi “yama”. 8-aprel suratlari

    08.04.2021, 23:57

    Navoiyda “Bir million dasturchi” loyihasida o‘quvchilar qayd etgan yuqori natijalari uchun maktab direktoriga Prezident sovg‘asi — Spark topshirildi

    08.04.2021, 23:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.