• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni. Bu kun haqida nimalarni bilish kerak?

    2020-yilda ko‘pchilik kashf qilgan xalqaro tashkilotlardan biri, shubhasiz, Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti — JSST bo‘ldi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. 1948-yil 7-aprel kuni mazkur tashkilotning nizomi qabul qilingan va bu sana Butunjahon salomatlik kuni sifatida belgilangan. JSST qanday tashkilot, uning nizomida nimalar aks etgan? “Daryo” shu kabi masalalar haqida fikr yuritadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Pandemiyada yashayotganimizga ham 1 yildan oshdi. Yodingizda bo‘lsa, 2020-yilning 11-mart kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti — JSST koronavirus epidemiyasi global tus olganini, ya’ni pandemiya boshlanganini e’lon qilgan edi. Pandemiya sharoitida o‘tgan davr bizga salomatlik naqadar katta boylik ekanini ong-u shuurimizga singdirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Insoniyat katta yo‘qotishlar berdi. Koronavirus xuruji kirib bormagan oila yer yuzida qolmadi hisob.

    Pandemiya oqibatlari haqida ko‘p va xo‘p gapirildi, yozildi. Uning insoniyat tarixida qoldiradigan qora dog‘i, shubhasiz, hali yana yillar mobaynida ko‘p muhokama qilinadi. Berilgan qurbonlar va ko‘rilgan iqtisodiy zarar ko‘lamini tasavvur qilishning o‘zi kishini qo‘rqitib yubormoqda. Lekin shu bilan birga, xalqaro hamjamiyat va ayniqsa, jahondagi davlatlararo tashkilotlarning sa’y-harakati, xususan, JSSTning jonbozliklari evaziga pandemiyaning biroz bo‘lsa-da jilovlangani, har holda, unga qarshi vaksina qisqa fursatlarda ishlab chiqilganini ham e’tirof etish joiz. 7-aprel, aynan ushbu, hozirgi paytda eng muhim xalqaro tashkilotlardan biri bo‘lib turgan JSSTning nizomi qabul qilingan sana bo‘lib, ushbu kun, shuningdek, xalqaro salomatlik kuni sifatida nishonlanadi.

    Endilikda JSSTning qanday global ahamiyatli, muhim tashkilot ekani borasida hammada aniq tasavvur mavjud bo‘lsa kerak. Uning joriy nizomi qabul qilingan o‘sha olis 1948-yilning 7-aprelida Jenevada yig‘ilganlar, albatta, sog‘liqni saqlashga oid shu kabi yirik global masalalarda hamkorlik qilishni maqsad qilgan edi. O‘shandan boshlab bu sana, shuningdek, Butunjahon salomatlik kuni sifatida nishonlanadi.

    Qizig‘i shundaki, JSSTning “ajdodi”, ya’ni funksional jihatdan u bilan yaqin vazifalarni bajargan ilk xalqaro tashkilot 1839-yilda Usmoniylar imperiyasi poytaxtida tashkil qilingan edi va u Istanbul xalqaro sog‘liqni saqlash oliy kengashi deb nomlangan. Bu tashkilotning vazifasi ham aynan global epidemiyalarning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘lib, asosan, imperiya portlarida o‘lat va vaboga qarshi choralarni ko‘rish bilan shug‘ullangan. 1923-yilda ham shunga o‘xshash tashkilot tuzilgan bo‘lib, u Millatlar Ligasi tarkibidagi sog‘liqni saqlash tashkiloti bo‘lgan. Hozirgi JSST esa 1946-yilda Nyu-Yorkda o‘tkazilgan sog‘liqni saqlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra tuzilgan bo‘lib, uning nizomi esa 1948-yil 7-aprelida qabul qilingan edi.

    JSST nizomi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

    • Salomatlik — bu nafaqat tanada kasalliklarning mavjud emasligi, balki umumiy-ijtimoiy, ruhiy hamda jismoniy barqarorlik holatidir;
    • Kishining irqi, dini, siyosiy qarashlari, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, salomatlik borasida eng yaxshi darajaga erisha olishi har bir shaxsning eng asosiy huquqlaridan bir hisoblanadi;
    • Jahondagi barcha xalqlarning salomatligi dunyoda tinchlik va xavfsizlik o‘rnatilishining eng asosiy omili bo‘lib, u har bir mamlakat va davlatlarning to‘liq o‘zaro hamkorligiga bog‘liqdir;
    • Har qanday davlatning sog‘liqni saqlash borasidagi erishgan natijalari barcha uchun ahamiyatlidir;
    • Turli mamlakatlarda kasalliklarga qarshi kurash borasidagi, ayniqsa, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash borasidagi choralarning notekisligi qolgan barcha uchun umumiy xatarni keltirib chiqaradi;
    • Bola salomatligi eng ustuvor vazifa hisoblanadi;
    • Barcha xalqlar uchun tibbiyot, psixologiya va turdosh ilmlar yutuqlaridan birdek foydalana olish sharoiti yaratilishi — salomatlikni ta’minlash borasidagi eng asosiy shartlardan biri bo‘lishi kerak;
    • Xalq salomatligini yaxshilash borasida jamoatchilik bilan faol ishlash, uning bu boradagi tushunchalarini shakllantirish, ushbu xalqning salomatligini himoyalash uchun g‘oyat muhimdir;
    • Hukumatlar o‘z xalqlarining salomatligi uchun javobgardirlar. Bu javobgarlik sog‘liqni saqlash sohasida tegishli choralarni ko‘rishni taqozo etadi.
    Ushbu sananing xalqaro bayram kuni sifatida nishonlanishi, xalqaro hamjamiyat va har bir shaxsni jahondagi mavjud hozirgi dolzarb tibbiy masalalarga e’tibor qaratishga chorlashni maqsad qiladi. Kishilarni o‘z salomatligiga befarq bo‘lmaslikka hamda yaqinlari va jamiyat oldidagi mas’uliyatni anglagan holda ish tutishga chorlaydi. Haqiqatan ham, bu narsaning mohiyatini, ayniqsa bugungi kunda har birimiz chuqur tushunib yetmoqdamiz, deb o‘ylayman.

    Shu munosabat bilan, “Daryo” nashrining barcha mushtariylarini, xususan, sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini mazkur xalqaro sana bilan tabriklaymiz. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang. Doimo sog‘-salomat bo‘ling, deb tilak bildirib qolamiz.

    Mufazzar Qosimov tayyorladi.

    07.04.2021, 19:24   Izoh (0)   40735
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyoda koronavirusdan o‘limlar 11 foizga ko‘paydi, Kanada uchinchi to‘lqin bilan yuzlashmoqda, AQShda vaksinatsiyaga qaramay bemorlar soni ortmoqda. Koronaxabarla...

    07.04.2021, 17:10

    Forbes jurnali eng boy odamlarning an’anaviy reytingini e’lon qildi. Ilon Mask unda 29 pog‘ona yuqoriladi

    07.04.2021, 13:34

    Zoom MDH mamlakatlari davlat sektoriga o‘z videoaloqasidan foydalanishni cheklagani haqida xabar berildi

    07.04.2021, 11:00

    AQSh harbiy havo kuchlarining gipertovushli raketasi sinovdan o‘ta olmagani ma’lum qilindi

    07.04.2021, 09:26

    JSST ham AstraZeneca vaksinasi bilan emlash va tromb holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi

    07.04.2021, 09:10

    Islandiyada vulqon yoriqlari paydo bo‘ldi (foto va video)

    07.04.2021, 08:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.