• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mutaxassislar Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘ida Hampton by Hilton mehmonxonasi qurishni qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda

    Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘ida Hampton by Hilton mehmonxonasi qurilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. “Podrobno”ning yozishicha, arxitektura sohasidagi qator mutaxassislar bunga qarshi chiqqan. Ular poytaxt hokimligidan mehmonxonani boshqa joyga qurish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.

    Foto: “Podrobno”

    Foto: “Podrobno”
    Yaqinda Abdulla Qodiriy bog‘ida Hilton Worldwide bilan Hampton by Hilton mehmonxonasining qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi xabarni eshitdim. Bu borada ba’zi fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.

    Avvalo, mehmonxonaning taxminiy joylashuvi tashvishga solmoqda. Toshkentda 2,5 million aholi uchun istirohat bog‘lari juda kam qolgan. Mehmonxona qurish orqali yashil hududlar sonini yanada kamaytirish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblayman. Shahar tirik organizm bo‘lib, bog‘lar o‘pka vazifasini bajaradi. Ijtimoiy ma’noda, bog‘lar zo‘riqishni bartaraf qilishga ko‘maklashadi.

    Yozda harorat 40-45 darajaga yetganda odamlar o‘zlarida charchoq va bezovtalik his qilishadi. Bog‘lar odamlarga bo‘shashish va tabiat bilan aloqa o‘rnatish imkonini beradi. Masalan, bolalar to‘yib o‘ynab, uyda bezovta bo‘lishmaydi, oilalarda osudalikni ta’minlashadi.

    Hilton Worldwide o‘z saytida atrof-muhitni muhofaza qilish va uning mehmonxonalar tarmog‘i faoliyatidan ekologik zararni kamaytirish bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarini bildirgan. Bog‘ hududida brendli mehmonxona qurilishi Hilton Worldwide’ning ilgari bildirilgan maqsadlariga qarshi chiqmoqda. Ishonchim komilki, kompaniya rahbariyati O‘zbekistonda jahon darajasidagi mehmonxona maqomini ta’minlamoqchi bo‘lgan brend uchun xavf-xatarlarni baholaydi.

    Bugungi kunda jahon darajasidagi mehmonxonalar LEED va BREEAM kabi standartlarga muvofiq qurilmoqda. Bu yashil qurilish standartlari yashil hududlarda yoki unumdor yer ustida binolar qurilishini taqiqlaydi. Bundan 10 yil oldin Hilton yashil qurilish konsepsiyasini amalga oshirishni boshlab, birinchi sertifikatlashgan LEED mehmonxonasi maqomini qo‘lga kiritgan edi.

    Brendning nufuzi va uning ekologik ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda, xalqaro mijozlar uchun muhim ahamiyatga ega. Hilton Worldwide qiyinchilik bilan “yashil mehmonxonalar” qurish va ularni boshqarishda erishgan maqomini xavf ostiga qo‘yarkanmi?

    Tabiiy bir savol tug‘iladi: O‘zbekiston zamon bilan hamnafas va hatto boshqalarni ortidan yetaklaydigan mamlakatmi yoki o‘tgan asrning 80–90-yillarida jahon brendlari tomonidan qoldirilgan noto‘g‘ri yondashuvlarni ongli ravishda tanlab oladigan davlat bo‘lib qoladimi?

    Men 16 yildan ortiq vaqt mobaynida energiya samaradorligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari va yashil binolar sohasida ishlagan mutaxassis sifatida aytishim mumkinki, jarayonning qaysidir bosqichida Hilton Worldwide Toshkent shahriga ekologik zarar yetkazuvchi loyihaga aloqador bo‘lishni istamay qoladi.

    Abdulla Qodiriy bog‘ida mehmonxona qurilishi barchaga – O‘zbekiston, Hilton Worldwide, Toshkent shahri, sarmoyadorlar, fuqarolar va shahar ekotizimi uchun muhim reputatsion, moliyaviy, ijtimoiy va ekologik yo‘qotishlarni keltirib chiqarmoqda.

    Temur Axmedov, O‘zbekiston ekologik qurilish kengashi asoschisi va bosh maslahatchisi

    Arxitektura fanlari nomzodi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi” kafedrasi dotsenti Murodxon Usmonov esa ushbu shaharsozlik vaziyatida obyektning joylashuvi shubha tug‘dirishini ma’lum qilgan. “Nima uchun bu yana bog‘ maydoni hisobiga amalga oshirilmoqda?”, — degan savolni o‘rtaga tashlaydi arxitektor.

    SAD studiyasi bosh arxitektori Aleksandr Kuranov ham bu boradagi o‘z fikrlari bilan bo‘lishgan: “Bu holat Toshkent aholisi, loyiha tashkilotlari, arxitektura jamoatchiligi, ekologlar, respublika yashil jamg‘armasi himoyachilarining betiga tupurish bo‘lmoqda. Bungacha ikkita shov-shuvli obyekt — ‘Istiqlol’ majmuasi hamda Ivleva va Rustaveli ko‘chalari kesishuvidagi 24 qavatli bino bilan bog‘liq voqeani ham esga olish mumkin. Toshkentdagi eng qadimiy istirohat bog‘i va eski shahar vohasi – Qodiriy bog‘ining katta qismini buzish tashabbuskorlarini bilishni istardim. Shaharsozlik borasida bino o‘ta savodsiz rejalashtirilgan”.

    Holmuradov Architects dizayn byurosi asoschisi Ulug‘bek Xolmurodov esa “zaif va bosh rejasiz loyihani ko‘rib chiqishning ham hojati yo‘q”ligini ta’kidlagan.

    “Fotosuratlardan Abdulla Qodiriy bog‘i tashlandiq holatda ekanligini anglash mumkin. Bundan tashqari, bog‘ hududida allaqachon turar-joy majmuasi qurilmoqda. Endi mehmonxona ham rejalashtirilgan. Bog‘ hududini bosqichma-bosqich tortib olish jarayoniga guvoh bo‘lyapman.

    Loyihaning sifati ‘tijoratli’ va bino juda savodsiz rejalashtirilgan. Toshkent qurilish boshqarmasi qoshidagi shaharsozlik kengashi shahar manfaatlari uchun kurashishiga ishonaman”, — deydi me’mor, TT Design Lab arxitektura byurosi asoschisi Taxmina Turdialiyeva,

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Istiqlol” majmuasini qurish va unda “mustaqillikning mohiyati va ulkan tarixiy ahamiyatini aks ettiruvchi monumental kompozitsiya”ni yaratish Prezidentning 2020-yil 17-dekabrdagi farmonida ko‘zda tutilgan edi. Majmuani barpo etish joyi sifatida Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari oralig‘ida, Markaziy univermag (SUM) qarshisidagi hudud tanlangan.

    Mavzuga doir:

    • “Chilimxona qilib qo‘yilgan edi”. Jahongir Ortiqxo‘jayev “Moviy gumbazlar” restorani oldidagi xiyobonni ta’mirlashga o‘z yonidan 6 mlrd so‘m sarflaganini ma’lum qildi
    • “Deputatlar meni ishdan olib tashlashsa, lavozimimdan ketishga roziman”. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimligiga ishonchsizlik bildirayotganlarga javob qaytardi

    01.04.2021, 07:11   Izoh (0)   12250
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Apple 2021-yil oxiriga qadar O‘zbekistonda mustaqil servis markazlari dasturini ishga tushiradi

    01.04.2021, 06:52

    Noroziliklarga sabab bo‘lgan haykal, qirollik unvoni uchun kurashayotgan echkilar, budda holatidagi Tramp. 31-mart suratlari

    31.03.2021, 23:57

    Jahon banki 2021—2022-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qildi

    31.03.2021, 23:46

    Chet elga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan emlanish talab etiladimi? Mutaxassis javob berdi

    31.03.2021, 23:34

    Andijonda bankka o‘g‘rilikka tushgan shaxslar qo‘lga tushdi

    31.03.2021, 23:22

    O‘zbekistondagi kollejlarda dual ta’lim joriy etiladi

    31.03.2021, 22:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pekinda kuchli suv toshqinlari oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 29 iyul, 12:55

    Yozda konditsionersiz xonada uxlab qolishga yordam beradigan 7 layfhak

    Maslahatlar | 29 iyul, 12:52

    “OKMK” futbolchisi Nodirbek Abdurazzoqov faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 29 iyul, 12:52

    AQSHda 32 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

    Dunyo | 29 iyul, 12:28

    “Arsenal” Uilyam Saliba bilan shartnomani uzaytiradi

    Sport | 29 iyul, 12:20

    Andijondagi kanalga korxonadagi avariya sabab neft oqib ketdi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 12:08

    Kolumbiya sobiq prezidentiga jinoiy ish ochildi

    Dunyo | 29 iyul, 12:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.