• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Prezidentga yangi matbuot kotibi, Amirsoy yo‘lining cho‘kishi, Qirg‘iziston bilan kelishuvlar

    “Sariq dev”ning muallifi 89 yoshida dunyodan o‘tdi. Bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yilda Farg‘ona viloyatida dunyoga kelgan edi.

    Xudoyberdi To‘xtaboyev erta yetim qolib, bobosi va buvisining qo‘lida tarbiya topgan. Uning boshidan kechirganlari “Jannati odamlar” romanida tasvirlangan, shuningdek “Besh bolali yigitcha” romanida urush davrlariga to‘g‘ri kelgan mashaqqatli yoshligini singdirib yuborgan. Adibning “Sariq devni minib”dan tashqari, “Shirin qovunlar mamlakati yoxud sehrgarlar jangi”, “Mungli ko‘zlar”, “Yillar va yo‘llar”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Omonboy va Davronboy” kabi qissa va romanlarini yoshlar miriqib o‘qigan.

    Xudoyberdi To‘xtaboyev.

    Xudoyberdi To‘xtaboyev.
    Foto: “Kitobxon.uz”

    Xudoyberdi To‘xtaboyev faoliyatini ta’limdan boshlab keyin matbuotga o‘tgan. “Toshkent oqshomi”, “Sovet O‘zbekistoni” gazetalarida 300 dan ortiq felyetonlari chop etilgan. Shuningdek, “Guliston”, “Sharq yulduzi”, “Gulxan”, “G‘uncha”, “Yosh kuch” jurnallarida, “Yosh gvardiya” va “Kamalak” bosma nashrlarida ijod namunalari bilan ishtirok etgan. Xorijiy kitobxonlar orasida Xudoyberdi To‘xtaboyev “Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasining rus tiliga tarjimasi bilan tanilgan. “Sehrli qalpoqcha” yozuvchining rus tiliga tarjima qilingan birinchi kitobi bo‘lib, keyin 40 dan ortiq tilga o‘girilgan va millionlab nusxada chop etilgan. Ertak-qissa 1970-yilgi Butunittifoq tanlovida eng yaxshi bolalar kitobi mukofotiga loyiq topilgan.

    Adib keyinchalik respublika “Iste’dod” jamg‘armasi hamda “Oltin meros” xalqaro xayriya fondining rahbari vazifalarida faoliyat olib bordi. “O‘yla, izla, top!” teleo‘yinida uzoq yillar hakamlik qildi. Xudoyberdi To‘xtaboyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvonlari bilan taqdirlangan.

    Yozuvchining vafoti munosabati bilan mamlakat rahbariyati, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov va boshqalar hamdardlik bildirdi.

    * * *

    Shavkat Mirziyoyevga yangi matbuot kotibi tayinlandi. “Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi bo‘ladi. Men bugun shu bo‘yicha farmonni imzoladim. Sherzod Asadovning bilimi bor, xorijiy tillarni biladi, dunyoni ko‘rgan”, — dedi Prezident. Sherzod Asadov har bitta vazirlik va idora rahbarlari matbuot xizmatlarining hisobotini tinglab, ularning faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi.

    Sherzod Asadov 1981-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Rus, ingliz, ispan va turk tillarini biladi. Faoliyati davomida turli mamlakatlarda attashe, elchixona maslahatchisi, elchi kabi lavozimlarda ishlagan.

    Sherzod Asadovgacha prezident matbuot kotibi vazifasini Komil Allamjonov va Asadjon Xo‘jayev bajargan.

    * * *

    Agar tafsilotini bilmasdan bu rasmni ko‘rib qolsangiz, “katastrofa-film”dan kadr deb o‘ylashingiz, fantaziyani davom ettirib, bahaybat maxluq yer ostidan yorib chiqayotganini tasavvur etishingiz mumkin. Ammo bu o‘zimizning Amirsoy tog‘-chang‘i kurortining yo‘li bo‘lib, cho‘kib ketganligidan xabar topgan bo‘lsangiz kerak. Amirsoyga Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan yo‘lning 3-kilometrida, 19-20 piketida yo‘l cho‘kdi. Darhol transport qatnovi to‘xtatildi va ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

    Foto: IIV IHXBB matbuot xizmati

    Xo‘sh, binoyidek yo‘l dabdurustdan cho‘kishiga nima sabab bo‘lgan? Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining yozishicha, tog‘ va tog‘ oldi hududlarida bunaqasi bo‘lib turadi. “2021-yilning mart oyida ‘Amirsoy’ tog‘-chang‘i kurorti hududida ko‘p miqdorda qor va yog‘ingarchilik kuzatilib, namgarchilik me’yoridan ortishi sababli hududdagi grunt va tog‘ jinslarida geologik siljish sodir bo‘lgan. Avtomobil yo‘li va yo‘lga yondashgan qiyaliklar lyossimon tog‘ jinslaridan (suglinkalar, supeslar) va sun’iy to‘ldirilgan tog‘ jinslaridan tashkil topgan, ostida neogen yotqiziqlari peschanik va alevrolitlar tarqalgan. Ushbu geologik siljish oqibatida ko‘chki yoriqlaridan taxminan hajmi 50 000 metr kubgacha bo‘lgan ko‘chki faollashgan. O‘zbekiston xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra ushbu hududda xavfli geologik jarayonlar faollashishining real xavfi tug‘ilib, ko‘chki yoriqlarida 6 mart kunidan boshlab olib borilgan kuzatish natijalari va o‘rnatilgan topogeodezik reperlar ko‘rsatkichiga ko‘ra sutkasiga 10-20 santimetrgacha surilish, 1 metrgacha cho‘kishlar davom etmoqda...”, deb yozmoqda qo‘mitadagilar.

    Ko‘chishdan keyin o‘rganilganda avtotrassaning 2-3 piketi oraliqlari yo‘lning chetki qismlarida 200 metr kub hajmda tuproq siljishi kuzatilgan. Shuningdek, yo‘lning 33-34-piketi oraliqlarida 600 metr kub tuproqning surilishi va siljishi oqibatida temir-beton to‘siq devorining qisman shikastlangani kuzatilgan. Mutasaddilarning izohi, hozircha, “ob-havo sharoitining noqulay kelganligi sababli...”.

    * * *

    Qirg‘iziston prezidenti ortidan bosh vaziri ham 25-mart kuni Toshkentga keldi. 26-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripovni qabul qildi.

    Qo‘shni Qirg‘iziston bilan aloqalar ancha jonlanib qolganini aytish joiz. Hafta boshida Farg‘onada O‘zbekiston—Qirg‘iziston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda logistika, qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm, qurilish, savdo-sotiq sohalarida hamkorlik o‘rnatish, o‘zaro savdo aylanmasini sezilarli oshirish, shuningdek, ijtimoiy sohada aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    22-mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston hukumati delegatsiyasi rahbari — Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi general-leytenant Qamchibek Tashiyev Toshkentga keldi. Keyinroq Qamchibek Tashiyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegaralari bo‘yicha bahsli masalalarning barchasini hal qilgan. Kampirrovot suv omborining to‘g‘oni O‘zbekiston ixtiyoriga o‘tgan, lekin suv omboridan birgalikda foydalaniladi. Chashma bulog‘idan ham birgalikda foydalanish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv tayyorlanadi. Bundan tashqari, qator uchastkalar bo‘yicha yer almashuvlari amalga oshiriladi. Demarkatsiya va delimitatsiya bo‘yicha hujjatlar parlamentlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.

    Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

    Suv masalasida ham siljish bor. O‘zbekiston va Qirg‘iziston 750 mln kVt soatgacha bo‘lgan hajmda elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, To‘xtag‘ul suv omborini to‘ldirish va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash uchun shunday to‘xtamga kelingan. O‘zbekiston Qirg‘izistonga 2021-yilning mart-oktabr hamda 2022-yilning mart-aprel oylarida, Qirg‘iziston esa 2021-2023-yillarning iyun-avgust oylarida O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib beradi, deb yozmoqda “Davletov.uz”.

    Ammo Qirg‘iziston bilan aloqalarda asosiy mavzu sanalgan So‘x yo‘lining ochilishi haqida biror aniq gap yo‘q.

    Hozircha, dayjestimizga to‘plaganlarimiz shulardan iborat. “Daryo”da qoling. Dunyo va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqea-hodisalardan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    28.03.2021, 21:20   Izoh (0)   115277
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu sharmandalikdan so‘ng ko‘chada qoldim, endi fohishalik qilaman-da”. Ichkiyimda sumalak kovlagan qizlardan biri intervyu berdi

    28.03.2021, 21:14

    Sherzod Shermatov: “Farzandining an’anaviy yoki masofaviy ta’lim olishi bo‘yicha qarorni ota-onalarning o‘zi qabul qiladi”

    28.03.2021, 20:13

    Namanganda “Jiguli” 3 yoshli bolani urib ketdi. Bola shifoxonada vafot etdi

    28.03.2021, 19:33

    Shuhrat Abdurahmonov Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida hokimlar faoliyatida qanday farq borligini aytdi

    28.03.2021, 19:12

    O‘zbekistonda bir jinsli munosabatlarning qonuniylashtirilishiga qarshi bo‘lgan faollar Toshkent markazida norozilik bildirdi

    28.03.2021, 18:58

    Foto: Tanzila Norboyeva Qo‘yliqdagi mardikor bozoriga chiqdi

    28.03.2021, 18:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Markaziy Osiyo davlati ham bor: Tramp 36 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni cheklamoqchi

    Dunyo | 15 iyun, 10:46

    Mahmud Muradov Oktagon 72 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 15 iyun, 10:09

    Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning nishoni bo‘lishi mumkin — WSJ

    Dunyo | 15 iyun, 09:21

    Ko‘krak suti bezi saratoni haqidagi savollarga javoblar

    Salomatlik | 15 iyun, 08:54

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.