• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari 2020-yilning oxirida, 12–13-dekabr kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, infratuzilma inshootlari qurib, turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Taqdimotda, avvalo, shu borada bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

    Aytib o‘tilganidek, 2021-yilning yanvar–mart oylarida 188 ta loyiha ishga tushirilib, 1 ming 726 ta ish o‘rni yaratilgan. Suv tejovchi texnologiyalarni tatbiq etish orqali 4 ming gektarga yaqin yer foydalanishga kiritilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali tashkil qilingan. Amudaryo ustida yangi temiryo‘l ko‘prigi qurilishi boshlangan.

    Viloyatdagi siljishlarni davom ettirish maqsadida 2021-yil uchun 812 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Umumiy qiymati 1 milliard 320 million dollar bo‘lgan mazkur loyihalarning 770 tasi hududiy, 42 tasi tarmoqlarniki.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sohalar bo‘yicha aytganda, ularning 273 tasi sanoat, 277 tasi xizmat ko‘rsatish, 262 tasi qishloq xo‘jaligiga oid. Bu loyihalar natijasida 23 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etish, 65 million dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilish mo‘ljallangan.

    To‘qimachilik, avtomobilsozlik, elektr texnikasi va oziq-ovqat sanoati, turizm, xizmatlar, issiqxona xo‘jaligi Xorazm viloyatining asosiy “o‘sish nuqtalari” sifatida belgilangan.

    Ma’lum qilinishicha, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 49 ta loyiha taklif etilgan. Ularning samarasida viloyatda yetishtirilayotgan paxtani qayta ishlash darajasi 2 barobardan ziyod o‘sib, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha 100 foizga yetadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xususan, ip-kalava tayyorlash quvvati 47 ming tonnadan 104 ming tonnaga, mato ishlab chiqarish 9 ming tonnadan 49 ming tonnaga, tayyor kiyim-kechaklar 47 million donadan 152 million donaga ortadi. Shunday korxonalar 2021-yilda Qo‘shko‘pir, Shovot, Yangiariq, Bog‘ot tumanlarida ishga tushadi.

    Avtomobilsozlikda 100 turdagi kuzov detallari, turli ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu mahsulotlar 20 million dollarlik import o‘rnini bosishi bilan ahamiyatli. Natijada Pitnakdagi zavodning lokalizatsiya darajasi 36 foizdan 45 foizga chiqadi.

    Qurilish materiallari sanoatida 85 ta loyiha rejalashtirilgan. Masalan, Urganch shahrida gazoblok, keramik plita, gipsokarton ishlab chiqariladi, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida gulqog‘oz tayyorlash loyihasi kengaytiriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mazkur erkin iqtisodiy zonada elektr dvigatellar, Xiva shahrida gilam va polipropilen iplar ishlab chiqarish korxonalari ham ishga tushiriladi.

    Qishloq xo‘jaligida yerlarni lazer yordamida tekislash va tomchilatib sug‘orishni keng joriy etish bo‘yicha ishlar boshlangan. Bu orqali paxtachilikda hosildorlikni 35 sentnerga, g‘allachilikda 66 sentnerga yetkazish maqsad qilingan.

    Ta’kidlanishicha, Xorazm guruchining dong‘i ketgan, unga bozorda talab doim yuqori. Lekin viloyatda yer va suv imkoniyatlari cheklangani sababli sholini istalgancha ekib bo‘lmaydi. Shu bois yaxshi nav tanlash va xorij texnologiyasi asosida ekish orqali bor yerdan ko‘p hosil olish choralari ko‘rilmoqda. Buning uchun Xitoydan Xorazm tuproq-iqlim sharoitiga mos navlar keltiriladi. O‘tgan yilgicha maydonda, lekin undan 50 ming tonna ko‘p mahsulot olinadi. Bu 684 milliard so‘m qo‘shimcha daromad deganidir. Qolaversa, bu omilkorlik natijasida yiliga 113 million kub metr suv tejaladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida 2021-yilda o‘tgan yilga nisbatan 151 ming tonna ko‘p meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, chorva sonini ko‘paytirish bo‘yicha 20 ta, parrandachilik yo‘nalishida 24, baliqchilikni sanoat usulida rivojlantirish bo‘yicha 8 ta loyiha amalga oshiriladi.

    Taqdimotda turizm, energetika, charm-sanoat, zargarlik, qurilish sohasiga doir loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

    Davlat rahbari mazkur rejalarni ma’qullab, shu bilan birga, qo‘shimcha loyihalarni shakllantirish vazifasini qo‘ydi. Mahallalarda “o‘sish nuqtalari”ni topib, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ularga ishsiz aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni joylashtirish, o‘zini o‘zi band qiladigan tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgani, xalqaro konsultantlarni qabul qilgani hamda chirchiqlik 7 yoshli Husanjonga Prezident dastxati tushirilgan birgalikdagi surati topshirilgani haqida xabar berilgandi.

    23.03.2021, 22:45   Izoh (0)   40046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga kirish bilan bog‘liq cheklovlar saqlanib qolmoqda

    23.03.2021, 22:21

    O‘zbekistonda 1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi. To‘ylarda mehmonlar soni cheklanadi

    23.03.2021, 21:49

    O‘zbekistonda barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaro shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator belgilandi

    23.03.2021, 21:45

    Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan videoga munosabat bildirdi

    23.03.2021, 21:21

    O‘zbekistonda 18 turdagi ma’lumot va hujjatning aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilinadi

    23.03.2021, 21:09

    Andijonda qo‘shnisi bilan janjallashib qolib, uni o‘ldirgan shaxs 16 yarim yilga qamaldi

    23.03.2021, 20:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.