• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    So‘llardan ajralgan o‘nglar. AQSh respublikachi partiyasining vujudga kelish tarixi

    “Daryo” kolumnisti Jahongir Ergashev AQShda tashkil etilgan respublikachilar partiyasining 200 yillik tarixi haqida hikoya qiladi va partiyaning asosiy qarashlari va demokratik partiyadan qanday qilib ajralib turishiga izoh beradi.

    Respublikachilar tarixining boshlanishi

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    XIX asrning 60-yillarida abolutsionistlar harakati kuchayar ekan, bu o‘z navbatida demokratlar va viglar o‘rtasida turli nizolarga sabab bo‘la boshladi. AQSh jamiyati ikki blokka bo‘lindi va oqibatda quldorlikni yoqlovchi – janub va qullarga erkinlik berilishini talab qiluvchi – shimolga bo‘lindi. Bunday siyosiy mojaro AQSh boshiga fuqarolar urushini olib kelishini muqarrar qilib qo‘ydi. Quldorlik tizimiga qarshi kurashning o‘zagi sifatida 1854-yilning 20-mart sanasida shimoli-g‘arbiy shtatlarda tashkil etilgan yangi respublikachilar partiyasi tobora jamiyatda o‘zlarining ilg‘or qarashlari bilan xalq orasida obro‘ qozonardi. Shimoliy shtatlardagi ob-havo, jug‘rofiy muhitning o‘ziga xosligi agrar sohaning oqsoqlanishiga sabab bo‘lardi, shu sababdan shimoli-g‘arbiy shtatlar AQShdagi quldorlik tizimi isloh qilinishidan manfaatdor edi. Birgina yo‘l esa AQShdagi quldorlik tizimini isloh qilish va kerak bo‘lsa, bu tizimni bekor qilishga erishish edi.

    XIX asrning 40–50-yillari shimoldagi sanoatlashgan burjuaziya va janubdagi quldorlik tuzumi tarafdorlari o‘rtasida keskin siyosiy kurash kechgan davr bo‘ldi.  1845-yilda Texasning qo‘shib olinishi va 1846–1848-yillarda Meksika bilan kechgan urushlar asnosida qulchilik tizimi masalasi davlatning bosh muammosiga aylandi. Bu masalada ikki siyosiy taraf ham yon berishni istamasdi. Demokrat viglarning har ikki qanoti ham shimoliy shtatlar burjuaziyasi va janubiy shtatlardagi mavqega ega bo‘lgan siyosiy elitaning qarashlarini muvozanatga keltirgan holda mamlakatning siyosiy va iqtisodiy siyosatini ta’minlashni nazarda tutardi. Shu boisdan demokratlar ham, viglar ham quldorlik masalasi chuqurlashmasdan ijobiy yechim topilishi tarafdori edi. Ammo mamlakatdagi siyosiy vaziyat ikki partiyaviylikka asoslangan tizimning inqirozini yaqinlashtirib borardi. Ayrim tarixchilar nazarida ayni shu jihat AQSH tarixida tub burilish yasagan voqealardan biriga aylanadi hamda kelajakda AQSh tarixidagi eng qonli kechgan fuqarolar urushini ham yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

    1854-yilda Kanzas Nebraska qonuni qabul qilinadi. Bu qonunga ko‘ra, shimoliy shtatlarda 36-paralleldan shimolda joylashgan hududlarda quldorlik bekor qilingani e’lon qilinadi. Prezident Franklin Pirs mazkur qonunni qabul qilar ekan, AQSh g‘arbidagi yangi yerlarni o‘zlashtirish, temiryo‘l yotqizish orqali mamlakatning sanoatini rivojlantirishni va quldorlik tuzumiga barham berishni ko‘zlagan edi. Uning nazarida, shtatlar sanoatlashadigan bo‘lsa, yollanma ishchilarning ko‘payishi, qullar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yilishi kerak edi. Ammo mazkur qonun kelajakda janub va shimoliy shtatlar o‘rtasida yuzaga keladigan fuqarolar urushini inobatga olmagandi.

    1861-yilda respublikachi shimolliklar va janubliklar o‘rtasida fuqarolik urushi boshlanib ketadi. Avraam Linkolnning g‘alabasidan so‘ng deyarli 50 yil mobaynida AQShni respublikachilar boshqaradi.  Respublikachilarning hokimiyatda yetakchilik davri 1912-yilda AQSh prezidenti etib saylangan Vudro Vilson davriga kelib barham topadi. 1912-yildan to 1968-yilga qadar demokratlar AQSh siyosatini belgilovchi kuchga aylandi va vaqti-vaqti bilan saylovlarda respublikachilarning, jumladan, Kalvin Kulij, Gerbert Guver, Duayt Eyzenxauerlarning prezident bo‘lishi bilan siyosiy sahnadan vaqtinchalik chekinib turadi.

    Respublikachilar dastlab quldorlik borasida demokratik islohotlarni qo‘llab quvvatlab turgan bo‘lsa-da, ammo XX asrning 1940–1960-yillariga kelib respublikachilar afroamerikaliklarning ozodlik uchun kurashlari davrida o‘z siyosiy platformasiga ega bo‘ladi. Shu davrdan boshlab respublikachilar va demokratlarning o‘rni almashdi.  Respublikachilar partiyasi afroamerikaliklarning norozilik chiqishlariga va ularning o‘z huquqlariga ega bo‘lishlariga qarshi chiqa boshlaydi.

    Sovuq urush davrida esa respublikachilar partiyasi tashqi siyosatda kommunizmga qarshi agressiv siyosati bilan tilga tushadi. Tadqiqotchi Rass Belant izlanishlariga ko‘ra, respublikachilar prezident Nikson davrida Gitler Germaniyasi bilan hamkorlik qilgan Sharqiy Yevropadagi millatchilarni AQShga ko‘chib kelishiga ham ko‘mak berganligini e’tirof etadi.

    1970-yilning o‘rtalariga kelib respublikachilar partiyasida inqiroz boshlanadi. Richard Nikson davrida vitse-prezident bo‘lgan Spiro Agnyu korrupsion nizolar va soliqdan qochish nizolariga o‘ralashib qolishi oqibatida iste’fo beradi. Keyinroq esa Nikson ham “Uotergeyt” ishi doirasidagi mashmashalardan zarar ko‘radi va hukumatdan ketishga majbur bo‘ladi.

    1970-yillarning oxirlariga kelib Ronald Reygan davrida respublikachilar o‘tmishdagi, xususan, “Uotergeyt” mojarosida orttirgan qora dog‘laridan xalos bo‘la boshlaydi va Reygan davrida hokimiyat tepasiga kelgan amaldorlar 2009-yilga qadar AQShning “isteblishment” vakillari sifatida qoladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi asosiy farqlar

    Respublikachilar partiyasi

    Dastlab respublikachilar partiyasi shimoldagi sanoat burjuaziyasi (yankilar)ning manfaatlarini himoya qilgan holda, janubdagi quldorlik tuzumini saqlab qolishga intilgan demokratlarning siyosiy intilishlariga qarshi kuch sifatida yuzaga keladi. Respublikachilar quldorlikni bekor qilish va yerlarni mulk egasiga bepul taqsimlab berish tarafdori bo‘ladilar. Respublikachilar 1861–1865-yillardagi Fuqarolar urushidan keyin AQShning tashqi siyosatini belgilab beruvchi asosiy hukmron partiyaga aylanadi va bu holat XX asrning 30-yillariga qadar davom etadi.

    Vaqt o‘tgan sari respublikachilar partiyasi tashqi siyosatda izolyatsionizm, davlatning iqtisodiy hayotda ishtirokini minimallashtirish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi tadbirlarga qarshi turuvchi kuch sifatida namoyon bo‘la boshlaydi.

    1950-yillarning o‘rtalariga kelib respublikachilik g‘oyalari yangilanganday bo‘ladi va partiya davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi mavqeyi yetakchi bo‘lishiga urg‘u bera boshlaydi. 1970-yillarning oxiriga kelib esa partiya federal hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi mavqeyini kamaytirishga, soliqlarni kamaytirish orqali harbiy xarajatlarga sarmoyani ko‘paytirish tadorigiga tushadi va kommunizmga qarshi kurash shiori ostida ko‘plab tarafdorlarining ovoziga ega bo‘ladi.

    2000-yillardan boshlab respublikachilar partiyasi davlatni ijtimoiy siyosat borasida javobgarligini cheklashni taqozo etuvchi iqtisodiy siyosatga urg‘u berib kelyapti va erkin bozor iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlagan holda mamlakatning milliy mudofaa tizimini yuksaltirish va energetik xavfsizlik borasida mustaqil bo‘lishga urinmoqda. Ijtimoiy hayotda abortlarga qarshi kuchlarning yonini olar ekan, noqonuniy migrantlarga qarshi keskin kurash siyosatini ham e’lon qilgan.

    Demokratlar partiyasi

    Dastlab quldorlik tuzumini saqlab qolish va shtatlar hokimiyatini federal hokimiyatdan ustunligiga erish uchun kurash olib boradi. 1828–1860-yillardagi saylovlarda AQSh siyosiy hayotida ustun bo‘lgan partiya sifatida e’tirof etiladi.

    Fuqarolar urushi natijasida demokratlar partiyasida ikki oqim yuzaga keladi. Janubiy shtatlar demokratlari quldorlik tuzumini saqlab qolish uchun kurashishini bildirsa, shimoliy shtat demokratlari quldorlik masalasini har bir shtat o‘z sharoitidan kelib chiqqan holda hal qilishi kerakligini iddao qiladi. Natijada demokratlar orasida siyosiy bo‘linish yuzaga kelib, respublikachilarning jamiyatdagi mavqeyi mustahkamlanadi.

    Demokratlar partiyasining katta siyosiy sahnaga qaytishini prezident Franklin Ruzvelt va uning “Yangi kurs” siyosiy dasturi bilan bog‘lashadi. Franklin Ruzveltning “Yangi kurs” siyosati butun AQShni qamrab olgan “Buyuk bo‘hron”dan olib chiqish va davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatdagi muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan siyosat bo‘ldi.

    Bugun partiya barcha sohalarda davlatning yetakchi bo‘lishiga alohida urg‘u qaratmoqda. Demokratlar partiyasi asosan Buyuk ko‘llar joylashgan shtatlarda, shimoli-sharqiy va Tinch okeani qirg‘oqlariga tutash shtatlarda yuqori mavqega ega. AQShning yirik shaharlarida ham demokratik partiyaning nufuzi yuqori.

    Har ikki partiya ham partiya a’zolarining, ijtimoiy tashkilotlar va kompaniyalarning badallari hisobiga moliyalashtiriladi. 1974-yilgi qonunga binoan jismoniy shaxsning partiya hisobiga o‘tkazadigan mablag‘lari yiliga 25 ming dollardan oshmasligi va partiyalarni milliy banklar va korporatsiyalar moliyalamasligi federal saylov kampaniyalari borasidagi qonunchilik bilan taqiqlab qo‘yilgan.

    Ayni paytda AQShda demokratik partiya nomzodi kichik Jozef Robinet Bayden prezidentlik qilmoqda. Jozef Bayden 2009–2017-yillar mobaynida prezident Barak Obama davrida AQSh vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Vitse-prezident bo‘lguniga qadar esa 1973-yildan to 2009-yilga qadar AQSh Kongressiga saylangan Delaver shtatilik senator sifatida faoliyat yuritgan.

    Muallif fikri tahririyat fikrini anglatmaydi.

    20.03.2021, 09:35   Izoh (0)   40229
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sankt-Peterburg metrosida mast holda politsiyachilarga hujum qilgan o‘zbekistonlik 10 oyga qamaldi

    20.03.2021, 08:29

    Tanzaniya tarixida ilk bor ayol kishi prezidentlik lavozimini egalladi

    20.03.2021, 08:08

    O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda koronavirus tufayli Navro‘z nishonlanmaydi. Tojikistonda esa hamma sayilga chiqadi

    19.03.2021, 23:27

    Shimoliy Koreya AQShga “xushomad qilgani” tufayli Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzdi

    19.03.2021, 17:58

    OAV: Bolgariyada Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi

    19.03.2021, 15:46

    Bayden Putin bilan ochiq muloqot haqidagi savolni e’tiborsiz qoldirdi. Oq uy AQSh prezidenti bandligini ma’lum qildi

    19.03.2021, 14:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.