• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gruziyada AstraZeneca bilan emlangan hamshira komaga tushib qoldi, Fransiya, Bolgariya va Kiyevda lokdaun e’lon qilindi, Meksikada qalbaki “Sputnik V” aniqlandi. Koronaxabarlar

    So‘nggi bir kecha-kunduzda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlar — “Daryo” koronadayjestida.

    Gruziyada AstraZeneca bilan emlangan hamshira komaga tushib qoldi

    Gruziyaning Axalsixe shahrida tibbiyot muassasalaridan birining xodimasi AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganidan keyin komaga tushib qoldi. 27 yoshli hamshirada anafilaktik shok yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda. Hamkasblari so‘zlariga ko‘ra, uning ahvoli og‘ir.

    Gruziya sog‘liqni saqlash vazirligi AstraZeneca bilan emlangan jami uch mingdan ortiq odamning besh nafarida ikkilamchi asoratlar kuzatilganini tasdiqladi.

    Hamshiradagi anafilaktik shok sabablari aniqlanmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarning qonida tromb paydo bo‘lgani haqidagi xabarlardan so‘ng bir qator mamlakatlar preparatdan foydalanishni to‘xtatib qo‘ygandi. Xususan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Sloveniya, Portugaliya, Kipr, Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Estoniya, Latviya, Litva, Bolgariya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya va Islandiya, shuningdek, Yevropadan tashqaridagi Indoneziya, Kongo va Janubiy Afrika mamlakatlarida mazkur vaksinadan foydalanish to‘xtatilgan.

    Yevropa dori-darmon agentligi (EMA) koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi xavfsiz va samarali deb e’lon qilgach, Yevropa davlatlari ushbu preparat bilan emlashni qayta boshladi. Xususan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Bolgariya, Portugaliya va Sloveniya, shuningdek, Kanada va Latviyada ham AstraZeneca bilan emlashni qayta boshlashga ruxsat berildi.

    Fransiya va Bolgariyada, shuningdek, Kiyevda lokdaun e’lon qilindi

    Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks va sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veran mamlakatda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qildi. 20-martdan boshlab 16 ta departamentda, shu jumladan, Parijda ham to‘rt haftaga to‘liq karantin joriy qilinmoqda.

    Kasteksning aytishicha, bir qancha departamentlarda dam olish kunlari kechqurun 18:00 dan ertalab 6:00 gacha e’lon qilingan komendantlik soati va karantin yetarli bo‘lmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi tumanlarda kasalxonalar va reanimatsiya bo‘limlari “o‘z imkoniyatlarining chegarasigacha borib yetgan”. Hukumat Il-de-Frans va O-de-Frans mintaqalari departamentlarini, shuningdek, Dengizbo‘yi Alp tog‘lari, Dengizbo‘yi Sena va Er departamentlarini karantinga to‘liq yopishga qaror qildi.

    Qayd etilishicha, Fransiyada COVID-19’ga qarshi vaksina yetishmasligi kuzatilmoqda. 18-martga kelib, 5,5 million kishi bitta doza, 2,3 million kishi — ikkita doza bilan emlangan. Emlash sur’atlarini oshirish keskin vaziyatning yagona yechimi bo‘lishini taxmin qilmoqda Fransiya hukumati.

    Bolgariyada COVID-19 bilan kasallanish holatining yomonlashishi sababli 22-martdan boshlab o‘n kunga qat’iy koronavirus cheklovlari kiritiladi. Umumiy ovqatlanish muassasalari faoliyati to‘xtatiladi. Faqat yetkazib berish xizmati ishlaydi. Yirik savdo markazlari yopiladi, ommaviy, sport, madaniy tadbirlar bekor qilinadi. Teatr va kinoteatrlar ishlamaydi. Uydagi tadbirlarda 15 kishidan ortiq odamning to‘planishi taqiqlanadi.

    So‘nggi bir kecha-kunduzda Bolgariyada 4,2 ming kishi koronavirusga chalindi, kasallikni yuqtirish bo‘yicha umumiy holatlar 292 mingtaga yetdi, 12 ming kishi vafot etgan.

    Kiyev meri Vitaliy Klichko Ukraina poytaxtida 20-martdan qat’iy koronavirus cheklovlarini e’lon qildi. Lokdaun uch hafta — 9-aprelgacha amal qiladi. Hukumat buni virusga chalinish va kasalxonaga yotqizish bilan bog‘liq holatlarning ko‘payishi bilan izohladi. Mer koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni murakkab deb atadi va u halokatga olib kelishi mumkinligini aytdi.

    Kiyevda kinoteatrlar, teatrlar, muzeylar va savdo markazlari yopiladi. Ommaviy tadbirlar, sport musobaqalarida tomoshabinlarning qatnashishi taqiqlanadi. Umumiy ovqatlanish joylari faqat uyga olib ketish uchun ishlaydi. Sport zallarida guruh mashg‘ulotlari taqiqlanadi, sartaroshxona va go‘zallik salonlari oldindan yozilish sharti bilan ishlaydi. Maktablar ta’tildan keyin masofaviy ta’limga qaytadi, budjet sohasidagi barcha korxona va tashkilotlar ham uydan ishlashga o‘tadi. Jamoat transporti 50 foizga to‘lgan holda ishlashi mumkin.

    Kiyevda so‘nggi uch kundan buyon koronavirusga chalinish bo‘yicha mingdan ortiq holat qayd etilmoqda. COVID-bemorlar uchun joylarning 70 foizdan ortig‘i to‘lgan. Kiyevda jami kasallanganlar soni 150 mingga yetdi, 3 mingga yaqini vafot etdi.

    Meksikada qalbaki “Sputnik V” vaksinasi musodara qilindi

    Meksika huquq-tartibot organlari kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan “Sputnik V” vaksinasi partiyasini musodara qildi, u Kampeche xalqaro aeroportida xususiy samolyot bortidan topilgan. Samolyot Gondurasga uchishi kerak bo‘lgan. 5775 ta dozadan iborat flakonlar dorini saqlash uchun zarur bo‘lgan harorat rejimini ta’minlash uchun muz solingan termokonteynerlarga joylangan.

    Ayni paytda Gondurasga olib kirishga urinilgan vaksina partiyasining kelib chiqishi o‘rganilmoqda. “Sputnik V”ni ishlab chiqarishga rahbarlik qiluvchi Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi, o‘z navbatida, Meksikada aniqlangan vaksina qalbaki ekanini ta’kidlamoqda. “Vaksinaning qalbaki partiyasini yetkazib berishga urinish — Rossiya dorisiga qarshi ehtimoliy provokatsiyalarga misol bo‘la oladi”, — deyishdi fondda.

    Rossiya vaksinasi shu paytgacha dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida foydalanish uchun ma’qullangan, uni qo‘llash uchun oxirgi bo‘lib Filippin ruxsat berdi.

    Mavzuga doir:

    • Dunyoda koronavirusga chalinish darajasi o‘sdi, keksalarda qayta kasallanish xavfi yuqori bo‘lib chiqdi, ob-havo COVID-19 tarqalishiga ta’sir qiladimi? Koronaxabarlar
    • AstraZeneca’ning yangi asoratlari aniqlandi, Fransiyada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi, yangi avlod vaksinalari sinalmoqda. Koronaxabarlar

    19.03.2021, 13:34   Izoh (0)   21112
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa mamlakatlari AstraZeneca bilan emlashni qayta boshladi

    19.03.2021, 12:10

    Yevropa dori-darmon agentligi AstraZeneca vaksinasini xavfsiz deb topdi. Turli mamlakatlar olimlarining bu boradagi fikrlari farqlanmoqda

    19.03.2021, 09:38

    Shimoliy Koreya AQSh bilan aloqalarni tiklash uchun o‘z shartlarini ma’lum qildi

    19.03.2021, 08:42

    Bloomberg: Tramp prezidentlik davrida boyligining qariyb chorak qismini yo‘qotdi

    19.03.2021, 08:08

    Berdimuhamedov favqulodda vaziyatlar uchun 112 yoki 911 yagona raqamidan foydalanishni taklif qildi

    19.03.2021, 07:22

    Putin Baydenga onlayn rejimda ochiq suhbat qilishni taklif etdi

    19.03.2021, 06:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.