• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoda koronavirusga chalinish darajasi o‘sdi, keksalarda qayta kasallanish xavfi yuqori bo‘lib chiqdi, ob-havo COVID-19 tarqalishiga ta’sir qiladimi? Koronaxabarlar

    So‘nggi bir kecha-kunduzda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlar — “Daryo” koronadayjestida.

    O‘tgan bir hafta ichida dunyoda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq uch milliondan ortiq holat aniqlandi. Umuman olganda, kasallanish darajasi bundan avvalgi yetti kun mobaynidagi ko‘rsatkichga nisbatan 10 foizga o‘sgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) haftalik epidemiologik byulletenida aytiladi.

    Ta’kidlanishicha, yanvar boshida kasallanish darajasi eng yuqori ko‘rsatkichlarga yetgan (bir haftada qariyb 5 millionta kasallanish holati), so‘ng esa — fevralning ikkinchi yarmida — u pasayib, haftasiga 2,5 millionta kasallanish holatigacha tushgan.

    JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 8—14-mart kunlari dunyo bo‘yicha 3 033 213 kishida virus qayd etilib, 58 698 kishi vafot etgan. 14-mart holatiga jami kasallanish holatlari soni 119 212 530 tani, o‘lim holatlari esa 2 642 612 tani tashkil qilgan.

    Ko‘rsatilgan davrda kasallanishning o‘sishi ayniqsa, Janubi-Sharqiy Osiyoda (o‘sish 19%), G‘arbiy-Tinch okeani mintaqasida (19%) va Sharqiy O‘rta Yer dengizida (14%), shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerikada (13%) sezilarli darajada bo‘lgan. O‘lim darajasi G‘arbiy-Tinch okeani mintaqasida (14%) va Sharqiy O‘rtayer dengizida (7%) o‘sgan, ammo boshqa mintaqalarda pasaygan, shuning hisobiga dunyoda o‘lim darajasi 3 foizga pastlagan.

    Eslatib o‘tamiz, Amerikaning Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Pandemiya boshidan beri to 16-mart, seshanba kuniga qadar butun dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 120 217 175 ta holat qayd etildi.

    Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat, ayniqsa, Yevropada yomonlashmoqda. “Epidemik vaziyat yomonlashyapti. Ammo biz biroz sekin boshlangan vaksinatsiya sur’atlarini oshirmoqchimiz”, — dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen. Bu haqda u COVID-vaksinatsiya haqidagi raqamli sertifikat loyihasi taqdimotida aytib o‘tdi.

    Ushbu COVID-pasportlar iyun o‘rtalariga kelib joriy etilishi kerak. Ularga, shuningdek, koronavirusga nisbatan testlar hamda o‘tkazilgan kasallik muddatlari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Bundan tashqari, Yevrokomissiya Yevroittifoq tarkibiga kirmaydigan mamlakatlar tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

    Kasallanish holatlarining ko‘payishi Fransiya va Italiyada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Fransiyada o‘tgan bir kecha-kunduzda 38,5 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan bo‘lib, bu 2020-yil 17-noyabrdan buyon (o‘shanda mamlakatda pandemiyaning ikkinchi to‘lqini kuzatilib, umummilliy lokdaun joriy qilingan edi) qayd etilgan rekord darajada o‘sish bo‘ldi.

    Vaksinatsiya kampaniyasi va qat’iy cheklov choralariga qaramasdan, Italiyada ham COVID-19 bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga keldi. Bu yerda so‘nggi bir kun ichida 23 059 kishi virusga chalingan, bu avvalgi kundan qariyb 3 ming nafarga ko‘p demakdir.

    65 va undan katta yoshdagi odamlar COVID-19 koronavirusini qayta yuqtirib olishdan eng kam himoyalangan, deyiladi daniyalik olimlarning The Lancet ilmiy jurnlaida chop etilgan tadqiqotida. U 4 millionga yaqin odam (Daniya aholisining 69 foizi) tomonidan topshirilgan 10 milliondan ortiq PZR-testlar tahliliga asoslangan.

    “SARS-CoV-2’ga qayta chalinishdan himoya ishonchli ekanini va bu ko‘pchilik odamlarda bo‘lishini aniqladik. 65 yoshdan kichik bo‘lgan va tabiiy ravishda kasallangan aholida tadqiqot davrida virusni qayta yuqtirib olishdan himoya darajasi 80 foizni tashkil etdi”, — dedi olimlar. 65 yoshdan katta odamlarda esa himoya ko‘rsatkichi 47 foizga teng.

    Olimlarning qayd etishicha, bunday ma’lumotlar keksalarning immun tizimidagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar — immunitet qarishi bilan izohlanadi. Bu o‘zgarishlar ham tug‘ma, ham orttirilgan immun tizimiga va organizm immun reaksiyalari koordinatsiyasiga ta’sir qiladi.

    Koronavirus iliq ob-havoda kamroq tarqalishi ilmiy jihatdan isbotlanmagan, shu sababli odamlar bundan keyin ham tavsiya etilgan cheklovlarga rioya qilishi kerak. Bu haqda BMTga kiruvchi Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) ekspertlari ma’lum qildi.

    “Virus sovuq, quruq sharoitlarda va ultrabinafsha nurlarining past darajasida yashovchanlik xususiyatini yaxshi saqlaydi. Ammo bu tadqiqotlar hozircha meteorologik omillar virus yuqishi sur’atlariga bevosita ta’sir qilishini ko‘rsatgani yo‘q”, — dedi Jons Hopkins universiteti professori, tadqiqot guruhi rahbarlaridan biri Ben Zaychik.

    Misol sifatida u o‘tgan yili COVID-19 bilan kasallanishning avj nuqtalari quyoshli hududlarda yilning iliq davrida kuzatilganini aytib o‘tdi.

    Shu bilan birga, ekspert koronavirus vaqt o‘tishi bilan mavsumiy respirator-virusli kasallikka aylanishini taxmin qildi, ularda esa kasallanish cho‘qqisi odatda kuz—qish davriga to‘g‘ri keladi.

    “Respirator-virusli infeksiyalarning mavsumiyligini aniqlovchi asosiy mexanizmlar yetarlicha o‘rganilgani yo‘q”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

    Mavzuga doir:

    • AstraZeneca’ning yangi asoratlari aniqlandi, Fransiyada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi, yangi avlod vaksinalari sinalmoqda. Koronaxabarlar
    • Rossiyada “afrikacha” shtamm, Latviyada “ugandacha” shtamm aniqlandi, AstraZeneca’dan yana qaysi davlatlar voz kechdi? Koronaxabarlar

    18.03.2021, 11:32   Izoh (0)   30438
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayden Putinni qotil deb atadi va “saylovlarga aralashgani” uchun o‘ch olish bilan tahdid qildi. Rossiya elchisi AQShdan chaqirib olindi. Umumiy ma’lumotlar

    18.03.2021, 10:19

    Yevropa Ittifoqi 30 yil ichida birinchi marta Xitoyga qarshi sanksiyalar joriy qildi

    18.03.2021, 08:58

    Megan Markl shov-shuvli intervyudan keyin o‘zini siyosatda sinab ko‘rmoqchi. Buni eshitgan Tramp yana prezidentlik uchun kurashishini aytdi

    18.03.2021, 07:11

    Britaniyalik olimlar sekin yuradigan odamlarda COVID-19’dan o‘lish xavfi to‘rt baravar yuqoriligini ma’lum qildi

    18.03.2021, 06:47

    AQSh Navalniyning zaharlanishi bo‘yicha Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalarini kengaytirdi

    18.03.2021, 06:35

    Korrupsiyada ayblangan Sarkozi yana bir bor sudga tortiladi

    18.03.2021, 00:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.