• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropa dori-darmon agentligi AstraZeneca vaksinasini xavfsiz deb topdi. Turli mamlakatlar olimlarining bu boradagi fikrlari farqlanmoqda

    Koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi xavfsiz va samarali hisoblanadi. Yevropa dori-darmon agentligi (EMA) shunday xulosa qildi, deb yozmoqda Meduza.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Regulyatorning fikricha, vaksinaning afzalliklari uning nojo‘ya ta’siridan ko‘proq, preparat qonda tromb paydo bo‘lish xavfini oshirmaydi. Umuman olganda tromblarning kelib chiqishi vaksinaning ma’lum bir partiyalari bilan bog‘liq ekani to‘g‘risida hech qanday dalil yo‘q, deya xulosa qildi EMA.

    Shu bilan birga, EMA “juda kam hollarda” emlash trombotsitlar sonining pastligi tufayli kelib chiqadigan qon tromblarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytdi.

    Norvegiyaning Oslo universiteti qoshidagi kasalxonaning bir guruh mutaxassislari esa AstraZeneca shved-ingliz kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi qon tromblarini keltirib chiqarishi mumkin, degan xulosaga keldi.

    Mutaxassislar emlashdan so‘ng yuzaga kelgan qon ivishi va qon ketishi bilan kasalxonaga yotqizilgan uch nafar bemorning tahlillarini tekshirdi.

    Jamoa rahbari, professor Pol Andre Xolmening Norvegiyadagi VG nashriga aytishicha, qon tromblari, ehtimol, AstraZeneca vaksinasini qabul qilgandan keyin kuchli immun reaksiyasi paydo bo‘lishi bilan bog‘liq: bemorning tanasida trombotsitlarni faollashtiradigan va qon tromblarining paydo bo‘lishiga olib keladigan o‘ziga xos antitanalar ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, ushbu antitanalar trombotsitlarning qon oqimidan yuvib ketilishiga sharoit yaratgan, shuning uchun bemorlarda qon ketishi ham kuzatilgan.

    “Nega bunday immunitet reaksiyasi paydo bo‘lganini vaksinadan boshqa hech narsa bilan izohlab bo‘lmaydi. Ushbu bemorlarning kasallik tarixida bunga sabab bo‘ladigan boshqa hech narsa yo‘q. Ishonchim komilki, bu antitanalarning ishi va men ularning paydo bo‘lishiga emlashdan boshqa sababni ko‘rmayapman”, —  dedi Pol Andre Xolme VG’ga. Keyinchalik professor ushbu xulosalarni matbuot anjumanida takrorladi. Xulosalar hali ilmiy adabiyotlarda nashr etilmagan. AstraZeneca kompaniyasi professorning so‘zlariga izoh berishdan bosh tortdi. Norvegiya tibbiyot agentligining tibbiy direktori Steynar Madsenning VG’ga aytishicha, kompaniya Oslo universiteti shifoxonasi mutaxassislari xulosalaridan xabardor, ammo hozircha ular haqida izoh bermayapti.

    Britaniyaning MHRA tibbiy regulyatorining bayonot berishicha, britaniyalik mutaxassislari AstraZeneca bilan emlash va qon tromblarining paydo bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topa olmadi.

    MHRA miya qon tomirlarida tromblarning paydo bo‘lishi va emlanganlarning ba’zilarida trombotsitlar sonining kamayishi sababini hali aniqlay olmaganini ma’lum qildi. Ammo bu muammolarning AstraZeneca vaksinasini qabul qilish bilan bog‘liqligi to‘g‘risida hech qanday dalil topilmagan. Mutaxassislar mazkur preparat bilan emlashni to‘xtatish uchun hech qanday sabab ko‘rmayotganini ta’kidladi.

    Xuddi shunday bayonotni Niderlandiyaning Lareb tadqiqot markazi olimlari ham taqdim qildi. Ular Niderlandiyadagi bemorlarda qon quyqalanishining ikki holatini o‘rgandi. Ularning ta’kidlashicha, bemorlardagi tromboz boshqa davlatlar mutaxassislari tomonidan aniqlangan trombozlardan farq qiladi. Lareb olimlari immun trombotsitopeniya turli xil emlashlardan so‘ng paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta’sir ekanini, ammo asoratlarni aynan AstraZeneca bilan bog‘liq, deya da’vo qilishga ertaligini ta’kidladi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum xatarlar mavjud deb hisoblaydi, ammo vaksinadan foydalanishning afzalliklari baribir ustunroq. JSST shuningdek, tromboembolizm dunyodagi eng keng tarqalgan yurak qon-tomir kasalliklari orasida uchinchi o‘rinda turishini va prinsipial jihatdan juda keng tarqalgan hodisa ekanini ta’kidladi.

    Eslatib o‘tamiz, AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarning qonida tromb paydo bo‘lgani haqidagi xabarlardan so‘ng bir qator mamlakatlar preparatdan foydalanishni to‘xtatib qo‘ygandi. Xususan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Sloveniya, Portugaliya, Kipr, Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Estoniya, Latviya, Litva, Bolgariya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya va Islandiya, shuningdek, Yevropadan tashqaridagi Indoneziya, Kongo va Janubiy Afrika mamlakatlarida mazkur vaksinadan foydalanish to‘xtatilgan.

    Avvalroq Yevropaning yarmi rad etgan AstraZeneca vaksinasini Tojikiston mamnuniyat bilan qabul qilmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

    17-mart kuni esa Toshkentga AstraZeneca vaksinasining 660 ming dozasi olib kelindi.

    Mavzuga doir:

    • JSST AstraZeneca bilan emlashda davom etishni tavsiya qildi. Vaksinadan foydalanish Yevropa Ittifoqining yirik davlatlarida to‘xtatilgan
    • AstraZeneca’ning yangi asoratlari aniqlandi, Fransiyada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi, yangi avlod vaksinalari sinalmoqda. Koronaxabarlar
     

    19.03.2021, 09:38   Izoh (0)   23203
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shimoliy Koreya AQSh bilan aloqalarni tiklash uchun o‘z shartlarini ma’lum qildi

    19.03.2021, 08:42

    Bloomberg: Tramp prezidentlik davrida boyligining qariyb chorak qismini yo‘qotdi

    19.03.2021, 08:08

    Berdimuhamedov favqulodda vaziyatlar uchun 112 yoki 911 yagona raqamidan foydalanishni taklif qildi

    19.03.2021, 07:22

    Putin Baydenga onlayn rejimda ochiq suhbat qilishni taklif etdi

    19.03.2021, 06:47

    Afg‘onistonda harbiy vertolyot halokatga uchradi va hukumat ishchilari o‘tirgan avtobus portladi

    19.03.2021, 00:58

    Yevropaning yarmi rad etgan AstraZeneca vaksinasini Tojikiston mamnuniyat bilan qabul qilmoqchi

    19.03.2021, 00:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.