• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AstraZeneca vaksinasi bilan emlash Tailandda keyinga qoldirildi, Bolgariyada esa to‘xtatildi

    Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Och va bir nechta hukumat a’zolari mamlakatda aholini AstraZeneca bilan emlash ishlarini keyinga qoldirdi. Ular Norvegiya va Daniya kabi bir qator mamlakatlarda qon tromblari kelib chiqish xavfi tufayli mazkur vaksinadan foydalanish to‘xtatilganidan so‘ng shunday qarorga keldi, deb yozgan “RBK”.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    12-mart kuni Tailandda AstraZeneca yordamida koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlanishi kerak edi. Mamlakat rasmiylari tomonidan buyurtma qilingan 63 million doza vaksinaning 61 million dozasini mazkur vaksina tashkil qiladi.

    “Emlashni keyinga qoldirish bilan biz AstraZeneca vaksinasi yomon yoki sifatsiz demoqchi emasmiz. Xavfsizlik to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish va qonda tromblarning paydo bo‘lishi xavfini o‘rganish maqsadida vaksinatsiyani keyinga qoldirdik” ,—  degan Chulalongkorn universiteti virusologi, Tailand sog‘liqni saqlash vazirligining emlash komissiyasi a’zosi Yong Puvoravan.

    Tailand sog‘liqni saqlash vazirligining emlash dasturi bo‘yicha maslahatchisi Piyasakol Sakolsatayadornning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ommaviy emlashlar ko‘pi bilan ikki haftaga qoldirilgan. Aholining xavf ostidagi guruhlarini Xitoyning Sinovac preparati bilan emlash ishlari esa davom etadi.

    Shuningdek, Tailanddan tashqari boshqa bir mamlakat – Bolgariyada ham bosh vazir Boyko Borisov  COVID-19’ga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan aholini emlash ishlarini to‘xtatish haqida buyruq bergan.

    Bolgariya hukumatining rasmiy veb-saytidagi bayonotda aytilishicha, bosh vazir AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni Yevropa dori-darmon agentligi (EMA) ushbu preparatning xavfsizligi haqidagi barcha shubhalarni rad etguniga qadar to‘xtatib turishga qaror qilgan.

    “AstraZeneca vaksinasini qabul qilish mumkinligi yoki aksincha mumkin emasligidan qat’i nazar, Yevropa tibbiyot agentligidan yozma ravishda aniq tasdiqlangan tashxis olinmaguncha aholini vaksinatsiya qilish to‘xtatiladi”, — degan Borisov.

    Borisov boshchiligidagi yig‘ilishda ishtirok etgan Bolgariya sog‘liqni saqlash vaziri Kostadin Angelov Angliya–Shvetsiya kompaniyasining vaksinadan foydalanishni vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida buyruq chiqarishga tayyorligini bildirgan.

    “Emlash kampaniyasi Pfizer va Moderna vaksinalari yordamida davom ettiriladi”, — deya qayd etgan Angelov.

    Bolgariya sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida mamlakatda COVID-19 uchun 17 mingdan ortiq test o‘tkazilgan va kasallikni yuqtirish bo‘yicha 3121 ta holat qayd etilgan. Kun davomida 95 kishi kasallikdan vafot etib, jami infeksiya qurbonlari soni 11 mingdan oshgan.

    Avvalroq Janubiy Koreya AstraZeneca vaksinasi bilan mamlakatdagi keksa fuqarolarni emlamaslikka qaror qilgan edi. Shuningdek, Ispaniya ham AstraZeneca vaksinasini keksalar uchun qo‘llashdan bosh tortgan.

    Eslatib o‘tamiz, nemis mutaxassislari AstraZeneca vaksinasini 65 yoshdan oshganlarga tavsiya etmagan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 65 yoshdan oshganlar uchun preparatning samarali ekaniga oid dalillar yetarli emas. Kompaniya esa ushbu ma’lumotlarni “mutlaqo noto‘g‘ri” deb atagan hamda Buyuk Britaniyaning vaksinatsiya va immunizatsiya bo‘yicha birlashgan qo‘mitasi tomonidan AstraZeneca’ni keksalarda qo‘llash ma’qullangani va emlanganlarda immunitet miqdori ortayotganini ta’kidlagan.

    Mavzuga doir:

    • JAR samaradorligi pastligi sabab AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi
    • Avstraliyada olimlar AstraZeneca vaksinasining samaradorligiga shubha bildirdi

    12.03.2021, 21:50   Izoh (0)   15448
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan kasalxonaga yotqizildi

    12.03.2021, 20:26

    OAV: Ramzan Qodirov va uning oilasini qo‘riqlash uchun besh yil ichida budjetdan 13 mln dollardan ortiq pul sarflangan

    12.03.2021, 18:11

    IATA: 2021-yil bahorida xalqaro parvozlar qayta tiklanishni boshlaydi

    12.03.2021, 17:45

    Xitoy hukumati Jek Ma bilan kelishmovchilikdan so‘ng, Alibaba uchun rekord miqdorda jarima tayyorlamoqda

    12.03.2021, 13:09

    MDHdagi eng ommabop vaksinalar, Britaniyada aniqlangan yana yangi shtamm, Xitoy vaksinasi bilan emlanadigan Olimpiada ishtirokchilari. Koronaxabarlar

    12.03.2021, 10:25

    Daniya, Norvegiya, Islandiya va Italiya AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi. Bunga tromblar paydo bo‘lishi holatlari sabab bo‘ldi

    12.03.2021, 09:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.