Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivudda 12-mart kuni kechasi Teachr1 nomi ostida ijod qiluvchi ko‘cha rassomi tomonidan chizilgan graffiti paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Elle nashri.

Foto: @Teachr1

Foto: @Teachr1

Rasmda Megan Markl amerikalik mashhur boshlovchi Opra Uinfriga bergan shov-shuvli intervyusidagi libosda tasvirlangan. Muallif graffiti ostiga odatdagidek ramziy yozuv qoldirgan: “Tinchlik saqla va haqiqatni gapir”.

Foto: @Teachr1

Foto: @Teachr1

Avvalroq shahzoda Garri va uning oilasi Kaliforniyaga ko‘chib o‘tganidan bir oy o‘tgach, Gollivud tepaliklarida “Tinchlik saqla va qo‘llaringni yuv” yozuvli graffiti paydo bo‘lgandi. Aftidan, mazkur graffiti ko‘cha rassomining shu mavzudagi ishlarining dastlabkisi bo‘lgan.

Foto: @Teachr1

Foto: @Teachr1

Eslatib o‘tamiz, shahzoda Garri va Megan Markl Opra Uinfriga bergan ikki soatlik intervyusida Megan rasizm va suitsid o‘ylari, Garri otasi bilan nizo haqida gapirib bergan. 7-mart kuni Amerika vaqti bilan soat 20:00 da CBS telekanalida namoyish etilgan ushbu intervyu shov-shuvga aylandi. Butun dunyo Britaniya monarxiyasi bu zarbaga qanday dosh berishini muhokama qila boshladi. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II esa nabirasining intervyusiga baho berish uchun unga biroz vaqt kerakligini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi