• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Uch kun haqiqiy ‘do‘zax’ bo‘ldi”. O‘zbekistondagi birinchi COVID-bemorga uning kasalligini aytish mas’uliyati yuklatilgan shifokor pandemiya qiyinchiliklari haqida gapirdi

    Roppa-rosa bir yil muqaddam — 2020-yilning 15-mart kuni Respublika Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti laboratoriyasida O‘zbekistonda koronavirus bilan zararlangan ilk bemor aniqlangan edi. “Xalq so‘zi Online” O‘zbekistonda koronavirus ilk marta qayd etilganidan boshlab oylar davomida bemorlar bilan ishlagan ayol — Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Muhayyo Asilova bilan suhbatlashib, uning pandemiya, yo‘qotishlar, shifokorlik burchi haqidagi fiklarini e’lon qildi.

    Foto: Telegram / SSV matbuot kotibi

    Foto: Telegram / SSV matbuot kotibi

    “U kunni eslash ham og‘ir...”

    O‘zbekistonda ilk bemor aniqlanganiga ham bir yil bo‘ldi. O‘tgan vaqt davomida biz murakkab holatlarni boshdan o‘tkazdik. O‘sha kunni eslash ham men uchun og‘ir.

    Kasallik kirib kelgan vaqti eng qo‘rqinchli holat — virus yangi, o‘rganilmagan edi. Biroq shifokorlik burchi bor, har qanday vaziyatda ham bemorni davolash kerak.

    15-mart kuni soat uchda menga qo‘ng‘iroq qilishdi, fuqarolardan birida COVID-19 aniqlandi, deb. Shundan so‘ng ertalab soat oltigacha uxlolmadim, endi nima bo‘ladi, nima qilamiz, degan savollar tinchlik bermagan.

    Ertalab oltida klinikaga kelganimda, ilk bemorimiz oila a’zolari bilan maxsus ajratilgan xonalarga yotqizilgan ekan. U ayol hali o‘zida virus aniqlanganidan bexabar, buni unga men aytishim kerak, xodimlarda ham vahima, sarosimalik. Chunki o‘sha payt dunyo bo‘yicha o‘limlar soni kundan kun oshayotgan, bir-biridan qo‘rqinchli xabarlar tarqalayotgan edi. Maxsus himoya kiyimlarimni kiydim, bemor yoniga kirdim, uning holatini o‘rgandik.

    Bemorni ko‘rib chiqqach, xonamga kelib o‘yladim: qanchalik katta mas’uliyat, javobgarlik bor yelkamizda, butun respublika bizga qarab turibdi, nima gap, nima so‘z, deb. Hali qo‘limizda aniq qo‘llanma ham yo‘q. Xitoylik hamkasblarimiz ham virus bilan ikki oygina ishlagan, holbuki, bu, kasallikni o‘rganish uchun juda kam muddat hisoblanadi.

    Rosti, bemorning o‘zi kelib test topshirgani, vaqtliroq harakat qilgani bizga ancha yengillik tug‘dirgan. Kasallik hali boshlang‘ich bosqichda edi, klinik belgilari oltinchi-yettinchi kuni boshlandi, ya’ni isitma, nafas yetishmasligi...

    “Vaziyat o‘z vaqtida jilovlandi”

    O‘sha kunning o‘zida yana boshqa bemorlarda ham virus aniqlana boshlandi, ya’ni soat 14:00 larda Angliyadan kelgan er-xotinda virus tasdiqlandi. Keyin Turkiyadan kelgan bemorda, so‘ng boshqasida, qarabsizki, bir zumda bemorlar soni 38 taga yetdi.

    O‘sha vaqtda O‘zbekistonda to‘g‘ri olib borilgan chora-tadbirlar vaziyatni o‘z vaqtida jilovlashga juda katta yordam berdi. Prezident, hukumat pandemiya sharoitida har bir fuqaroning, oilaning sihat-salomatligiga ustuvor vazifa sifatida qaradi. Mamlakatlarning imkoniyatlarini o‘ta murakkab sharoit taqozosi bilan bog‘liq holda tahlil qilgan kuzatuvchilar O‘zbekistonga o‘z fuqarolarini har qanday sharoitda himoyasiga olishga qodir davlat sifatida baho bergani bejiz emas. Kishi xastalanib qolsa, butun oila a’zolarining halovati, tinchi yo‘qoladi. Ishida unum bo‘lmaydi, ruhan iztirob chekadi. Bemorni davolash esa bilasizki, davlatimizga arzonga tushmaydi. Zero, shifokorlarning “Kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan ma’qul”, degan gapi mantiqan to‘g‘ri.

    Klinikadagi vaziyatdan kelib chiqib ochiq aytaman, agar o‘tgan yil iyul oyidagi murakkab vaziyat mart oyida bo‘lganida edi, biz tayyor emasdik, bilmadim nima bo‘lardi, tasavvur ham qilolmayman. Hali Zangiotadagi maxsus shifoxona qurilmagan edi, iyul oyida shu shifoxona bo‘la turib vaziyat qancha qiyinlashdi. Pediateriya, travmatologiya, xullas, qancha yo‘nalishdagi shifoxonalar, bo‘limlar o‘zining yo‘nalishida ishlamasdan koronavirus bemorlarini davolashga o‘tdi.

    Bu kasallik shundayki, bemor ertalab yaxshi holatda bo‘lib kechga yaqin og‘irlashib qolishi mumkin — har tomonlama o‘zgaruvchan. “Ertaga ketadi, tuzaldi” deb turgan bemorlarimiz yaqinlari bilan bog‘liq noxush holatlarni eshitib, depressiyaga tushishi, vafot etish holatlari ham bo‘ldi. Boshida biz kasallik asosiy joyi o‘pkada bo‘ladi, deb o‘ylagandik, keyinchalik eng asosiysi, qon quyulishini nazoratga olishimiz kerakligini tushundik. Sakkiz yarim oy vaqt ishlagan bo‘lsak, oktabr oyidan boshlab mukammal qo‘llanma bilan ishlashni boshlagan edik...

    “Birorta xodim men kelolmayman, deb aytmadi”

    Birinchi bemor aniqlangan kuni ertalab uydan chiqib ketayotganimda bolalarim uxlashayotgan, dam olish kuni edi. Xayolimga ham kelmaganki, shu ketguncha ishxonada 5,5 oy qolib ketaman, deb. Aprelda nabiralarimdan biri 9 yoshga kirdi, bora olmadim. Shu kuni nega ishga kelayotgan kunim to‘yib bag‘rimga bosmadim, erkalamadim, deb afsuslanganman. Ishxonamiz qattiq qo‘riqlanardi, tashqaridan hech kim kiritilmasdi, 5 metr naridan yaqinlaringizni ko‘rasiz, ko‘z nurim ham past, qo‘l silkiyman, aniq ko‘ra olmayman, faqat telefonda gaplashamiz.

    Boshida tashkiliy masalada ancha qiyinchiliklar bo‘ldi. Bir kun ichida vazirlik bilan kerakli apparatlarni olib ketganmiz. Uch soat ichida klinikadagi 190 ta bemorni uyiga jo‘natganmiz, chunki shifoxonani bo‘shatish kerak edi.

    Yuqorida aytdim, o‘sha kuni dam olish kuni edi. Bilasizmi, xodimlarimiz uch soat ichida yig‘ilgan, uzoq yo‘ldan qatnaydiganlari ham yetib kelgan. Lekin birortasi “men kelolmayman”, degan gapni aytmadi, vaziyatni tushundi, yetib keldi, oylab uyiga ketmadi, oxirigacha birga bo‘ldi.

    Yana bir gap. O‘sha kunlarda shifokorlarga ustamalar to‘lash haqida hech qanday gap yo‘q edi. Davlatimiz rahbari keyinchalik koronavirusni davolashda qatnashayotgan tibbiyot xodimlariga yuqori ustamalar to‘lashga topshiriq berdi. Bunday rag‘batlantirishlar bo‘lishi xayolimizga ham kelmagan, barcha shifokorlar kasb burchi sabab ish boshlagan.

    12 nafar hamshiramiz koronavirus yuqtirib oldi. Bu holat men uchun og‘ir bo‘ldi, endi ularning oilasiga nima deyman, deb qattiq qiynalganman. Xudoga shukrki, xodimlar orasida bitta ham o‘lim holati bo‘lmadi. Ularning barchasiga ustamalar to‘landi, albatta...

    “Jarrohlik amaliyotidan bir kun o‘tib, ishga tushib ketganman”

    Iyul oyi biz uchun nihoyatda og‘ir bo‘ldi. O‘sha vaqtda men ikki haftaga tashqariga chiqqandim, tashkiliy ishlar bo‘yicha Zangiotadagi shifoxonaga jalb qilishdi. U yerda o‘n kuncha bo‘ldim, 7 nafar xodimimizni yordam uchun o‘sha hududga yuborgandik.

    Keyinchalik esa o‘zimizda shifokor yetishmay qoldi, ahvol keskin og‘irlashdi. Doktor yetishmaydi, kislorod nuqtalarini 8 tadan 50 tagacha, oksigenatorlarni 3 tadan 70 tagacha ko‘paytirishga to‘g‘ri keldi, bizga keladigan bemorlarning asosiy qismi kislorodga muhtoj. Hozir aytishga oson, bemorlar shunaqa og‘ir ahvolda kelardiki, hatto, reanimatsiya bo‘limiga joylashga ham ulgura olmasdik...

    Vaqt tig‘iz, vaziyat murakkab, ish hajmi katta. Ovqatlanish tugul suv ichishgayam vaqtni qizg‘anasiz. Hattoki, kam suv ichganimdan iyul oyida buyragimdagi tosh qo‘zg‘alib qolgan, bir kunda – juma kuni borib, shanba kuni operatsiya (roskapiya) qildirib, yakshanba yana ishga tushib ketganman.

    Bu yerni tashlab keta olmasdim, og‘ir holatdagi bemorlar ko‘p edi...

    Boz ustiga, avgust oyida o‘pkamda ozroq pnevmoniya bo‘ldi, shu yerda ham davolanib ham ishlab yuraverdim, Xudo asradi.

    Besh yarim oyda yuqmadi, qattiq charchoq, stresslarni boshimdan o‘tkazdim, hatto bemorlarga qo‘shilib yig‘laydigan bo‘lib qoldim. Bemorlarga uyga ketishimni aytsam, yig‘lashni boshlashardi, ular ishonib kutib o‘tirardi meni. Sentabrda shifoxonadan chiqdim, uyga bordim, ozroq dam olaman, oilamni ko‘raman, desam nabiramdan koronavirus yuqtirdim. Uyda davolandim.

    Shifoxonadagi bemorlar tushlarimga ham kirardi, yig‘layotganini ko‘rardim. Ayniqsa, bir qiz bor edi, ketayotganimda qattiq yig‘lagandi. Qoling, deya olmaydi, biladi — besh yarim oydan beri tinimsiz ishlayotganimni, ketayotsam ko‘z uzmaydi, yig‘laydi — o‘sha holat ko‘z oldimda muhrlanib qoldi. Ikki kundan so‘ng uning vafot etganini eshitdim.

    Buning qanchalik og‘irligini bunday jarayonning ichida bo‘lganlargina anglaydi...

    “Sizga ishonamiz, doktor, degan so‘z kuch berdi”

    Reanimatsiyada bemorlarga qarash uchun o‘zim va bitta doktor qolgan kunlarimiz bo‘ldi. Qiynaldik, bemorga qarayapman, kerak bo‘lsa tagligini almashtiryapman, havo issiq, ulgura olmayapmiz. Kasallik birdan ko‘paygan, shifokorlar esa yetishmasdi, qo‘l etishmasdi, shifokorning qo‘li...

    Men bosh shifokor sifatida jamoa uchun namuna bo‘lishim ham kerak edi. Rosti ham shu, rahbar qanday ishlashni xodimlariga ko‘rsatib berishi kerak.

    Ayniqsa, iyul oyi og‘ir kechdi. Shu oyda o‘z qo‘limda jon bergan bemorlar ham bo‘ldi. 18-iyulda ketma-ket to‘rt o‘lim bo‘ldi, hech bunday bo‘lmagan edi. 35 yoshli bemor bor edi, “bolam o‘lmagin” deb, tiz cho‘kib, dodlab yig‘laganman, hech qachon esimdan chiqmaydi. Reanimatorlarimiz yetmay qoldi, kasal ko‘payib ketdi, uch kun shunday bo‘ldi, uch kun...

    Albatta, keyin yordam berishdi darrov. Biroq mana shu uch kun haqiqiy do‘zax bo‘ldi, shu uch kunda kechirganlarim butun umrimga yetsa kerak. Bunday kunlar boshqa hech qachon qaytmasin...

    Tan olishimiz kerak: xavfli infeksiyaga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan yutuqlarga osonlikcha erishilgani yo‘q. Biz bordan yo‘q qilmadik, yo‘qdan bor qildik. To‘g‘ri, bizning sharoitimiz yangi, zo‘r emasdi, lekin odamlar shu jamoaga ishondi, bizni tanladi, “Virusologiyaning koridoriga bo‘lsa ham yotaman” degan bemorlar bo‘ldi. Toshkent shahrida COVID-19’ga qarshi 39 ta muassasa ishlagan bo‘lsa, respublika bo‘yicha eng kam o‘lim ko‘rsatkichi bizning klinikada bo‘ldi.

    Eng muhimi, har kim aravani o‘zi tomonga tortmadi, hissiyotlarga erk bermadi, qo‘lni-qo‘lga berdi! Va pirovardida, buni uddaladik.

    Sog‘liqni saqlash vazirligining 13-mart kungi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 80 567 kishiga yetdi. Shu vaqtgacha tasdiqlangan bemorlarning 79 242 nafari (97 foizi) sog‘aygan, kasallik asoratlari oqibatida vafot etganlar soni rasman 622 nafarga yetgan — mamlakatda koronavirus asoratlari oqibatida hozircha oxirgi o‘lim holati 10-fevral kuni qayd etilgan (ma’lumot uchun, SSV statistikasidagi kamida bitta o‘lim holati O‘zbekistonda yuz bermagan; “Daryo” 2020-yil 22-sentabrga qadar yuritgan alohida statistikaga ko‘ra, qurbonlar soni kamida 19 nafarga ko‘p).

    Avvalroq O‘zbekiston chegarasini ikki oyda 378 mingdan ortiq yo‘lovchi kesib o‘tgani, ularning 173 nafarida koronavirus tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 15-martdan aeroport, temiryo‘l vokzali va chegara punktida koronavirus infeksiyasiga antigen ekspress-test olish tartibi bekor qilinadi

    15.03.2021, 10:21   Izoh (0)   23567
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Navbahor” muxlisi “So‘g‘diyona” bilan o‘yindan so‘ng avtohalokatga uchradi. U yolg‘iz o‘g‘il va uch qizning otasi edi

    15.03.2021, 09:05

    Farg‘onada kommunal to‘lovlar uchun aholidan yig‘ilgan 123 mln so‘mni talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    15.03.2021, 08:43

    Farg‘onada noqonuniy nikoh o‘qiganiga chora ko‘rmaslik uchun profilaktika inspektoriga 2 mln so‘m pora taklif qilgan shaxs ushlandi

    14.03.2021, 22:15

    Davlat soliq qo‘mitasi yana 53 ta “obnal firma”ni aniqladi

    14.03.2021, 21:35

    Buxoroda talabalarning 8-mart bayramida bergan “arzon sovg‘asi”ni mensimagan o‘qituvchi ishdan olindi

    14.03.2021, 19:12

    Xorazmda buyum bozori tomi qulab tushdi (foto)

    14.03.2021, 17:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.