• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Koronavirusning qaytishi, bahorga qoldirilgan sovuq, fuqaroga – jazo, prokurorga – imkoniyat

    Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirishlarni qayta-qayta eshitib, o‘qib mana umumxalq hasharini ham o‘tkazib oldik. Hasharga majburlash jazolanishi to‘g‘risida shunday tahdidli ogohlantirishadiki, beixtiyor hasharga chopib ketganingni bilmay qolasan, kishi.

    Koronavirus qaytmoqda. “Lashkar to‘plab” qaytmoqda. Kecha va bugun internet tarmoqlarida Toshkentdagi koronavirusni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalar “konservatsiya”dan chiqarilayotgani, odam to‘lib ketgani haqida turli-tuman xabar va mish-mishlar bolaladi. Bu gaplar qanchalik asosli? SSV vakilining aytishicha, bu behuda gaplar ekan. SSVchilarning aytishicha, koronavirusdan qayd etish ko‘rsatkichi biroz oshgani rost, ammo Telegram kanallarida tarqatilganidek vahimali emas. Demak, fojia yasamaslik, ayni vaqtda sanitariya va gigiyena qoidalarini ham unutmaslik kerak.

    Foto: Getty Images

    AstraZeneca vaksinasi qonda tromblar vujudga keltirgani sababli bir qator davlatlar undan foydalanishni to‘xtatdi.  O‘zbekistonga 2,6 million doza AstraZeneca keltirilishi kerak edi, buyog‘i nima bo‘ladi endi? Bu savolga tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrullo Mustafoyev javob berdi. “Xabarlarni men ham o‘qidim. O‘ylab ko‘raylik, Daniya, Shvetsiya Yevropa davlatlari ichida eng rivojlangani. Ular ham shu vaksinadan foydalanyapti. Endi hozir to‘xtatib qo‘ydi. AstraZeneca hamma sinovlardan o‘tgan, JSST tomonidan tavsiya berilgan. Bizning olimlar ham uni tekshirgan. Vahimaga yoki xavotirga o‘rin yo‘q”, — deydi Xayrullo Mustafoyev.

    O‘zbekiston koronavirusga qarshi 1 million doza ZF-UZ-VAC 2001 xitoy—o‘zbek vaksinasini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Vaksinani yetkazib berish ishlari mart o‘rtalarida boshlanadi. Ko‘ngillilarda o‘tkazilgan sinovlar koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi xavfsiz va samarali ekanini ko‘rsatdi.

    Buxoroda vaksinalarni saqlash uchun sovitish ombori ochildi. Mazkur uskuna vaksinalarni sovitish, haroratni nazorat qilish moslamalari, sovitish xonalari va vaksinalar yetkaziladigan konteynerlarni o‘z ichiga oladi. Vaksinalar omborida 41,5 ming nafar bolani (1 yoshgacha bo‘lgan) emlash uchun taxminan 9 ming litr vaksinani saqlash mumkin. Uskuna vaksinalarni Selsiy bo‘yicha 2−8 daraja iliq haroratda saqlash imkonini beradi.

    Yana bir gap. 15-martdan aeroport, temir yo‘l vokzali va chegara punktida koronavirus infeksiyasiga antigen ekspress-test olish tartibi bekor qilinadi. Buni xorijiy va qo‘shni mamlakatlarda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat biroz bo‘lsa-da, barqarorlashgani, O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilarga yengillik yaratish bilan izohlashmoqda. Aeroportdagi test yo‘lovchilarga ortiqcha tashvish tug‘dirayotgani va xo‘jako‘rsinga ish yuritilayotgani uchun yo‘lovchilar bu xabardan xursand bo‘lishiga shubha yo‘q.

    * * *

    Yigirma yildan beri ekrandan tushmay kelayotgan “Zakovat” intellektual teleo‘yini yangi formatda ish boshlagani haqida xabar bergan edik. 11-mart kuni “Zakovat” teleo‘yinining Toshkent va Toshkent viloyati bosqichi chempionlari aniqlandi. Finalda Farrux Rafiqov jamoasi “Ksenofont shogirdlari” jamoasini mag‘lub etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘yin “Milliy” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi. O‘yin yakunida birinchi o‘rinni olgan jamoaga 100 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 20 million so‘m, uchinchi o‘ringa 10 million so‘m pul mukofoti topshirildi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, “Zakovat”ning navbatdagi bahslari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

    Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva “Zakovat”ni otalig‘iga olganidan so‘ng, loyiha katta shou ko‘rinishini oldi. Suratga olish maydonchasi antiqa dekoratsiyalar bilan bezatili tantanavor tusga kirdi. Oxirgi o‘yin g‘oliblarini Toshkentdagi bannerlar bir vaqtda namoyish qildi. Tashkilotchilar va ishtirokchilar #ZakovatdaKuch, #UzbekPower xeshteglarini ommalashtirmoqda.

    * * *

    11-mart kuni qo‘shni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga keldi. Uni bosh vazir Abdulla Aripov qarshi oldi.

    Foto: “Daryo”

    Sadir Japarov Toshkentda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Shundan so‘ng Ko‘ksaroyda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shundan keyin Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev avval tor doirada muzokara o‘tkazdi, keyin muzokaralar ikki davlat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etdi. Muzokaralarda asosiy e’tibor ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga qaratildi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida jami 22 ta hujjat imzolandi. Ikki prezident chegara muammolariga alohida e’tibor bergani ta’kidlandi.

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari do‘stligining, davlatlararo munosabatlarda yangi davr boshlanganining ramzi sifatida prezidentlar ko‘ksaroyda ko‘chat ekishdi. Shundan keyin Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkentda sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Qirg‘iziston prezidentiga texnoparkdagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar: maishiy texnikalar, elektron gaz hisoblagichlar, liftlar, suv nasoslari, sanoat konditsionerlari va sovitish tarmoqlari haqida ma’lumot berildi. Tashrif yakuniga borib, O‘zbekiston Qirg‘izistonga Volkswagen Caddy va Isuzu D-Max rusumli 20 ta tez yordam mashinasini sovg‘a qildi.

    Sadir Japarov kelib ketgach, O‘zbekistonning eng dolzarb muammolaridan bo‘lgan So‘x tumaniga yo‘l ochish masalasi yana muhokama etila boshlandi. Qirg‘iziston hukumati vakili mavzu yuzasidan “Bunga qadar ko‘proq yopilish va kamroq aloqa siyosati bo‘lgan”, degan bo‘lsa, Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Galina Bayterek “Qirg‘iziston So‘xga yo‘l ochishga, O‘zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor”, deya axborot berdi.

    * * *

    Kecha va bugun O‘zbekistonda havo harorati juda sovub ketdi. Mamlakat hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keldi. Viloyatlarda yomg‘ir, qor yog‘di. Kuchli shamol ko‘plab joylarni vayron qildi. Xorazmga kuchli shamol va qor bo‘roni yopirilib, ko‘plab xonadonlar elektr energiyasisiz qoldi. Kuchli shamol sabab Navoiydagi uchta tuman hududidan o‘tgan yo‘lning bir qismi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopildi. Vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘ayotgani, shamol tezligi 30-35 metr/sekundgacha kuchayib, yo‘lga sepilgan qum va tuz aralashmalarini ham uchirib yuborayotgani sabab muzlamalar hosil bo‘ldi. Qashqadaryo va Samarqandni bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni ob-havo o‘zgarib, qor yog‘ishda davom etayotgani, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yopildi.

    Urganch aeropoti.

    Urganch aeropoti.
    Foto: Telegram

    Ammo gidrometeorologlar dushanbaga havo ilishini, yog‘ingarchilik kutilmasligini va’da qilmoqda.

    * * *

    Qadimdan qolgan latifasimon gap bor. Qozi aytarkan: “agar  mening sigirim senikini suzsa, aqlsiz mol uchun egasi javobgar bo‘lmaydi, bordi-yu sening sigiring menikini suzsa, ho‘ anavi qonunlar majmuini uzatib yubor-chi”. Bu haftadagi ikki voqea qadimiy hikmatni yana bir tasdiqlasa ne ajab.

    Birinchi holat. Nima bo‘ldi-yu, 8-mart kuni buxorolik talabalar bir o‘qituvchisini tabriklash uchun pul yig‘di. Unga gullar va 200 ming so‘m (20 dollarga yaqin, tarix uchun muhrlab qo‘yyapmiz) taqdim etishdi. Biroq o‘qituvchi tushmagur kattaroq sovg‘a olib o‘rgangan ekan, 200 mingni oz sanab, imtihonda talabalarga ko‘rsatib qo‘yish bilan po‘pisa qildi. Bu voqea internetda tarqalib ketishi bilan vazirlik unga darhol chora ko‘rib, ishdan bo‘shatvordi. Tamagir o‘qituvchi yashin tezligida jazosini oldi.

    Ikkinchi holat. Telegram’dagi Muxbir Daliyev kanalining yozishicha, namanganlik prokurorlar ikki yildan beri to‘lamay yurgan jarimalar bor. “Fuqarolar muddati o‘tgan jarimaning to‘lovini amalga oshirmagani uchun avtomashinasi  jarima maydoniga qo‘yilayotgan paytda amaldorlarning xizmat avtomashinalariga rasmiylashtirilgan jarimalarni uzoq muddat to‘lamay yurishi adolatdan emas-ku. To‘g‘rimi?” – deb yozadi muallif.

    Foto: Telegram / Muxbir Daliyev

    Xuddi shunaqa “boqimanda jarimalar” Toshkent shahrida ham ko‘plab topiladi. “Toshkent shahar IIB boshqarmasi tizimiga qarashli avtomashinalarga rasmiylashtirilgan jarimalar uzoq muddatdan beri to‘lovlari amalga oshirilmaydi. Nega? Maxsus reydlar qilinib, aholining jarimadan qarzi bo‘lsa, to‘g‘ri ko‘chadan jarima maydoniga olib kiriladi. Bu hech kimga sir emas. Biroq VSFga mumkin! Sizlarga yarashovradi qolganlarga sholpillab qoladimi?” – deydi kanal muallifi Xurshid Daliyev.

    Muhtaram o‘quvchi, bu yerda qozi kimu oddiy fuqaro kim, angladingiz deb o‘ylaymiz. Shu bilan dayjestimizga yakun yasaymiz. “Daryo”da qoling.

    14.03.2021, 23:23   Izoh (0)   83204
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada noqonuniy nikoh o‘qiganiga chora ko‘rmaslik uchun profilaktika inspektoriga 2 mln so‘m pora taklif qilgan shaxs ushlandi

    14.03.2021, 22:15

    Davlat soliq qo‘mitasi yana 53 ta “obnal firma”ni aniqladi

    14.03.2021, 21:35

    Buxoroda talabalarning 8-mart bayramida bergan “arzon sovg‘asi”ni mensimagan o‘qituvchi ishdan olindi

    14.03.2021, 19:12

    Xorazmda buyum bozori tomi qulab tushdi (foto)

    14.03.2021, 17:38

    O‘zbekiston Oliy sudiga yangi sudyalar saylandi

    14.03.2021, 17:17

    Markaziy bank narxlar ko‘tarilishi borasida prognozini saqlab qolib, 2021-yildagi asosiy xatarlarni sanab o‘tdi

    14.03.2021, 16:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Neftchi” “Nasaf” ustidan muhim g‘alabaga erishdi

    Sport | 11 avgust, 21:15

    Uch nafar ichki ishlar xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 21:15

    “Rakurs” — Hamid Sodiq bilan. Oqsoq oliy ta’lim haqida ochiqchasiga gaplashamiz (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 21:06

    “MTRK binosidagi yagona lift ikki yildan beri ishlamaydi” — senator raisga so‘rov yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 20:59

    Donald Trampga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi. Bu xavfli kasallikmi?

    Dunyo | 11 avgust, 20:46

    Varikoz muammosi: kasallikni oldini olish va davolash bo‘yicha flebolog tavsiyalari

    Ayollar sahifasi | 11 avgust, 20:35

    “Rossiya va AQSH sammitidan qat’i nazar, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish davom etadi” — NATO bosh kotibi

    Dunyo | 11 avgust, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.