• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fors ko‘rfazini ko‘zlayotgan Pokiston, raqobat markaziga aylangan Farer orollari, Baydenning Germaniya rejasi qanday? Jahon matbuoti sharhi

    Pokistonning Fors ko‘rfazidagi rejasi qanday? Nega Farer orollari kuchli davlatlar o‘rtasida raqobat maydoniga aylanmoqda? Bayden Germaniyani jazolamoqchimi? Shular haqida an’anaviy jahon matbuoti sharhida tanishing.

    Pokistonning Fors ko‘rfazidagi rejasi qanday?

    Hindiston siyosiy faolligini oshirib borishga intilar ekan, Pokiston hukumati ham Forz ko‘rfazi mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni faollashtirishga jazm qilgan deb yozadi, The Middle East Eye nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yanvar oyining oxirlarida Pokiston armiyasi generali Kamar Javod Bajva Qatarga ikki kunlik safar qildi. Bu tashrifga uncha urg‘u berilmagan bo‘lsa-da, bu tashrifning rasmiy Dehli va Islomobod o‘rtasida yuzaga kelgan sovuq munosabatlardan so‘ng amalga oshirilayotgani Pokiston ham Forz ko‘rfazi mintaqasida o‘zining siyosiy va iqtisodiy faolligining yo‘qolishiga qarshi harakat qilayotganidan darak.

    Pokiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlari dastlab o‘z yaqinliklarini diniy yaqinlik asosiga qurib kelgan bo‘lsa, bugun bu yaqinlik strategik va iqtisodiy darajagacha ko‘tarilishiga harakat qilishmoqda. Harbiy sohadagi yaqinlik harbiylarni tayyorlash va xavfsizlik borasida hamkorlik qilishni nazarda tutsa, iqtisodiy sohadagi yaqinlik eng avvalo pokistonliklarning Fors ko‘rfazi mamlakatlarida ishlash huquqi borasida ketmoqda. Avvallari Pokiston Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan asosan diniy va madaniy sohalarda hamkorlikka e’tibor berilgan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, bugunda barqaror iqtisodiy aloqalar uchun ham zamin yaratishga urg‘u berilmoqda. Rasmiy Islomobod yaqinda rasmiy Ar-Riyod va Tehron o‘rtasida yuzaga kelgan nizoni ijobiy hal qilishda vositachilik qilishga ham tayyorligini bildirdi. Pokiston uchun garchi energetika masalasi yetakchi bo‘lsada, Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish istiqboli unchalik ham yaxshi emasdek edi.

    Pokiston hukumati ko‘pdan beri o‘zini Yaqin Sharqdagi tinchlikning tarafdori sifatida namoyish qilib kelmoqda. Fors ko‘rfazi mamlakatlari ham bu borada Pokistonning sa’y harakatlarini e’tirof etib kelmoqda. Ammo 2015-yilda Yamanda yuzaga kelgan ixtilofda Pokiston o‘z tinchlikparvar kuchlarini Yamandagi urushga yubora olmadi va natijada Pokistonning Yaqin Sharqdagi mavqeiga putur ham yetdi. Oqibatda Pokistonning mintaqadagi raqibi Hindiston vaziyatdan unumli foydalana oldi. Qolaversa, yana bir jihat, rasmiy Islomobod rasmiy Ar-Riyod va Tehron o‘rtasidagi nizoni hal qilishda vositachilikka intilishi Pokistonga hech qanday bir ustinlik bermaydi.

    Modi hukumati esa terrorrizmga qarshi kurash va Hindistondagi neft loyihalari borasida saudiyaliklarning dastaklashiga va Saudiya Arabistoni sarmoyalarining Hindistonga jalb qilinishiga ham erishdi. Endilikda Hindiston Pokistonni iqtisodiy jabhada, ayniqsa, Fors ko‘rfazida ishlovchi migrantlar hisobiga ham mintaqadan siqib chiqarmoqda. Hind yuqori martabali qurolli kuchlari qo‘mondonining Fors ko‘rfaziga o‘tgan yildagi safari ham Hindistonning mintaqada o‘sib borayotgan siyosiy vaznidan darak bermoqda.

    Fors ko‘rfazi mamlakatlarining Isroilga nisbatan o‘zgarib borayotgan siyosati ham Fors ko‘rfazi va Pokiston munosabatlariga sezilarli salbiy ta’sir qilmoqda. Pokiston hukumati Isroilni rasmiy jihatdan ta’n olmasligi hozirga qadar xalqaro miqyosda e’tirozlarga sabab bo‘lib keladi. Hindistonning Isroil bilan informatsion texnologiyalar, mudofaa, xavfsizlik borasidagi aloqalari esa Fors ko‘rfazi mamlakatlari uchun o‘ziga xos jalb qiluvchi imkoniyat hisoblanmoqda. Saudiya Arabistoni, BAA Hindistonning Isroil bilan aloqalarini olqishlar ekan, Isroilning do‘sti bizning do‘stimiz naqliga amal qilayotgandek. Hindiston o‘z navbatida Isroilning yirik qurol sotib oluvchi hamkorlaridan ham sanalishi e’tiborga olinsa, gap nima haqida ketayotganligini tushunib olish oson bo‘ladi.

    Fors ko‘rfazi mamlakatlarining Kashmirdagi Pokiston muammosiga nisbatan e’tiborsiz qolayotgani ham Pokiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlari orasidagi uzoqlashish uchun asosdek. 2020-yilning avgust oyida Pokiston hukumati Saudiya Arabistonini Islom hamkorlik tashkiloti yig‘inida ayovsiz tanqid qildi. Sabab musulmon davlatlari Kashmirdagi musulmonlar taqdiriga befarqlik bilan yondashayotgani bo‘ldi. Pokiston tanqid qilsa, Hindiston Fors ko‘rfazi bilan o‘z diplomatik aloqalarini ancha yaxshilab oldi. Poksitonlik siyosatchilar Fors ko‘rfazidagi umidlari tobora yo‘qolib borayotganini tushunishlari esa muhim.

    Pokiston o‘z maqsadlariga erishishni istar ekan eng avvalo Fors ko‘rfazidagi o‘z muhojirlarini raqobatbardosh qilishni maqsad qilishi va ularni Saudi Vision 2030, Kuwait Vision 2030 va Oman Vision 2040 loyihalarida ko‘proq jiddiyroq harakat qilishi lozim. Bu esa pokistonlik mehnat muhojirlarining Yaqin Sharqdagi raqobatbardoshligini ta’minlashi mumkin.

    Qolaversa, Pokiston hukumati Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi agrar sohadagi muammolardan biri suv tanqisligini inobatga olgan holda o‘z salohiyatini mazkur mamlakatlardagi sohani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarga sarmoya kiritishga qaratishi lozim. Bu orqali esa Pokiston Fors ko‘rfazi mintaqasini oziq-ovqat zanjiri xalqaro sanoatiga kirishiga yordam bergan va o‘z nufuzini oshirib olgan bo‘ladi. Pokiston esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi yetakchi mamlakatlardandir.

    Pokiston pandemiya avjiga chiqqan bir paytda o‘z tibbiyot xodimlarini Yaqin Sharq mamlakatlariga yordam berish borasida safarbar qilganligi ham mamlakatning Kuvayt, Ummon bilan yaqin munosabatlar o‘rnatilishiga imkon berdi. Shuningdek, Pokiston va Arab federatsiyasi kabi hamorlikning tashkil qilinishi ham o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish uchun Pokistonga qo‘l kelishi mumkin.

    Fors ko‘rfazi bilan yaqin aloqalarni yanada rivojlantirish imkoniyati esa Xitoyning Fors ko‘rfaziga ham aloqador bo‘lgan “Bir kamar – bir yo‘l” dasturi bo‘lishi mumkin. Pokiston bu dasturda esa faolroq qatnashib kelmoqda.

    Farer orollari nega qudratli davlatlarning raqobat markaziga aylanmoqda?

    Texnologiyalar rivojlanar ekan Arktika muzliklari yastanib yotgan hududlar energetik zaxiralarga, yer osti boyliklariga ega bo‘lishga intilayotgan qudratli kuchlarning geosiyosiy jihatdan diqqat markaziga aylanmoqda, deb yozadi The Telegraph nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQSh va Rossiya hamda Xitoyning raqobatlashuv maydoniga aylangan orolliklar bu raqobatni o‘zlarida his qilmoqdalar. So‘nggi paytlarda rasmiy Kreml va NATO rahbarlarining orolga tez-tez tashrif buyurayotgani orolliklarni bezovta ham qilmoqda.

    Farer orollarining poytaxti Torsxavn uzra bo‘y cho‘zgan Sornfelli tog‘ tizmalari tepaliklarida golf maydonchalarini esga soluvchi hududlar mavjud. Sovuq urushning nihoyasiga yetishi bilan rus uchoqlari va suv osti kemalari bu hududda tez-tez o‘zlarini ommaga bildirib qo‘ymoqda. Shu boisdan ham Farer orollari uchun Arktikadagi raqobatchilik ruhi orolliklarning taqdirini o‘zgartirib yuborishga yaqin turibdi.

    Fevral oyida Daniya hukumati Farer orollari hukumatiga oroldagi sobiq Daniya hukumatiga tegishli bo‘lgan radiolokatsion qurilmalarni zamonaviylashtirishga ko‘mak berish maqsadida mablag‘ ajratishini ma’lum qildi. Summa ham oz emas ko‘p emas 170 million funt sterlingni tashkil qilmoqda. Shuningdek, Farer orollari hukumati va Daniya Grenlandiyani tadqiq qilish uchun uchuvchisiz uchoqlar xarid qilish borasida ham shartnoma imzolashdi.

    Keyingi haftada esa mazkur masala borasida AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Farer orollari tashqi ishlar vaziri Yanis Rana bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu esa AQShlik yuqori martabali mehmonning Farer orollari hukumati bilan yaqin bir yil ichida o‘tkazayotgan ikkinchi uchrashuvi hamdir.

    Uchastka tibbiyot xodimi vazifasini bajarish bilan birgalikda Farer orollari Tashqi ishlar vazirligini boshqarib kelayotgan 68 yoshli Yanis Rana Arktikadagi iqlim o‘zgarishiga aloqador bo‘lgan vaziyat orolliklarni ham tashvishga solayotgani boz ustiga AQSh, Xitoy va Rossiyaning Farer orollariga ko‘proq diqqat qaratayotgani xavotirlarga asos deydi. Tashqi ishlar vaziri vaziyatning bunday tus olishi boshqa tarafdan imkoniyat ekanligini aytar ekan, farerliklar bundan foydalanishini ham ta’kidlaydi. Farer bu bilan dunyo siyosiy sahnasining e’tiboriga tushishi orolliklar uchun yaxshi imkoniyatligini ta’kidlaydi.

    Farer orollari Daniya qirolligi tarkibiga kiruvchi  Atlantika okeanining qoq markazida Shotlandiyadan 350 kilometr shimoli g‘arbda joylashgan hudud hisoblanadi. AQSh bu hududni Arktikaga eltuvchi muhim korridor deb ham atagandi. Sobiq prezident Donald Tramp hattoki bu hududning ahamiyatini e’tirof etgan holda Grenlandiyani sotib olish borasida fikrlari bilan butun dunyoni hayajonga solib ham qo‘ygandi. Mayk Pompeo esa iqlim o‘zgarishi oqibatida muzliklarning erishi mintaqadagi neft, gaz va oltin konlarini o‘zlashtirishga imkoniyat ochilayotgani manzarasida Xitoy va Rossiya bu hududda agressiv harakatlanishga o‘tganligini ham ta’kidlaydi.

    Sahna ortida Pompeo Farer orollari yuqori mulozimlari va Daniya tashqi ishlar vaziri bilan o‘tkazgan muloqoti chog‘ida hamkorlik haqida kelishuv imzolashga erishadi. Daniyadagi xalqaro munosabatlarni tahlil qiluvchi siyosatshunos Mikkel Runge Olesen nazarida “Farer orollari o‘zining joylashuvi ortidan dunyo geosiyosatining markaziga tushdi”. Buni esa Rossiya va NATO kuchlarining Arktika mintaqasida raqobatga kirishganidan ham ilg‘ash mumkin.

    Britaniya hukumati ham Arktikadagi faoliyatini jonlatirgan holda, Xitoy va Rossiya hukumatini bu hududda jonlanib qolganidan tashvishda. Farer orollarida radio lokatsion qurilmalarning ish boshlashi esa Britaniya uchun radiolokatsion bo‘shliqni to‘ldirishga imkon beradi va rus kemalarining harakatlanishidan voqif qiladi. AQShning Farer orollaridan radiolokatsion qurilmalarni ishlatishda foydalanish Britaniya uchun ham ayni muddao.

    Farer orollari 2019-yilda Pekinda o‘z konsulxonasini ochdi va Xitoyga arktika baliqlarini yetkazib berish ishlarini boshlab yubordi. Xitoy ham bundan foydalanib, Farer orollari hukumatiga bosim o‘tkazgan holda hududda Huawei kompaniyasining 5G tarmog‘ini o‘rnatishni taklif qildi. Farerliklar ayni paytda bu borada biror-bir qarorga kelishni ortga surib kelmoqda.

    Xulosa qilganda, Farer orollari hech bir qudratga imkon bermay, vujudga kelgan vaziyatdan ham AQSh, ham Rossiya, ham Xitoy bilan farerliklar uchun manfaatli bo‘lgan imtiyozli kelishuvga erishishga umid qilar ekan, Farer orollari biror bir keskinlikni keltirib chiqarishga undaydigan shartnomalardan tiyilishni maqsad qilgan.

    Bayden Germaniyani jazolaydimi?

    The Washington Ehaminer nashri AQSh Germaniyani “Shimoliy oqim-2” loyihasidagi ishtiroki va Xitoy bilan iliq munosabatlarini tanqid qilar ekan, Germaniyani imzolangan bitimlardan bosh tortishga undamoqda, deb yozadi. Bayden atrofidagi siyosatchilar esa Rossiya borasida Germaniyani ayab o‘tirmaslikka chaqirmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Prezident Bayden Merkel hukumatini tanqid ostiga olar ekan, Germaniya AQShning eng muhim strategik hamkori ekanligini aytishni ham unutmaydi. Merkel hukumati o‘tmishga aylanar ekan, janob Bayden Germaniya bilan “umumiy ish” uchun birgalikda harakat qilmoqchiligini ham alohida ta’kidlamoqda.

    Faktlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Merkel hukumati Baydenning hokimiyatga kelguniga qadar Yevropa Ittifoqining Xitoy bilan hamkorlik qilish borasidagi kelishuviga undab keldi va shartnoma imzoladi. Germaniya ayni paytda ham Xitoy bilan imzolangan iqtisodiy kelishuvlar o‘zini oqlashiga katta ishonch bildirmoqda.

    AQShning Germaniyaga bildirgan iddaosiga ko‘ra, Germaniya NATO blokiga a’zo mamlakatlar orasida tashkilotning ravnaqi uchun yillik daromadining 2 foizini ajratishi kerak bo‘lgan holda, 1,3-1,4 foiz miqdorda mablag‘ ajratmoqda. Germaniya hukumati 2024-yilga borib badallarni 2 foizlik darajaga yetkazishga va’da bergan bo‘lsada, keyinroq bu badallarni to‘lashdan ham bosh tortdi.

    Qolaversa, Germaniya Rossiya bilan imozlangan “Shimoliy oqim-2” loyihasini amalga oshirish borasida tashabbus ko‘rsatayotgani rasmiy Vashingtonda hadik uyg‘otmoqda. Bu esa g‘arbparast bo‘lgan Ukrainaning energetika quvvatini zaiflashuviga olib kelish bilan birgalikda, G‘arbni rus energiya zaxiralariga qaram qilib qo‘yadi, degan xavotirlar ham mavjud. Bu ham yetmaganidek, Germaniya ko‘p yillardan beri Ukraina tarafiga rus energiya zaxiralarini yetkazib berish borasida bosim o‘tkazib keladi.

    Qo‘shimchasiga, Germaniya ayni vaqtda o‘z hududida rus kimyoviy qurollari ishlab chiqarish dasturiga ham rozilik bildirgan. Germaniya hududida ishlab chiqarilayotgan kimyoviy qurol mahsuloti natijasida britaniyalik oddiy fuqaroning vafot etishi ham katta rezonans keltirib chiqardi. Aleksey Navalniyning mazkur qurol yordamida zaharlashga bo‘lgan urinish esa keng jamoatchilik tarafidan tanqid ham qilindi.

    AQSh esa Germaniyadan o‘zining azaliy ittifoqchisi sifatida harakatlari va maqsadlarini bir qilishini kutmoqda. Biroq bir tarafdan Baydenning Germaniyani tartibga chaqirib qo‘yish borasidagi bayonotlari, boshqa tarafdan Germaniyaning ruslarga nisbatan yuritayotgan siyosati rasmiy Vashington va rasmiy Berlin orasida tushunmovchiliklarni yuzaga chiqargan. Shunday bo‘lsada, Bayden hukumati “Shimoliy oqim-2” loyihasining ishtirokchilariga iqtisodiy jazo choralari ko‘rish borasida Kongress ma’qullagan qonunni imzolashni ortga surib kelmoqda. OAV Oq uy va Kongresga mazkur masala borasida savol tashlayotgan bir paytda AQSh hukumatining mulozimlari mazkur savolga aniq javob berishda bosh tortib kelmoqda. AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin esa g‘arblik ittifoqchilariga yuzlanar ekan, ulardan NATO kuchlarining istiqboli uchun ko‘proq mablag‘ ajratishga undab kelmoqda.

    AQSh davlat kotibi Entoni Blinken AQShning istiqboldagi tashqi siyosati tamoyillarini ochiqlar ekan, Xitoy hukumatini keyingi yillardagi asosiy “diqqat markazi” deya e’tirof etdi. U Xitoyni butun dunyodagi barqaror siyosiy, iqtisodiy va harbiy sohalardagi yagona “raqib” sifatida e’tirof etdi.

    Shunday ekan Baydenning Gremaniyaga nisbatan ishonchsizlik ruhidagi bayonoti javobsiz qolmoqda va Germaniya o‘z harbiylarini Janubiy Xitoy dengiziga yuborishga erishmoqda. Shu bilan birgalikda Berlin rasmiy Pekinga nemis harbiy kemalari Xitoy qirg‘qolaridan 12 mil (19 km) masofada turishini ham ma’lum qilib qo‘ydi.  Bu esa nega Bayden asosiy strategik hamkor sanayotgan Germaniya AQShga nisbatan bunday yo‘l tutmoqda degan savollarni yuzaga chiqarmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi

    13.03.2021, 21:44   Izoh (0)   31664
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmaota aeroporti yaqinida An-26 samolyoti qulab tushdi. Qurbonlar bor

    13.03.2021, 20:13

    Armaniston prezidentining tibbiy ko‘rikdan keyin yana o‘z ishiga qaytgani xabar qilindi

    13.03.2021, 11:43

    Slovakiya sog‘liqni saqlash vaziri “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha hukumatdagi mojarolar sababli iste’foga chiqdi

    13.03.2021, 08:29

    “Sputnik V” vaksinasining “britancha” shtammga qarshi samaradorligi haqida ma’lum qilindi

    13.03.2021, 08:08

    AstraZeneca vaksinasi bilan emlash Tailandda keyinga qoldirildi, Bolgariyada esa to‘xtatildi

    12.03.2021, 21:50

    Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan kasalxonaga yotqizildi

    12.03.2021, 20:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.