• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Olmaota aeroporti yaqinida An-26 samolyoti qulab tushdi. Qurbonlar bor

    Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroporti yaqinida An-26 samolyoti qulab tushdi. Bu haqda aeroport matbuot xizmatiga asoslanib “TASS” xabar berdi.

    Foto: “Sputnik.kz”

    Foto: “Sputnik.kz”

    “Nur-Sulton– Olmaota yo‘nalishida uchib kelayotgan An-26 samolyoti bilan aloqa 13-mart soat 17:20 da (Toshkent vaqti bilan 16:20) Olmaota aeroportiga yaqinlashganda uzilib qoldi. Zudlik bilan trevoga e’lon qilindi va aeroportning favqulodda xizmatlari voqea joyiga yo‘l oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagi oxirida qulab tushgan”, – deyiladi matbuot xizmatining Facebook’dagi rasmiy sahifasida.

    Kazinform agentligining xabar berishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra samolyotda olti kishi bo‘lgan, ulardan to‘rt nafari vafot etgan, ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan.

    Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham to‘rt kishi halok bo‘lganini, ikki kishi yaralanganini xabar qilgan. “Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yarador bo‘lib, Ili viloyatidagi eng yaqin kasalxonaga jo‘natildi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, halokat bo‘lgan joyda Olmaota shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining 10 ta reanimatsion tez yordam guruhlari, yong‘in bo‘limi ekipajlari va qutqaruvchilar ishlamoqda.

    Ta’kidlanishicha, samolyotda yuzaga kelgan yong‘in o‘chirilgan.

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan va tabiiy ofat sabablarini tekshirishni boshlashga ko‘rsatma bergan.

    “Olmaota aeroportidagi aviahalokat paytida halok bo‘lgan askarlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tilayman. Mening ko‘rsatmalarim bilan aviahalokat sabablarini aniqlash ishlari boshlandi. Bunday hodisalar takrorlanmasligi kerak”, – deb yozdi To‘qayev Twitter’da.

    Olmaota hokimi Baqitjan Sagintayev ham An-26 samolyoti qulagan joyga jo‘nab ketganini ma’lum qilgan va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

    “Men tegishli xizmatlarga voqea oqibatlarini bartaraf etishni topshirdim. Qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Jabrlanganlarga barcha kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, – deydi shahar hokimi.

    Bundan avval Fransiyada vertolyot halokati oqibatida milliarder va siyosatchi Olivye Dasso halok bo‘lgani, Hindistonda avtobus kanalga qulashi oqibatida 40 kishi halok bo‘lgani hamda AQShda harbiy vertolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

    2019-yil 27-dekabrda Qozog‘istonda Bek Air aviakompaniyasining samolyoti halokatga uchragan. Layner bortida besh nafar ekipaj a’zosi, 93 nafar yo‘lovchi, jumladan, 89 nafar Qozog‘iston fuqarolari, ikki nafar Ukraina, bir nafar Qirg‘iziston va bir nafar Xitoy fuqarosi bo‘lgan. O‘shanda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligini bildirgan. Aviahalokat oqibatida 15 nafar odam, xususan, samolyot komandiri halok bo‘lgandi. Rasmiy manbalar aviahalokat qurbonlari sonining 12 nafar ekanini ma’lum qilgan. Olmaotadagi turli tibbiyot muassasalariga jami 49 nafar odam yotqizilgandi. Aviahalokat sababli 28-dekabr milliy motam kuni deb e’lon qilingandi.

    Shuningdek, 2020-yil aprel oyida Qozog‘istonda, Qarag‘anda yaqinida, MiG-31 samolyoti halokatga uchragan. Samolyot aeroport hududiga qulagan, ekipaj a’zolariga talafot yetmagandi.

    13.03.2021, 20:13   Izoh (0)   51586
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Armaniston prezidentining tibbiy ko‘rikdan keyin yana o‘z ishiga qaytgani xabar qilindi

    13.03.2021, 11:43

    Slovakiya sog‘liqni saqlash vaziri “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha hukumatdagi mojarolar sababli iste’foga chiqdi

    13.03.2021, 08:29

    “Sputnik V” vaksinasining “britancha” shtammga qarshi samaradorligi haqida ma’lum qilindi

    13.03.2021, 08:08

    AstraZeneca vaksinasi bilan emlash Tailandda keyinga qoldirildi, Bolgariyada esa to‘xtatildi

    12.03.2021, 21:50

    Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan kasalxonaga yotqizildi

    12.03.2021, 20:26

    OAV: Ramzan Qodirov va uning oilasini qo‘riqlash uchun besh yil ichida budjetdan 13 mln dollardan ortiq pul sarflangan

    12.03.2021, 18:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bembi: o‘rmon dahshati”. 2025-yil yozida premyerasi bo‘lgan trillerlar

    Kino | 16 avgust, 20:59

    “Yaponiya kelajak sari yurish uchun o‘tmish bilan yuzlashishi shart” — Janubiy Koreya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 20:47

    “Men prezident ekanman Xitoy Tayvanga hujum qilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 16 avgust, 19:54

    “Nottingem Forest” “Manchester Siti” himoyachisi uchun 25+5 mln yevro taklif qildi

    Sport | 16 avgust, 19:52

    “Afrika kichik emas!” — Afrika ittifoqi xarita proyeksiyasini o‘zgartirishni talab qilmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 19:44

    “Tramp savdo munosabatlarimiz haqida yolg‘on gapirmoqda” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 18:16

    Qaysi sohadagi tadbirkorlar soliq to‘lashdan eng ko‘p qochayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 16 avgust, 17:51

    Saraton hujayralarida ilk bor demensiyaga o‘xshash jarayonlar aniqlandi

    Ilm-fan | 16 avgust, 17:28

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 17:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.