• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    64 foizga xavfliroq bo‘lib chiqqan “britancha” shtamm, turizmni qayta tiklayotgan mamlakatlar, bolalarni emlashni boshlagan Isroil va boshqa koronaxabarlar

    Dunyoda o‘tgan bir kecha-kunduzda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq eng muhim yangiliklar bilan “Daryo” koronadayjestida tanishing.

    Qaysi mamlakatlar lokdaun e’lon qildi?

    Estoniyada 11-martdan hukumat tomonidan joriy qilingan qat’iy cheklovlar kuchga kirdi, ular koronavirus infeksiyasining “britancha” shtammi tarqalishining oldini olishga qaratilgan. Lokdaun bir oy muddatga — 11-aprelgacha kiritilmoqda. Uning doirasida o‘quv muassasalari masofaviy rejimga o‘tkaziladi, ota-onalarga kuchli zarurat bo‘lmasa, bolalarini bog‘chalarga olib borish tavsiya etilmaydi. Fuqarolar ko‘chada kamida ikki metrlik masofani saqlagan holda, ko‘pi bilan ikki kishi bo‘lib yurishi mumkin. Eng zarur mahsulotlar sotiladigan do‘konlardan boshqalari yopiladi. Umumiy ovqatlanish muassasalari, sport zallari, basseynlar va ko‘ngilochar muassasalar ham yopiladi.

    Shuningdek, Sharqiy Afrikadagi orol davlat — Mavrikiyda ham COVID-19’ga chalinish holatlari ko‘paygani tufayli lokdaun e’lon qilindi va 25-martga qadar xalqaro reyslarni qabul qilish taqiqlandi. Lokdaunga mamlakatning turli nuqtalarida koronavirus bilan kasallangan to‘rt kishining aniqlanishi sabab bo‘lgan. 9-martga kelib, bemorlar soni 15 kishiga yetgan. 10-martdan 25-martga qadar faqat asosiy xizmatlar, shu jumladan, port, aeroport, kasalxona va shoshilinch yordam xizmatlari ishlaydi. Supermarket, novvoyxona, dorixona va AYoQShlar cheklangan rejimda faoliyat yuritadi. Mavrikiy — dam olish uchun qimmatbaho yo‘nalish bo‘lib, u yerga asosan badavlat sayyohlar tashrif buyuradi. 2021-yil yanvari oxirida mamlakat hukumati emlangan sayyohlar ikki haftalik karantinsiz kiritilishini e’lon qilgan edi.

    “Britancha” shtamm 64 foizga ko‘proq o‘lim keltirishi aniqlandi

    Ko‘plab mamlakatlarda lokdaun kiritilishiga sababchi bo‘layotgan “britancha” shtamm koronavirusning avvalgi shtammlariga nisbatan 64 foizga ko‘proq o‘limga olib kelishi aniqlandi. Ekseter universiteti tadqiqotchilari oktabr va yanvar oralig‘ida koronavirus aniqlangan taxminan 55 ming juft ishtirokchilarning ma’lumotlarini taqqoslab chiqdi va ularni 28 kun davomida kuzatdi. Koronavirusning yangi variant bilan kasallanganlar uchun holatning o‘lim bilan tugashi ehtimoli 64 foizga yuqoriroq bo‘lib chiqdi. Xususan, o‘lim darajasi har 1000 ta holatga 2,5 dan 4,1 gacha oshdi.

    Turizmni qayta tiklash uchun amalga oshirilayotgan choralar

    Ispaniya hukumati COVID-pasportlar — koronavirusga qarshi emlanganlar uchun elektron hujjatlar tizimini iloji boricha tezroq joriy qilish ustida ishlamoqda. Mamlakat sanoat, savdo va turizm vaziri Mariya Reyes Marotoning aytishicha, bu bahor oxirlarida yuz berishi mumkin. 19-may kuni Madridda Fitur sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tishi kerak, u “turizmning qayta tug‘ilishi”ga aylanishi kutilmoqda. Ushbu sanagacha hukumat emlanganlar uchun raqamli sertifikat qo‘llashni boshlashni rejalashtirmoqda.

    Tailandda esa sayyohlarga ikki haftalik karantinni Pxuketda yaxtada yoki kichik kruiz laynerida o‘tash uchun ruxsat berildi. Faqat COVID-19 testi manfiy bo‘lgan sayyohlargina bunday imkoniyatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ular tana harorati, qon bosimini nazorat qiluvchi va GPS yordamida ular joylashgan joyni ko‘rsatib turuvchi “aqlli” bilaguzuk taqib yurishi kerak. Hukumat ushbu tashabbus mamlakat budjetiga 58 million dollar keltirishiga umid qilmoqda.

    Vaksinalar va emlash bilan bog‘liq vaziyat

    Isroilda o‘smirlarni emlash boshlandi. 12 dan 16 yoshgacha bo‘lgan 600 ga yaqin isroillik bolalar koronavirusga qarshi Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlandi. Ularda jiddiy ikkilamchi ta’sirlar aniqlanmagan.

    Rossiya esa bolalarni ommaviy immunizatsiya qilmoqchi emas. “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova Rossiyada bolalarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash uchun zarurat yo‘qligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar koronavirusni yengil kechiradi va ularda immunitet, hatto, simptomlar bo‘lmasa ham, tezkorlik bilan ishlab chiqariladi.

    Ayni paytda Isroil vaksinatsiya bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri bo‘lib turibdi. U yerda COVID-19’ga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan aholining 57 foizi emlangan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Isroil dunyoda ikkinchi o‘rinda. Birinchi o‘rinda — Seyshel orollari: u yerda 58 foiz aholi COVID-preparatning birinchi qismini olgan. Uchinchi o‘rinda esa Buyuk Britaniya joylashdi, mamlakat aholisining 32 foizi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan.

    Vaksinaning kamida bitta dozasini olgan aholi ulushi bo‘yicha yuqori o‘nlikka Chili, Bahrayn, AQSh, Barbados, Serbiya, Malta va Marokash ham kiradi.

    AQSh prezidenti Jo Bayden may oxirigacha mamlakatdagi voyaga yetgan aholi — 260 million kishi uchun yetarli bo‘ladigan miqdorda vaksina sotib olishga va’da berdi. Iyul oxirigacha 300 million dozada Modern ava Pfizer/BioNTech vaksinalari yetkazib beriladi. Bundan tashqari, Bayden Johnson&Johnson kompaniyasidan 100 million doza vaksina sotib olishni buyurdi. U koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda ko‘p narsa o‘zgarishi mumkinligini aytib, AQSh vaksinalarni zaxira qilishi va ehtimoliy o‘zgarishlarga tayyor turishi kerakligini ta’kidladi.

    Shuningdek, agar aholini emlash kampaniyasi chog‘ida ortiqcha vaksinalar paydo bo‘lsa, ularni boshqa mamlakatlar bilan bo‘lishishga tayyorligini bildirdi. “Avval amerikaliklar haqida qayg‘uramiz, so‘ng qolgan dunyoga yordam berishga harakat qilamiz”, — dedi Bayden.

    Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi Iordaniyada, Marokkoda, Keniyada va Zimbabveda ham foydalanish uchun ma’qullandi. Shu tariqa, “Sputnik V” ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatlar soni 49 taga yetdi.

    11.03.2021, 11:48   Izoh (0)   8678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin va Erdo‘g‘on “Akkuyu” AESning yangi bloki qurilishini boshlab berdi

    11.03.2021, 10:14

    Shifokor ot, sun’iy muzliklar, velopoygadagi g‘irromlik: 2020-yilning eng muhim voqealari — fotosuratlarda

    11.03.2021, 09:55

    Baydenning yordamchilari uning jurnalistlar bilan suhbat qurishiga ruxsat bermadi

    11.03.2021, 07:21

    Gavayida suv toshqini sabab uylar va ko‘priklar vayron bo‘ldi (video)

    11.03.2021, 00:58

    Tunis qirg‘oqlari yaqinida ikkita qayiq ag‘darilib, 39 nafar muhojir cho‘kib ketdi

    11.03.2021, 00:27

    Efiopiyada jangarilar cherkovga hujum uyushtirib, 30 ga yaqin odamni o‘ldirdi

    11.03.2021, 00:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.