• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Fermerlar kengashi raisi o‘rinbosarini Prezidentni aldayotganlikda aybladi

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining katta majlislar zalida 9-mart, seshanba kuni ayollar muammolarini tizimli hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, tadbirda komissiya a’zosi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari Abdushokir Rahimovning kengash tomonidan ayollar muammolarini hal qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ikki oylik hisoboti eshitildi.

    Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari Abdushokir Rahimov

    Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari Abdushokir Rahimov
    Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

    “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha berilgan topshiriqlarga asosan, Kengashimiz “ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning 15 ming 665 nafarining bandligini ta’minlashi kerak edi. Biz shundan 7 ming 571 nafariga o‘z xonadonida bir va ikki sotixli issiqxona qurib berishimiz belgilangan. 7 ming 176 nafariga parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yo‘lga qo‘yish orqali, 918 nafar ayolning bandligi tomorqa xizmat korxonalari va klasterlarni tashkil etish orqali ta’minlanishi kerak edi.

    Kengashimiz tomonidan ushbu ishlar uchun 75 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Lekin joriy yilning yanvar—fevral oylarida rejamiz 1 ming 780 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘lsa-da, buning uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratishimiz kerak edi. Biz 1 ming 836 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlab, jamg‘armamizdan 7,3 milliard so‘m mablag‘ ajratdik.

    Ammo ayrim viloyatlarimiz o‘sha mablag‘dan to‘g‘ri foydalanmadi. Bu masala bo‘yicha Sirdaryo, Navoiy, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining kengash raislari juda qattiq ogohlantirildi. Agar ular mart—aprel oylari rejalarini ham xuddi shunday bajaradigan bo‘lsa, ularning ishda qolish yoki qolmasligi bo‘yicha sizlarga takliflarimizni beramiz”, — dedi kengash raisi o‘rinbosari.

    Shuningdek, u bu borada mart—aprel oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.

    Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov tomorqadan foydalanish bo‘yicha Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi ko‘plab tumanlarning ko‘rsatkichlari pastligini tanqid qilarkan, “Bu milliardlaringiz meni qiziqtirmaydi, bu sizning ichki ishingiz”, — dedi.

    Bundan tashqari, Qosimov mas’ullarga chora ko‘rish, ekin ekish mavsumi o‘tib ketmaguncha rejadagi vazifalarni bajarish, “ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar muammolarini hal qilib, ular sonini muntazam o‘rganish, muhtoj xotin-qizlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga kiritish kerakligini qayd etdi.

    Foto: “Daryo”

    Abdushokir Rahimov kelgusida qattiq ishlashga, kamchiliklarni tuzatishga va’da berdi.

    “Siz bizga va’da bermang, bizga masala ko‘taring. Eplolmayapman, ikki oydan beri qo‘limdan kelmadi, deng. Bizdan yordam so‘rang. Masalani ko‘taring. Biz bir tomonlama o‘ylayotganimiz yo‘q. Nega shu paytgacha indamay o‘tiribsiz selektor bo‘lishini poylab? Komissiyaga murojaat qiling. Qayerdadir masala ko‘rdikmi, yig‘ilish o‘tkazmaymiz boshqa. Yig‘ilishni sektorlar, tumanlar bo‘yicha o‘tkazamiz, onlayn ishlaymiz”, — dedi Prezident maslahatchisi.

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari Abdushokir Rahimovni Prezidentni aldayotganlikda aybladi.

    “Menga qarang, turing o‘rningizdan. Tanzila Kamolovna, biz bu odam bilan uch oydan beri ishlayapmiz, masala hal bo‘lmasa kerak. Hayitov kelsin (Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi - tahr.), bu odam masalasini hal qilish kerak.

    Hozir Vazirlar Mahkamasiga ham chiqamiz, siz chiqib ketavering bu yerdan, siz ishlamaysiz boshqa. Siz bitta meni emas, Tanzila Kamalovnani emas, Prezidentni aldayapsiz. Sizlarning gapingizga ishonib, Prezidentga kecha ham, o‘tgan kuni ham axborot berdim. Bugun ham administratsiya rahbariga hammamiz hisobot berdik. Nima qilasizlar bizni aldab? Undan ko‘ra, hal bo‘lmayotgan masalalar bo‘yicha yordam so‘ranglar. Uch oydan beri sizga yaxshi gapiryapmiz”, — dedi Qudratilla Rafiqov.

    Shundan so‘ng tadbirni yoritish uchun kelgan OAV vakillaridan yig‘ilishni tark etish so‘raldi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda 2021-yil yakunigacha og‘ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan 1000 nafar ayol ijtimoiy ijara asosida uy-joy bilan ta’minlanadi
    • Shavkat Mirziyoyev: “Past daromadli aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos”
    • “Bundan buyon O‘zbekistonda biror-bir ayol davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi” – Shavkat Mirziyoyev

    09.03.2021, 19:39   Izoh (0)   33611
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mahkumlarning ombudsmanga yo‘llagan shikoyatini qamoqxona rahbariyati ko‘zdan kechirishi taqiqlanishi mumkin

    09.03.2021, 18:59

    YuNISEF O‘zbekistonda qizlarning ta’lim olishiga investitsiya kiritishga chaqirdi

    09.03.2021, 18:12

    Bir kunda 500 ga yaqin o‘zbekistonlik ishlash uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    09.03.2021, 17:47

    Buxoroda tadbirkorga qurol o‘qtalib, undan 70 ming dollar talab qilgan sportchilar qo‘lga olindi

    09.03.2021, 17:11

    Toshkentda 10 yoshli bolaning nomusiga tegishga uringani aytilgan taksi haydovchisi ushlandi

    09.03.2021, 16:46

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    09.03.2021, 16:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.