Markaziy bank 10-martdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 6,82 so‘mga ko‘tarilib, 10 497,47 so‘mni tashkil qildi. Yevro 14,96 so‘mga pastlab, 12 498,29 so‘m bo‘ldi.
Avvalroq O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 10 490,65 so‘mni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)