• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bularga ruxsat beraylik, bo‘ldi ketaverishsin”. Hukumat vakillari ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishidan OAV vakillari chiqarib yuborildi

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining katta majlislar zalida bugun, 9-mart kuni Ayollar muammolarini tizimli hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda tadbirda qatnashgan “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Davlat rahbari raisligida 2021-yilning 26-fevral kuni xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi hamda 6-mart kuni qabul qilingan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti qarorida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan tadbirda Senat raisi Tanzila Norboyeva, Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov hamda Toshkent shahri va viloyatlardagi mansabdor shaxslar, tegishli tashkilot rahbarlari qatnashdi.

    Yig‘ilish avvalida nutq so‘zlagan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning ta’kidlashicha, videoselektor yig‘ilishida jami 1 ming 750 nafarga yaqin xodim ishtirok etgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Davlatimiz rahbari ayollarning muammolarini hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun davlat budjetidan 2,5 trillion so‘m mablag‘ ajratib berdilar. Bunday narsa tarixda bo‘lgan emas. Kechagi qarorda yana qo‘shimcha ravishda 600 milliard so‘m sohaga yo‘naltiriladigan bo‘ldi”, — dedi Rafiqov.

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova xotin-qizlar masalalarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar xususida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari Abdushokir Rahimovlarning hisobotlari eshitildi. Ularning ayollar muammolarini hal qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borayotgan ishlari keskin tanqid qilindi.

    Tanqidiy-tahliliy ruhda kechayotgan tadbirning ayni qizg‘in pallasida yig‘ilishni yoritish uchun kelgan OAV vakillari kutilmaganda chiqarib yuborildi.

    “Farhod aka, ‘televizorchik’lar ketsin, bo‘ldi. Bu yerda gaplarimiz bor-da bizning, iltimos sizlardan, ruxsat hammalaringizga. Farhod aka? Shu yerdami, Farhod aka? Mahmudov bularga (jurnalistlar nazarda tutilmoqda – tahr.) ruxsat beraylik, bo‘ldi ketaversin, bo‘ldi rahmat”, — dedi Rafiqov yig‘ilishda ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Farhod Mahmudovga yuzlanib.

    Soat 11:00 da boshlangan yig‘ilishda bir yarim soatdan so‘ng nafaqat “O‘zbekiston 24”, “Yoshlar”, UzReport, “Mening yurtim”, Zo‘r TV kabi telekanal muxbirlari, balki “Daryo.uz”, “Xalq so‘zi online”, “Bugun.uz” singari internet-nashr vakillariga ham chiqib ketishi aytildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jurnalistlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi matbuot xizmati rahbari Muhabbat O‘rmonbekova hamda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati vakili Jonibek Ma’rupovlardan mazkur vaziyat bo‘yicha izoh so‘rashdi. Ammo ular bu holatga javob bera olmadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yig‘ilishdan jurnalistlar chiqarib yuborilar ekan, nima uchun tadbirga OAV vakillari taklif etildi?

    Biz mazkur vaziyat bo‘yicha rasmiylardan aniq izoh kutib qolamiz.

    09.03.2021, 16:10   Izoh (0)   56777
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishi 11-mart kuni ochiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi

    09.03.2021, 15:44

    “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    09.03.2021, 15:20

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-mart kuni O‘zbekistonga keladi

    09.03.2021, 15:08

    Respublikada faoliyat yurituvchi 206 nafar hokimning matbuot kotiblari Prezident akademiyasida malaka oshiradi

    09.03.2021, 14:40

    Navoiyda ijara uyini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo‘lga olindi

    09.03.2021, 13:56

    Buxoroda pora bilan qo‘lga tushgan bog‘cha mudirasiga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi berildi

    09.03.2021, 13:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.