“Barselona” futbol klubida 7-mart kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Xoan Laporta klubning yangi prezidenti etib saylandi. 58 yoshli funksioner saylovda 54,28% ovoz to‘pladi. U Viktor Font (29,29%) va Toni Freyshani (8,58%) ortda qoldirdi.
Laporta to‘rtinchi marta “Barselona” prezidentligi saylovlarida qatnashdi. 2003-yilda u saylovlarda yutib chiqqan, 2006-yilda boshqa nomzodlar bo‘lmagani uchun qayta saylangandi. 2015-yilda esa Xosep Bartomeuga yutqazib qo‘ygandi.
Laporta 2003—2010-yillar mobaynida “Barselona”ga rahbarlik qilgan. Bu vaqt davomida klub to‘rt marta La Ligada va ikki bor Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Bu vaqt oralig‘ida jamoa umumiy miqdorda 12 ta sovringa ega chiqqandi. 2009-yilda “Barselona” to‘qqizta sovringa ega chiqib, jahon rekordini o‘rnatgandi.
Bartomeu 2020-yilning oktabrida muddatidan avval iste’fo bergach, “Barselona” prezidentligi lavozimi bo‘shab qolgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)