• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shahzoda Garri va Megan Markl Opra Uinfriga ikki soatlik intervyu berdi. Megan rasizm va suitsid o‘ylari, Garri otasi bilan nizo haqida gapirdi

    Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Marklning amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri bilan intervyusi bo‘lib o‘tdi. Ikki soatlik suhbat 7-mart kuni Amerika vaqti bilan soat 20:00 da CBS telekanalida namoyish etildi. 8-mart kuni oqshomda uni Britaniyaning ITV kanali namoyish etadi. Mazkur intervyuga qadar er-xotinning qirollik vakolatlaridan kechib, o‘z kunini o‘zi ko‘rishni boshlaganiga bir yil bo‘ldi, deb yozmoqda “RBK”.

    Shahzoda Garri va Megan Marklning Opra Uinfri bilan intervyusidan lavha.

    Shahzoda Garri va Megan Marklning Opra Uinfri bilan intervyusidan lavha.
    Foto: Reuters

    Megan Markl va shahzoda Garri bilan bo‘lgan intervyu efirga chiqarilishidan bir necha soat oldin The Times nashri manbalariga asoslanib Bukingem saroyi tomonidan ushbu intervyuga qirol oilasiga nisbatan “urush e’lon qilish” sifatida qaralishini yozdi. “Reaksiya kimning tanqid qilinishiga bog‘liq bo‘ladi — qirol oilasimi yoki muayyan shaxslar?”, —  degan gazeta manbasi. Gazetaning yozishicha, qirol oilasi “kattaroq muammolarga e’tibor qaratishi sababli” Yelizaveta II intervyuni tomosha qilmaydi. Gersoginyaning o‘zi “ortiq qo‘rquvda yashamasligi”ni aytgan: “Qanday qilib ular bizdan jim yurishimizni kutishini tushunmayman”.

    Xufiyona o‘tkazilgan to‘y

    Megan Markl hammaning ko‘z o‘ngida o‘tkazilgan to‘y marosimidan uch kun oldin shahzoda Garriga xufiyona turmushga chiqqan edi. Rasmiy marosim 2018-yil 18-may kuni Vindzor qasridagi Avliyo Georgiy ibodatxonasida Kenterberi arxiyepiskopi Jastin Uelbi boshchiligida bo‘lib o‘tgan. To‘y marosimiga 1,2 mingdan ortiq jamoatchilik vakillari ham taklif qilingan.

    Marklning so‘zlariga ko‘ra, xufiyona marosimda juftlikning oila a’zolari qatnashmagan, faqat Kenterberi arxiyepiskopi (Buyuk Britaniyadagi Angliya cherkovining ma’naviy rahbari) bo‘lgan. “Biz oramizdagi rishtalarni nikoh bilan bog‘lashni xohlagandik”, — deb izohlagan Sasseks gersoginyasi.

    Qirollik oilasining Marklga sovuq munosabati sabab unda o‘z joniga qasd qilish fikri paydo bo‘la boshlagani haqida

    Marklning so‘zlariga ko‘ra, to‘ydan keyin qirol oilasi uni omma oldida tilini tiyib yurishga majbur qilgan. O‘z ixtiyori bilan sukut saqlaganmi yoki bu erining qarindoshlari tomonidan qilingan bosimmi, degan savolga, gersoginya “ikkinchisi” deb javob berdi.

    Er-xotin qirollik vakolatidan voz kechishga qaror qilishidan oldin Markl o‘z joniga qasd qilish haqida ko‘p o‘ylagan: “Men shunchaki ortiq yashashni xohlamasdim. Bu menda takror-takror kechayotgan juda aniq, chinakam va qo‘rqinchli fikr edi”. Marklning so‘zlariga ko‘ra, u buni eriga aytishdan uyalgan, ammo “agar eriga aytmasa, u bu ish amalga oshishi”ni tushungan.

    Shu bilan birga, gersoginyaning ta’kidlashicha, qirol oilasi a’zolari “ushbu muassasani boshqaradigan kishilar”dan farq qiladi. Markl Yelizaveta II bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan.

    “Qirollik oilasi juftlikning tug‘ilajak farzandining terisi rangidan xavotirlangan”

    Markl birinchi o‘g‘li Archiga homilador bo‘lganida, qirol oilasining ba’zi a’zolari hali tug‘ilmagan bolaning “terisi qanchalik darajada qora” bo‘lishidan xavotirlangan. Sasseks gersoginyasi ularning ismlarini tilga olmadi. Markl aks holda, o‘zlariga “jiddiy xavf” orttirishini va bu haqda unga eri aytganini qo‘shimcha qildi. Shahzoda Garri ham tafsilotlarni oshkor qilmadi va o‘sha holatning o‘zi uni “shok”ka tushirganini ta’kidladi. Markl, shuningdek, an’anaga zid ravishda o‘g‘liga shahzoda unvoni berilmagani, shuning uchun u qirollik himoyasiga olinmaganini, shaxsiy tan soqchiga ega bo‘lmaganini aytdi.

    Shahzoda Garri va Megan o‘g‘li Archini qirolichaga ko‘rsatmoqda

    Shahzoda Garri va Megan o‘g‘li Archini qirolichaga ko‘rsatmoqda
    Foto: AP Photo

    Er-xotinning yozda tug‘iladigan ikkinchi farzandi qiz bo‘lishi kutilmoqda. “Farzand nechta bo‘lmasin, xoh bitta, xoh ikkita — bu juda zo‘r. Bizning o‘g‘limiz bor, hademay qizimiz ham bo‘ladi, bundan ortiq yana nimani xohlash mumkin?”, — degan shahzoda Garri.

    Juftlikning qirollik vakolatlaridan voz kechish haqidagi qaroriga qirollik oilasining munosabati

    Garrining otasi, Britaniya taxtining valiahdi, shahzoda Charlz ma’lum vaqt davomida o‘g‘li bilan gaplashishni va uning qo‘ng‘iroqlariga javob berishni to‘xtatgan. “Kanadada yashagan paytimiz buvim bilan uch marta suhbatlashdim, otam esa qo‘ng‘iroqlarimga javob berishni to‘xtatmasidan oldin men bilan bularning hammasini (qirollik vakolatlaridan voz kechish to‘g‘risidagi qarorni) yozma ravishda bayon qilishimni so‘rab, ikki marta qo‘ng‘iroqlashgan”, — dedi gersog.

    Garri “masalani o‘z qo‘liga oldi”, degan fikr bilan Shahzoda Charlz o‘g‘li bilan aloqalarni to‘xtatgan. “Men oilam uchun shunday qilishim kerak edi. Bunday qaror juda qayg‘uli, ammo ruhiy salomatligim uchun, xotinim va Archi uchun nimadir qilishim kerak edi”, — deydi shahzoda. Garrining so‘zlariga ko‘ra, hozir u otasi bilan aloqalarni qayta tiklagan, ammo o‘zaro munosabatlarda “yaxshilash kerak bo‘lgan jihatlar bor”.

    Garrining qirollik oilasi bilan munosabatlari haqida

    Sasseks gersogining so‘zlariga ko‘ra, u otasini yaxshi ko‘radi, lekin Charlzning munosabati va u bilan o‘zaro aloqalardagi muammolardan hafsalasi pir bo‘lgan: “Men qattiq xafa bo‘ldim, chunki u ham qachonlardir shu vaziyatni boshdan kechirgandi-ku. U og‘riqning nimaligini biladi... Ko‘plab noxush voqealar sodir bo‘ldi”. Garri katta akasi, Kembrij gersogi Uilyam haqida gapirar ekan, ular “do‘zaxdan birga o‘tgani”ni aytdi: “Tajribamiz bir xil, lekin yo‘llarimiz boshqa-boshqa”.

    Foto: EPA

    Garrining ta’kidlashicha, u buvisi Yelizaveta II bilan “chindan ham yaxshi munosabatda” va buvisi uning qarorlarini hurmat qiladi. Unga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida u qirolicha bilan “oldingi bir necha yillarga qaraganda” ko‘proq muloqot qilgan.

    Avvalroq Britaniya qirollik oilasining xizmatchilari shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklni tazyiq o‘tkazish va tahqirlashda ayblagan edi. Unga javoban Markl bunday “hujum”dan “xafa bo‘lganini” ma’lum qilgan.

    Mavzuga doir: Shahzoda Garri harbiy unvonlaridan mahrum qilinadi. U va uning rafiqasi Megan Markl Britaniya qirollik oilasiga qaytmasligini ma’lum qildi

    08.03.2021, 23:15   Izoh (0)   41837
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiyada vertolyot halokati oqibatida milliarder va siyosatchi Olivye Dasso halok bo‘ldi

    08.03.2021, 19:32

    NYT: AQSh Rossiyaga qarshi bir qator kiberhujumlar tayyorlamoqda

    08.03.2021, 15:13

    Bloomberg: Emlash sur’atlarining sustligi Yevroittifoqqa 100 mlrd yevro zarar keltirishi mumkin

    08.03.2021, 14:27

    Ekvatorial Gvineyadagi bazada yuz bergan portlashlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lib, 400 dan ziyod odam jarohatlandi (video)

    08.03.2021, 13:31

    NYT: AQSh Afg‘onistonga toliblar bilan birga hukumat tuzish rejasini taklif qildi

    08.03.2021, 12:50

    Shveysariyada jamoat joylarida paranji va niqob taqish taqiqlanadi

    08.03.2021, 11:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning Starship raketasi portlab ketdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 15:28

    Hayao Miyazaki tomonidan yaratilmagan Studio Ghibli’ning ajoyib animelari (treyler)

    Layfstayl | 19 iyun, 15:10

    “Qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”: prezident Shahrisabzdagi innovatsion klinikani boshqa hududlarda ham tashkil etish haqida

    O‘zbekiston | 19 iyun, 14:54

    Fors ko‘rfazi davlatlari Eron—Isroil yadroviy harakatlari ehtimolidan xavotirda

    Dunyo | 19 iyun, 14:45

    Hindiston va Kanada munosabatlari qayta tiklandi

    Dunyo | 19 iyun, 14:25

    Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

    Sport | 19 iyun, 14:00

    AQSH razvedkasi Eron yadroviy qurol yaratayotganiga dalillar topmadi

    Dunyo | 19 iyun, 13:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.