Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl Buyuk Britaniya qirollik oilasi a’zolari sifatida o‘zlarining rasmiy vazifalariga qaytmasligini tasdiqladi. Bu haqda Bukingem saroyi — Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning rasmiy qarorgohi xabar qildi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Sasseks gersogi va gersoginyasi qirol oilasi a’zolari sifatida homiylik qilgan xayriya tashkilotlari homiyligidan voz kechishi kerak. Shuningdek, shahzoda Garri o‘zining faxriy harbiy unvonlaridan, xususan, Buyuk Britaniya qirollik dengiz piyodalari general-kapitani unvonidan mahrum qilinadi.

“Hamma ularning qaroridan xafa bo‘lsa-da, gersog va gersoginya (qirollik) oilasining sevimli a’zolari bo‘lib qoladi”, — deyiladi Bukingem saroyi bayonotida.

O‘z navbatida, Sasseks gersog va gersoginyasi vakili juftlik Buyuk Britaniya va dunyo xizmatiga sodiq qolishini hamda rasmiy maqomlaridan qat’i nazar, ular homiylik qilgan tashkilotlarga o‘zlarining cheksiz yordamlarini taklif qilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil yanvar oyida shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan qirollik vakolatlaridan voz kechishlarini e’lon qildi. Ular rasmiy ravishda Britaniya qirollik oilasi vakili bo‘lishdan va hukumat tomonidan mablag‘ olishni to‘xtatdi. Shu bilan birga, qirollik oilasi ularga bir yildan so‘ng ushbu shartnomalarni o‘zgartirish imkoniyatini taqdim etdi.

Megan va Garri qirollik vakolatlaridan voz kechgach, avval Kanadaga, so‘ngra AQShga ko‘chib o‘tdi. Ular Spotify va Netflix strim xizmatlari bilan shartnomalar tuzdi. Yaqinda juftlik ikkinchi farzandini kutayotganini e’lon qildi. 7-mart kuni CBS telekanali teleboshlovchisi Opra Uinfri juftlik bilan intervyuni efirga uzatadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi