• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bloomberg: Emlash sur’atlarining sustligi Yevroittifoqqa 100 mlrd yevro zarar keltirishi mumkin

    Yevropada koronavirusga qarshi emlash sur’atining “sustligi” investorlarni xavotirga solmoqda, chunki bu Yevropa Ittifoqining iqtisodiy tiklanishi va biznesni qayta yo‘lga qo‘yishni kechiktirishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Hozirga qadar Yevropa fond bozori ayniqsa, AQShdagi texnologik aksiyalarning pasayishi fonida vaksinatsiyadan so‘ng yaxshi natijalarni ko‘rsatayotgan edi. Biroq Yevropa fondlari ketma-ket uchinchi hafta davomida bozordan kapitalning chiqib ketishini qayd etmoqda, deya ta’kidladi agentlik. O‘z navbatida Bank of America va BlackRock Investment koronavirus bilan kasallanish holatining davom etishi investorlarning hozirgi strategiyasiga putur yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    Principal Global Investors bosh strategi Sima Shohning so‘zlariga ko‘ra, Yevropadagi vaksinatsiya ishlariga byurokratiya va rasmiylarning qarama-qarshi bayonotlari to‘sqinlik qilmoqda. Bunga siyosiy kurashlar, ta’minotdagi uzilishlar va jamoatchilikning qarshiligi ham xalaqit beradi, deb ta’kidladi Bloomberg.

    Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yevroittifoqda har 100 kishiga o‘rtacha 8,96 doza vaksina to‘g‘ri kelmoqda. Taqqoslash uchun, AQShda bu ko‘rsatkich 26,48, Buyuk Britaniyada 34,26, Rossiyada 5,11 dozani tashkil qiladi. Emlash bo‘yicha yetakchi mamlakat Isroilda har 100 kishiga 95,35 dozadan vaksina to‘g‘ri keladi.

    “Vahimachi bo‘lib ko‘rinib qolsak-da, afsuski, emlash stavkalarining sustligi yevrohududning qayta tiklanishiga to‘sqinlik qilishda davom etishini takror aytishga to‘g‘ri keladi”, — dedi ING Belgiya bosh iqtisodchisi Piter Vanden Xovt. Bloomberg Economics’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, biznesni qayta boshlashni bir-ikki oyga kechiktirish Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotiga 50-100 milliard yevro zarar yetkazishi mumkin.

    Vaksina ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalar bilan Yevrottifoq avgust oyining oxiriga kelib — kutilganidan taxminan, ikki oy oldin katta yoshli aholini 75 foizini emlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, deya taxmin qilmoqda Airfinity tadqiqot kompaniyasi. Biroq investorlar uchun bu ham kech: yoz oylarida juda muhim va ketma-ket ikkinchi marta sayyohlik mavsumini o‘tkazib yuborish Yevroittifoq uchun xavf tug‘diradi, deydi Amerika banki strategi Atanasios Vamvakidis.

    Mart oyining birinchi haftasida Italiya hukumati Avstraliyaga koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasini yetkazib berishni to‘xtatdi. Partiya mahalliy zavodda ishlab chiqarilgan va 250 ming dozani tashkil etgan edi. Italiya tashqi ishlar vazirligi bu Italiya va boshqa Yevroittifoq mamlakatlariga yetkazib beriladigan dori miqdori bilan solishtirganda juda katta deb hisobladi.

    Italiyaning qaroridan so‘ng, Fransiya hukumati ham Yevroittifoq tashqarisiga COVID-19’ga qarshi vaksina yetkazib berishni cheklashga ruxsat berdi.

    Fevral oyi oxirida, AstraZeneca 2021-yilning ikkinchi choragida Yevropa mamlakatlariga vaksinaning rejalashtirilganidan yarmini — shartnomaga muvofiq 180 million dozaning o‘rniga 90 milliondan kamini yetkazib berishi ma’lum bo‘ldi. Bir oy oldin kompaniya texnik nosozliklar sababli ishlab chiqarish belgilangan muddatdan ikki oy orqada qolayotgani haqida xabar bergan edi.

    Avvalroq pandemiya fonida 2020-yilda dunyo bo‘ylab global erkinlik darajasi pasaygani haqida xabar berilgandi. Hozirda dunyo aholisining 20 foizidan kamrog‘i “erkin” mamlakatlarda, 38 foizi “erkin bo‘lmagan” davlatlarda yashaydi.

    Shuningdek, pandemiya oqibatida dunyo bo‘ylab 250 million kishi ishsiz qolgan. Mazkur ko‘rsatkich 2008—2009-yillardagi moliyaviy inqirozga qaraganda to‘rt baravar ko‘p.

    Mavzuga doir:

    • Yevropa Ittifoqi koronavirusga qarshi vaksinalarni shoshilinch tarzda ma’qullash masalasini ko‘rib chiqmoqda
    • Yevroittifoq Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarini rivojlantirish uchun 7 mlrd yevro ajratadi

    08.03.2021, 14:27   Izoh (0)   20849
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ekvatorial Gvineyadagi bazada yuz bergan portlashlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lib, 400 dan ziyod odam jarohatlandi (video)

    08.03.2021, 13:31

    NYT: AQSh Afg‘onistonga toliblar bilan birga hukumat tuzish rejasini taklif qildi

    08.03.2021, 12:50

    Shveysariyada jamoat joylarida paranji va niqob taqish taqiqlanadi

    08.03.2021, 11:34

    Yelizaveta II o‘z hukmronligi davridan buyon birinchi marta shaxsiy samolyotsiz qoladi

    07.03.2021, 23:38

    Tramp Respublikachilar partiyasidan uning nomidan foydalanishni bas qilishni talab qildi

    07.03.2021, 22:17

    NASA Oyga birinchi ayol kishini yaqin 10 yil ichida yuborishni rejalashtirmoqda

    07.03.2021, 19:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.