• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda gender tengsizlik pandemiya davridagi ishsizlik paytida ham namoyon bo‘ldi

    “O‘zbekiston fuqarolarini tinglash” (“O‘FT”) loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tengsizlik xotin-qizlarni COVID-19 pandemiyasi kabi iqtisodiy larza oldida ko‘proq himoyasiz qilib qo‘yishini ko‘rsatdi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, mehnat faoliyatidan olinadigan daromadning, chet eldan pul o‘tkazmalari va boshqa manbalardan keladigan daromadning yo‘qotilishi, uy xo‘jaligini yuritish yukining ortishi va oiladagi zo‘ravonlik holatlarining ortishi — bularning barchasi mamlakat shahar va qishloqlaridagi kam ta’minlangan oilalar ayollarining yashash sharoitlari va salomatligiga putur yetkazdi.

    O‘zbekistonda gender tengsizlik muammosi, ayniqsa, bandlik sohasida seziladi. Ayollarning haq to‘laniladigan ishlarda bandligi erkaklarga qaraganda shundoq ham kam.

    “O‘zbekiston fuqarolarini tinglash” so‘rovnomalariga ko‘ra, o‘rtacha hisobda 2018-yil oktabridan 2020-yil dekabrigacha ayollarning atigi 19 foizi bir hafta davomida faol ishlagan. Taqqoslash uchun, erkaklarda bu ko‘rsatkich 44 foizga yetgan. To‘liq ish kunida ishlaydigan ayollar ulushi shaharlarda 34 foizni, qishloqlarda esa 28 foizni tashkil etgan.

    Erkaklar orasida o‘rtacha hisobda ta’lim darajasining yuqorilab borishi bilan ularning mehnat bozoridagi ishtirokida ham barqaror o‘sish kuzatiladi. Biroq ayollar ishlari iqtisodiy foyda keltirishni boshlashi uchun ular avval oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Masalan, o‘rta maktabni bitirish erkaklarning ishga kirish ehtimolini 15 foizga oshiradi, ammo ayollarda esa ish bilan ta’minlanish istiqbollariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

    Oilaviy sharoit va bola parvarishi bo‘yicha majburiyatlar ham ayollarning ishga kirishiga ta’sir qiladi. Turmush qurgan ayollarning ish topish ehtimoli turmush qurmagan ayollarga qaraganda ancha past. Ish bilan bandlik darajasi mos ravishda 36 va 52 foizni tashkil qiladi.

    “O‘FT”ning 2020-yil o‘tkazilgan bosqichlaridan birida nega ish izlamayotganliklari haqidagi savolga ayollarning 43 foizi “uy xo‘jaligini yuritishi”ni sabab qilib ko‘rsatgan. Erkaklarning esa 7 foizi bu savolga shunday javob bergan.

    COVID-19 pandemiyasi ayollar bandligi yuqori bo‘lgan tarmoqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ular asosan inqirozdan sezilarli zarar ko‘rgan iqtisodiyotning norasmiy sektorida, mavsumiy va qisman bandlik talab etiladigan ishlarda mehnat qiladi.

    Ayollar oziq-ovqat va mehmonxona industriyasida (52 foiz), chakana savdo (51 foiz), shuningdek, san’at, ko‘ngilochar va dam olish (45 foiz) sohalarida ko‘proq band. Pandemiya boshlanganidan buyon ushbu sohalarda ish joylarining qisqarishi darajasi yuqori bo‘lgani kuzatilgan.

    O‘zbekistonda vakansiyalar bo‘yicha eng katta onlayn-resurs bo‘lgan “Olx.uz” ma’lumotlari tahlili aprel oyida bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha yangi e’lonlar kamayganidan so‘ng ularning soni 2020-yil oxiriga kelib ham avvalgi darajaga qaytmaganini ko‘rsatgan.

    Apreldan dekabrgacha bo‘lgan davrda bo‘sh ish o‘rinlari hajmi 2019-yilga nisbatan ko‘proq kamaygan sektorlar turizm (-51 foiz), go‘zallik, fitnes va sport (-43 foiz), kotibiyat va ma’muriy-xo‘jalik faoliyati (-36 foiz), madaniyat va san’at (-30 foiz), shuningdek, barlar va restoranlardagi ishlar (-17 foiz) bo‘lgan. Ushbu sohalar an’anaviy ravishda ayollar uchun ish o‘rinlari yaratadi.

    Avvalroq BMT-Ayollar va BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) hisobotida COVID-19 pandemiyasi ayollarning qashshoqlik darajasi hamda qashshoqlikda yashovchi ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farqni keskin oshirishi qayd etilgandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Kongress-xollda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida “2020—2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”ni qabul qilib, uni amalga oshirishga kirishish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

    08.03.2021, 23:57   Izoh (0)   21080
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qibraydagi “Qonli ariq” voqeasi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

    08.03.2021, 22:41

    O‘zbekistonning 2021-yilgi davlat dasturining fevral oyida bajarilishi kerak bo‘lgan ayrim bandlari ijrosi ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi

    08.03.2021, 22:12

    Foto: Xiva, Buxoro va Samarqandga tashrif buyurgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li

    08.03.2021, 21:53

    Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi Aqtau–Urganch–Aqtau yo‘nalishida ilk parvozini amalga oshirdi (foto)

    08.03.2021, 21:38

    Andijon viloyati hokimi Marhamat tumanida ro‘mol to‘quvchi ayollarga 5 million so‘mdan pul berdi

    08.03.2021, 21:17

    “Yuksalish” harakati O‘zbekistonning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar ro‘yxatini tuzdi

    08.03.2021, 20:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.