• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qo‘lida Putinning portreti bilan emlangan argentinalik mer, 17 ta vaksinani sinayotgan Xitoy, umummilliy epidemiya rejimini 3 oyga uzaytirgan Germaniya va boshqa koronaxabarlar

    “Daryo” koronadayjestida o‘tgan bir kecha-kunduz ichida dunyoda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq voqealar rivoji haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyga safar yakunlari bo‘yicha hisobot e’lon qilishdan bosh tortdi

    Xitoyning Uxan shahrida SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishini tadqiq qilgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari guruhi safar haqida oraliq hisobotni e’lon qilmaydi. Guruhga rahbarlik qilgan Piter Ben Embarek missiya haqida bir yo‘la to‘liq hisobot taqdim etilishini aytdi. U yaqin haftalarda e’lon qilinadi va asosiy xulosalardan iborat bo‘ladi. Mutaxassislarning ochiq xatida aytilishicha, Xitoyda deyarli bir oy davomida tadqiqot olib borgan JSST vakillariga virusning kelib chiqish manbalarini o‘rganish uchun yetarlicha imkoniyat berilmagan. Har qanday hisobotlarni e’lon qilishdan oldin esa siyosiy murosaga kelish kerak, chunki ularni Xitoy tomoni ma’qullab berishi kerak. Ishonchli hisobot tayyorlash uchun 2019-yil oxiridagi kasallanish holatlari bo‘yicha tibbiy hujjatlardan yanada to‘liq foydalanish uchun ruxsat kerak, deb hisoblaydi mutaxassislar. Ularning fikricha, “haqiqatda mustaqil jamoa tomonidan manfaatlar to‘qnashuvisiz hamda qaysidir mamlakatning nazoratisiz” yangi tadqiqot o‘tkazilishi kerak.

    XXR hukumati koronavirus infeksiyasiga chalinish bo‘yicha dastlabki holatlarni 2019-yil dekabr oyining boshida rasman e’lon qilgandi. Kasallik birinchi bo‘lib Xubey viloyatining markazi Uxan shahrida aniqlangan. Hukumat bergan ma’lumotga ko‘ra, dengiz mahsulotlari bozori virus tarqalishining manbasi bo‘lgan.

    Avvalroq JSST mutaxassislari Xitoy hukumatining 2019-yil dekabr oyida Uxan shahrida qayd etilgan koronavirus bo‘yicha dastlabki 174 ta holat to‘g‘risida ma’lumot olish uchun yuborilgan so‘rovlarni rad etgani haqida ma’lum qilgan. Bu JSST mutaxassislariga virusning qachon va qanday tarqalishiga oid dastlabki bosqichlar haqida o‘z tahlillarini o‘tkazishga imkon bermagan.

    Koronavirusga qarshi vaksinalar bilan bog‘liq vaziyat

    Argentinada shahar meri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning portretini tutgan holda Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi. “Men Vladimir Putinning fotosuratini olib kelishimga sabab, men u bilan faxrlanaman, hamma uning bizni zaharlamoqchi ekanligi haqida gapirgandi, ammo u bizning hayotimizni qutqaryapti”, — dedi Buenos-Ayres provinsiyasidagi Roke Peres shahar meri Xuan Karlos Gasparini.

    Xuan Karlos Gasparini

    Xuan Karlos Gasparini
    Foto: Facebook

    Argentinada Rossiya vaksinasi o‘tgan yil dekabrida ma’qullangan edi. U “Sputnik V”dan foydalanishga rasman ruxsat bergan ikkinchi mamlakatga aylangandi (Rossiya vaksinasini ma’qullagan birinchi mamlakat — Belarus).

    “Sputnik V” vaksinasi ayni paytga qadar 45 mamlakatda ma’qullangan. Undan foydalanishga oxirgi bo‘lib ruxsat bergan mamlakatlar Iroq va Laosdir. Shri-Lanka hukumati esa “Sputnik V”dan favqulodda foydalanish uchun ruxsat berdi. Xabarlarga ko‘ra, Rossiya tomoni Shri-Lankaga bepul asosda 300 ming doza preparatni taqdim etishga rozi bo‘lgan.

    Yevroittifoq esa Rossiya vaksinasini yetkazib berish haqida hech qanday muzokaralar olib bormayotganini ma’lum qildi. Avvalroq Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) “Sputnik V” vaksinasini ustida ekspertiza o‘tkazishni boshlagani xabar berilgandi. Agentlik vaksinaning samaradorlik, xavfsizlik va sifat jihatidan Yevroittifoq standartlariga qanchalik mos tushishini baholaydi.

    Regulyator Rossiya vaksinasini ma’qullagan taqdirda ham, bu dorining Yevropaga yetkazib berilishini anglatmaydi, dedi Yevrokomissiya vakili.

    Xitoyda ayni paytda koronavirusga qarshi 17 ta vaksina klinik sinovlar bosqichida turibdi. Shularning to‘rttasi Davlat oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari ustidan nazorat bo‘yicha boshqarmasi tomonidan qo‘shimcha shartlar bilan bozorga chiqish uchun ma’qullangan, yana ko‘pchiligi esa xorijda klinik tadqiqotlarning uchinchi bosqichini o‘tkazish uchun ruxsat olgan.

    Kambag‘al davlatlarni koronavirusga qarshi vaksinalar bilan ta’minlash bo‘yicha COVAX dasturi doirasida Sudan va Lesoto mamlakatlariga vaksinaning birinchi partiyalari yetkazib berildi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi. Sudanga 800 mingdan ortiq, Lesotoga 36 ming dozada dori yetkazilgan. Vaksina aynan qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqilgani haqida ma’lumot berilmadi.

    Shuningdek, COVAX global tashabbusi doirasida Moldova ham COVID-19’ga qarshi vaksinalarni qabul qilib oldi. Ularning miqdori 14,4 ming fuqaroni emlash uchun yetarli bo‘ladi.

    COVAX doirasida 2021-yilning oxirigacha koronavirusga qarshi 2 milliard doza vaksina ishlab chiqarilishi va butun dunyo bo‘ylab taqsimlanishi kerak. COVAX doirasida dunyoda birinchi bo‘lib Gananing 76 yoshli prezidenti emlangan edi. Ushbu dastur bo‘yicha vaksina yetkazilgan ikkinchi davlat esa Angola bo‘ldi.

    Amerikaning Moderna kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina teri toshmalari ko‘rinishidagi ikkilamchi ta’sirni keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi. Tadqiqotchilar 30 ming Kishida vaksinaga nisbatan reaksiyani o‘rganib chiqqanida, shunday nojo‘ya ta’sirlar 12 kishida preparatning birinchi dozasi kiritilganidan keyin bir necha kun o‘tib paydo bo‘lgan. O‘rtacha olganda yallig‘lanish va toshmalar sakkizinchi kuni yuzaga kelgan. Antigistamin dorilar, steroid gormonlar va antibakterial davolanish yo‘llari orqali simptomlar olti kundan keyin yo‘qolgan. Moderna’ning ikkinchi dozasidan keyin ham ba’zi ishtirokchilarda xuddi shu belgilar yuzaga kelgan.

    Yevropaning ba’zi mamlakatlarida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat murakkablashmoqda

    Germaniya Bundestagi mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan umummilliy epidemiya rejimini yana uch oyga — 30-iyungacha uzaytirdi. Avvalroq Germaniyada umumiy karantin rejimi 28-martga qadar uzaytirilgan edi, ammo cheklovlarni yumshatish 8-martdan boshlanishi mumkin. Xususan, har 100 ming aholiga 50 tadan kamroq kasallanish holati to‘g‘ri keladigan hududlarda kitob va gul do‘konlari, shuningdek, bog‘dorchilik bozorlari ochiladi. Bundan tashqari, hukumat muzey, galereya, botanika bog‘lari va hayvonot bog‘larini oldindan buyurtma qilingan yakka tashriflar uchun ochishi hamda do‘konlarga imtiyozlar joriy qilishi mumkin.

    Shuningdek, Vengriya hukumati ham koronavirus tarqailishi sababli kiritilgan cheklovlarni kuchaytirmoqda. 6-martdan mamlakatda ko‘pchilik korxonalar, xususiy maktablar va bog‘chalar yopiladi, mamlakat chegaralaridagi nazorat esa kuchaytiriladi. Cheklovlarning qat’iylashtirilishi mamlakatdagi COVID-19 uchinchi to‘lqini bilan bog‘liq. Vengriya bosh vaziri apparati rahbari Gergel Gulyash so‘zlariga ko‘ra, uchinchi to‘lqin ikkinchisiga nisbatan kuchliroq aks etmoqda.

    Slovakiyada ham koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashmoqda. U virusga chalingan va kasalxonaga yotqizilishi kerak bo‘lgan bemorlarni joy yetishmasligi tufayli boshqa mamlakatlarga yubormoqda. Xususan, birinchi bemorlar 4-mart kuni Polshaga yuborilgan, shuningdek, Germaniya yordam berish va bemorlarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan. 3-mart holatiga, Slovakiyaning jami 5,5 million aholisining 314 ming nafari koronavirusga chalingan, 74 ming kishi vafot etgan. Bir kecha-kunduzda 3,3 ming Kishida virus aniqlangan.

    05.03.2021, 13:45   Izoh (0)   13756
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda prezidentning Facebook sahifasiga qilingan xakerlik hujumi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi

    05.03.2021, 13:21

    AQSh qirg‘izistonlik narkobaron Kolbayev haqidagi ma’lumot uchun mukofotni 5 mln dollargacha oshirdi

    05.03.2021, 12:44

    Bloomberg: AQSh va Britaniya kimyoviy qurol qo‘llaganlik uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni rejalashtirmoqda

    05.03.2021, 11:23

    Pashinyan bilan kelishmovchilikdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan Bosh shtab boshlig‘ining o‘rinbosari sudga murojaat qildi

    05.03.2021, 06:06

    Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi noma’lum yo‘nalishlarga parvozlarni amalga oshiradi

    05.03.2021, 05:47

    Slovakiya bosh vaziri “Sputnik V” vaksinasi evaziga Rossiyaga Ukrainaning hududini bermoqchiligini aytib, hazil qildi. Ukraina hazil uchun vazirdan rasmiy uzr so‘r...

    05.03.2021, 01:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.