• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘izistonda prezidentning Facebook sahifasiga qilingan xakerlik hujumi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi

    Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi prezident Sadir Japarovning Facebook’dagi sahifasiga xakerlik hujumi uyushtirilgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda Kloop agentligi xabar berdi.

    Foto: Live.kg

    Foto: Live.kg

    Agentlikning ta’kidlashicha, kiberhujum chet eldan amalga oshirilgan. Avvalroq prezident matbuot kotibi Galina Bayterek Sadir Japarovning Facebook’dagi sahifasi xakerlar hujumiga uchragani va uning akkauntidagi so‘nggi izohlarga aloqasi yo‘qligini aytgandi. Bungacha prezident akkauntidan deputat Doston Bekeshevga qaratilgan salbiy izoh qoldirilgan edi.

    3-mart kuni deputatlar yangi Konstitutsiya loyihasini muhokama qildi. “Azattik” nashri Facebook’da majlisdan olingan videoni e’lon qildi, u yerda deputat Bekeshev loyihani tanqid qilib, uni “Xonstitutsiya” deb atagan.

    Videoni muhokama qilib yozilgan izohlar orasida prezident shaxsiy sahifasi nomidan qoldirilgan izoh ham bor. “Bu ahmoqning faqat ko‘zi emas, ichki dunyosi ham ko‘r ekan — yordamchi”, — deyiladi izohda. Keyinroq u o‘chirib tashlandi.

    Ta’kidlanishicha, deputat Doston Bekeshev 6 yoshida ko‘rish qobiliyatidan to‘liq mahrum bo‘lgan.

    Ma’lumot uchun 2020-yilning 22-oktabrida niderlandiyalik xaker AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning parolini besh urinishda topib, uning Twitter’iga kirgan. Parol maga2020! — Trampning saylovoldi shiori — Make America great again iborasining qisqartmasi bo‘lib chiqqan.

    27-oktabr kuni kechqurun esa sayloviga bir hafta qolganda, Donald Trampning saylov shtabi sayti xakerlar hujumiga uchragan. Shtab matbuot kotibi Tim Mertou Twitter’da ma’lum qilishicha, xakerlar maxfiy axborotni qo‘lga kirita olmagan, chunki u aslida saytda saqlanmagan.

    The New York Times xabariga ko‘ra, shtab sayti, taxminan, yarim soat davomida ishlamagan. Bu paytda bosh sahifada xakerlar xabari turgan — unda ular bir nechta qurilmalarga hujum uyushtirgani, bu “Tramp va uning qarindoshlariga tegishli ma’lumotlarga to‘liq yo‘l ochib bergani” haqida aytiladi.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyul oyida Twitter’da eng katta kiberhujum sodir bo‘lgan edi. Xakerlar Microsoft asoschisi Bill Geyts, shuningdek, SpaceX asoschisi va Tesla bosh direktori Ilon Maskning akkаuntlarini buzib kirgan.

    Biznesmenlarning akkauntlari orqali bitkoinlarni ma’lum bir hamyonga o‘tkazish va kriptovalyutalarni ikki barobar qilib qaytarish to‘g‘risida tvitlar paydo bo‘lgan. Tez orada ushbu tvitlar o‘chirilgan, biroq keyinroq yana e’lon qilingan.

    The Verge’ning yozishicha, foydalanuvchilar Mask va Geytsning tvitlarida ko‘rsatilgan bitkoin-hamyonlarga 50 ming dollar miqdorida kriptovalyuta o‘tkazishga ulgurgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Geyts va Maskning akkauntlaridan tashqari, kriptovalyutalar nashri — CoinDesk, Binance kriptovalyuta birjasi va kriptovalyuta bozoriga taalluqli boshqa kompaniyalarning Twitter’dagi akkauntlari buzib kirilgan. Xakerlar buni qanday amalga oshirgani noma’lum.

    Shuningdek, reper Kanye Uest, AQSh sobiq prezidenti Barak Obama, Amazon asoschisi Jeff Bezos, shuningdek, Apple va Uber’ning Twitter’dagi rasmiy akkauntlari ham ushbu xakerlar hujumiga uchragan.

    Mavzuga doir:

    • Microsoft xitoylik xakerlarni AQSh kompaniyalariga hujumda ayblamoqda
    • OAV: Janubiy Koreyaga KXDR tomonidan kuniga qariyb 1,6 millionta kiberhujum uyushtirilmoqda

    05.03.2021, 13:21   Izoh (0)   17934
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh qirg‘izistonlik narkobaron Kolbayev haqidagi ma’lumot uchun mukofotni 5 mln dollargacha oshirdi

    05.03.2021, 12:44

    Bloomberg: AQSh va Britaniya kimyoviy qurol qo‘llaganlik uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni rejalashtirmoqda

    05.03.2021, 11:23

    Pashinyan bilan kelishmovchilikdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan Bosh shtab boshlig‘ining o‘rinbosari sudga murojaat qildi

    05.03.2021, 06:06

    Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi noma’lum yo‘nalishlarga parvozlarni amalga oshiradi

    05.03.2021, 05:47

    Slovakiya bosh vaziri “Sputnik V” vaksinasi evaziga Rossiyaga Ukrainaning hududini bermoqchiligini aytib, hazil qildi. Ukraina hazil uchun vazirdan rasmiy uzr so‘r...

    05.03.2021, 01:52

    Pompeo 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatidaligini ma’lum qildi

    05.03.2021, 00:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.