• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil koronavirus ustidan g‘alaba qozongani haqida e’lon qildi. Yana qaysi mamlakatlar bu marraga yaqin qolmoqda?

    COVID-19’ga qarshi tezkor va samarali emlash kampaniyasi sharofati bilan Isroil dunyoda virusni yenggan birinchi mamlakatga aylandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi, deb yozadi The Times of Israel.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Ta’kidlanishicha, hukumat rahbari Amerika telekanaliga “yashil COVID-pasportlar” haqida intervyu bergan.

    “Isroil — koronadan chiqib olgan dunyodagi birinchi mamlakat. Bu ‘yashil’ pasport bilan siz restoranlarga, teatrlarga, sport tadbirlariga borishingiz mumkin. Bu o‘sha. Biz chiqyapmiz”, — dedi Netanyaxu.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati mart oyi oxirigacha mamlakatning voyaga yetgan barcha aholisini koronavirusga qarshi emlashni va aprelga kelib, uning chegaralarini to‘liq ochishni rejalashtirmoqda.

    “Ilgari Isroil startaplar mamlakati sifatida mashhur edi. Bugungi kundan boshlab u vaksinatsiya yurti deb ham ataladi. Biz dunyo uchun model o‘rnatyapmiz, biz bundan juda faxrlanamiz”, — deya ta’kidladi bosh vazir.

    Avvalroq Isroil hukumati “yashil pasport”ni joriy qilgan edi, u COVID-19’ga qarshi emlangan yoki virus bilan kasallanib o‘tgan fuqarolarga beriladi. Shunday hujjatlar ilk marta 21-fevraldan berila boshladi.

    Fevral o‘rtalaridayoq Isroil aholini koronavirusga qarshi emlash tezligi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib qolayotgani aytilgandi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining 16-fevraldagi ma’lumotlariga ko‘ra, butun aholining 28 foizdan ortig‘i, kattalarning (16 yoshdan oshganlar) esa 39 foizga yaqini to‘liq emlangan. “2021-yil marti oxiriga kelib 16 yoshdan katta bo‘lgan isroilliklarning barchasi Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlana oladi”, — deya mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu fevral boshida e’lon qilgan edi.

    Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) koronavirusga qarshi ommaviy immunitetga erishgan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkinligi, chunki aholining katta qismi virusga qarshi emlanib bo‘lgani ma’lum qilingandi. Our World in Data onlayn nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, BAA aholisini koronavirusga qarshi emlash darajasi bo‘yicha Isroildan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, BAA aholisining 60 foizidan ko‘prog‘i shu kungacha kamida bir dozada COVID-19 vaksinasini olgan.

    Rossiyada esa koronavirusga qarshi vaksinaning ikkala komponentini ham olgan fuqarolar 2 million kishini tashkil qilmoqda (aholining umumiy soni — 146,2 million kishi). Bu haqda 4-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi. Shuningdek, yana 2 millionga yaqin odam emlashning birinchi bosqichidan o‘tgan. 2021-yilning iyuniga kelib emlangan fuqarolar soni 40 million kishiga yetishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi direktori Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.

    AQShda fuqarolar aholini emlash jadvalidagi rejadan bir necha hafta oldinroq — 25-fevral kuni 50 million dozada COVID-19 vaksinasini qabul qildi. “Prezidentlik faoliyatini boshlaganimdan beri 37 kun ichida ellik million aholi emlandi (aholining umumiy soni — 331,4 million kishi). Reja hatto so‘nggi kunlardagi sovuq bo‘ronlar oqibatida yuz bergan ko‘ngilsizliklarga qaramay, muddatidan bir necha hafta oldinroq bajarildi”, — dedi Bayden. Bayden prezidentlik lavozimiga kirishgan payt birinchi 100 kun ichida 100 million amerikalikni emlashni maqsad qilgan edi. Ayni vaqtda esa, Garvardning Amerika siyosiy tadqiqotlar markazi (Harvard CAPS) va Harris Poll kompaniyasining so‘rovnomalariga ko‘ra, AQSh aholisining deyarli 41 foizi COVID-19’ga qarshi emlanishni istamaydi.

    26-yanvar kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘zining parlamentga an’anaviy yillik murojaatida mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qilgandi. O‘shanda 11-yanvardan buyon mamlakatda birorta ham koronavirusga chalinish holati qayd etilmagani xabar berilgandi.

    20-fevral holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 200 269 332 kishi emlangan, bu butun sayyora aholisining 2,6 foizi demakdir. Shu bilan birga, AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya va Hindiston hissasiga barcha emlanganlarning qariyb 65 foizi to‘g‘ri keladi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) may oyi oxiriga qadar koronavirusga qarshi vaksinalarni adolatli taqsimlash bo‘yicha COVAX mexanizmi doirasida 142 mamlakatga kamida 237 million doza preparat yetkazib berilishini kutmoqda. JSST 190 mamlakat va iqtisodiyotni o‘z ichiga olgan COVAX mexanizmining ahamiyatini nihoyatda katta deb hisoblaydi. Ushbu dastur shartiga ko‘ra, yuqori daromadli mamlakatlar kam ta’minlangan davlatlarga vaksina xarid qilish uchun mablag‘ ajratadi. Rejalarga ko‘ra, ushbu mexanizm doirasida 2021-yil oxiriga qadar 2 milliard doza koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilishi va dunyo bo‘ylab teng taqsimlanishi kerak.

    Shu bilan birga, YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlari, shu jumladan, eng zaif davlatlar aholisi ham COVID-19’ga qarshi vaksinaning birinchi dozasini hali olmagan. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, vaksinatsiya bilan bog‘liq holat o‘zgarmasa, rivojlanayotgan mamlakatlar eng kamida 2021-yilning oxirigacha vaksina ololmaydi.

    05.03.2021, 14:10   Izoh (0)   24019
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qo‘lida Putinning portreti bilan emlangan argentinalik mer, 17 ta vaksinani sinayotgan Xitoy, umummilliy epidemiya rejimini 3 oyga uzaytirgan Germaniya va boshqa k...

    05.03.2021, 13:45

    Qirg‘izistonda prezidentning Facebook sahifasiga qilingan xakerlik hujumi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi

    05.03.2021, 13:21

    AQSh qirg‘izistonlik narkobaron Kolbayev haqidagi ma’lumot uchun mukofotni 5 mln dollargacha oshirdi

    05.03.2021, 12:44

    Bloomberg: AQSh va Britaniya kimyoviy qurol qo‘llaganlik uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni rejalashtirmoqda

    05.03.2021, 11:23

    Pashinyan bilan kelishmovchilikdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan Bosh shtab boshlig‘ining o‘rinbosari sudga murojaat qildi

    05.03.2021, 06:06

    Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi noma’lum yo‘nalishlarga parvozlarni amalga oshiradi

    05.03.2021, 05:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.