Toshkentning “Paxtakor” klubi hujumkor yarim himoyachi Sardor Rashidov bilan shartnoma imzoladi.
Professional futbol Ligasi (PFL) matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Paxtakor” klubi Rashidov va “Nasaf” yarim himoyachisi Sharof Muhitdinov bilan 2021-yilning dekabriga qadar shartnoma imzolagan.
Har ikki futbolchi “sherlar” safiga erkin agent maqomida kelib qo‘shilgan.
Avvalroq Rashidov “Paxtakor” mashg‘ulotlarida paydo bo‘lgan, biroq klub matbuot xizmati futbolchi bilan muzokaralar davom etayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Rashidovning so‘nggi jamoasi “Qatar SK” klubi bo‘lib, Sardor 2019-yilda “Nasional”dan qatarliklar safiga o‘tgandi. Rashidov 2020-yilning sentabrida “Qatar SK” bilan shartnomasini uzaytirgani ma’lum qilingandi, biroq futbolchi o‘shandan keyin jamoa o‘yinlarida qatnashmadi. U 2021-yilning 1-yanvaridan erkin agent maqomida edi. Rashidov faoliyati davomida “Bunyodkor” (2010—2015), “Al-Jaish” (Qatar, 2015—2017), “Al-Jazira” (BAA, 2017-2018) va “Lokomotiv” (2018) klublarida to‘p surgan.
Muhitdinov 2015-yildan buyon “Nasaf”da faoliyat yuritib kelayotgandi. U Superliga 2020-yilgi mavsumida 26 o‘yin o‘tkazib, beshta gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)