Shveysariyaning Nyon shahrida 26-fevral kuni Yevropa Ligasining 1/8 finaliga qur’a tashlandi.
Mazkur bosqichda “Manchester Yunayted” va “Milan” o‘zaro to‘qnash kelib qoldi. “Arsenal” “Olimpiakos”ga qarshi o‘ynaydi, “Tottenhem” esa Zagrebning “Dinamo”siga qarshi bahs yuritadi. Paulu Fonseka qo‘l ostidagi “Roma” mutaxassisning sobiq jamoasi “Shaxtyor” bilan to‘qnash keladi.
Yevropa Ligasi 1/8 final juftliklari bilan tanishing:
- “Ayaks” — “Yang Boyz”
- “Dinamo Kiyev” — “Vilyarreal”
- “Roma” — “Shaxtyor Donetsk”
- “Olimpiakos” — “Arsenal”
- “Dinamo Zagreb” — “Tottenhem”
- “Manchester Yunayted” — “Milan”
- “Slaviya” — “Reynjers”
- “Granada” — “Molde”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)