“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Polshalik futbolchi 1/8 final doirasida “Latsio”ga qarshi kechgan dastlabki o‘yinda (4:1) bitta gol urdi. Bu uning uchun Chempionlar Ligasidagi 72-gol bo‘ldi.
Shuningdek, quyidagi futbolchilar ushbu sovringa da’vogarlik qilgandi:
- Olivye Jiru (“Chelsi”) — “Atletiko M”ga qarshi o‘yinda (1:0) gol;
- Joau Kanselu (“Manchester Siti”) — “Borussiya M”ga qarshi uchrashuvda (2:0) 95% uzatmalar aniqligi;
- Ferlan Mendi (“Real Madrid”) — “Atalanta”ga qarshi o‘yinda (1:0) gol va 87% uzatmalar aniqligi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)