“Manchester Siti” futbol klubi “Borussiya D” o‘yinchilari Erling Holand va Jovanni Reynaga qiziqish bildirmoqda.
Ingliz klubi bu ikki futbolchi uchun 100 million funtdan ortiq mablag‘ sarflashga tayyor, deya xabar qilmoqda 90Min portali.
“Manchester Siti” taklif qilayotgan shartga ko‘ra, Reyna yana bir yil “Borussiya”da qoladi.
Ta’kidlash joiz, bu ikki futbolchining otalari o‘z vaqtida “Manchester Siti”da to‘p surgan.
Holand Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumida 17 o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi. Reyda esa 21 o‘yinda uchta gol va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)