O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Belarus hukumati o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida bitim 2021-yil 18-fevraldan kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Bitim ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni himoya qilish sohalarida aloqalarni rivojlantirish va faollashtirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlanishicha, hujjatda ikki davlat mintaqalari o‘rtasida bevosita turist almashinuvini tashkil qilish, mintaqalar jozibadorligini oshirishga qaratilgan turizm sohasidagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish kelishuvi aks ettirilgan.
Mazkur hukumatlararo bitimni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul etib belgilangan.
Bundan avval Putin va Lukashenko Sochida muzokaralar o‘tkazgandan keyin ular chang‘i va qor mototsikllarida birga sayr qilgani, Lukashenko smartfonlardan voz kechishga chaqirgani hamda Yevroparlament Belarus AESning ishga tushirilishini to‘xtatishni talab qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)