Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat aholisini smartfonlardan voz kechib, tugmali telefonlardan foydalanishga chaqirdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Kadr: “ATN”

“Men iPhone 12 yoki smartfonlar haqida gapirmayapman, Xudo haqqi, qo‘ng‘iroq qiling. Har bir daqiqangizni amerikaliklar kuzatishini, qayerda joylashganingiz va ushbu iPhone’lar bilan nima qilayotganingizni bilishini xohlaysizmi? Gaplarimni eshitmayotgan bo‘lsangiz, sotib oling”, — deydi Aleksandr Lukashenko.

Belarus yetakchisi smartfonlar o‘rniga oddiy tugmali telefonlardan foydalanishga chaqirgan.

Lukashenko zamonaviy texnologiyalar haqida Butunbelarus xalq yig‘ini vaqtida fikr bildirgan. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli forum 11-fevral kuni Minskdagi Respublika saroyida boshlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan besh yil oldin Lukashenko “gadjetlar, ayfonlar, plafonlar va boshqa zamonaviy texnologiyalar” kelajakda boylik olib kelishini ma’lum qilgandi. O‘sha vaqtda mamlakatda yuqori texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan rejalar haqida ma’lumot berilgan edi.