Fransiyaning L’Equipe nashri dunyoning eng yaxshi yosh (20 yoshgacha) futbolchilari reytingini e’lon qildi.
Birinchi o‘rindan “Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ansu Fati joy oldi. Ikkinchi o‘ringa “Renn” yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga loyiq ko‘rilgan. “Ayaks” futbolchisi Rayan Gravenberx esa kuchli uchlikka yakun yasadi.
Top-10 lik bilan tanishing:
1. Ansu Fati, Ispaniya, “Barselona”
2. Eduardu Kamavinga, Fransiya, “Renn”
3. Rayan Gravenberx, Niderlandiya, “Ayaks”
4. Pedri, Ispaniya, “Barselona”
5. Jovanni Reyna, AQSh, “Borussiya D”
6. Jud Bellinghem, Angliya, “Borussiya D”
7. Yari Versharen, Belgiya, “Anderlext”
8. Meyson Grinvud, Angliya, “Manchester Yunayted”
9. Bukayo Saka, Angliya, “Arsenal”
10. Miron Boadyu, Niderlandiya, AZ
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)