• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qurilgan obyektlar qulab tushmasa yoki portlamasa qonuniy hisoblanadiyu, biror baxtsiz hodisa yuz bersa, noqonuniy hisoblanadimi?” — Doniyor G‘aniyev

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev Jizzax va Buxoro shaharlaridagi qurilishi tugamasdan qulab tushgan obyektlar borasidagi fikrini bildirib, mas’ul idoralarning bu kabi holatlarga bo‘lgan munosabatini no‘noq sportchining o‘yin maydonidan chetlatilishiga qiyosladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Qurilish vazirligiga ko‘ra, Jizzax va Buxoro shaharlarida qurilishi tugallanmasdan qulab tushgan/portlagan ko‘p qavatli turar-joy obyektlarining qurilishi aslida noqonuniy bo‘lgan ekan. Lekin hayratlanarli tomoni shundaki, bu obyektlar qurilishi noqonuniyligi aynan baxtsiz hodisadan so‘ng aniqlangan yoki jamoatchilikka oshkor qilingan. Bu holatda odamda beixtiyor bir nechta savollar paydo bo‘ladi.

    Qizig‘i, mamlakat bo‘ylab qurilishi noqonuniy yoki shaharsozlik normalariga zid bo‘lgan shunday obyektlardan yana qancha bor ekan? Obyekt qurilishi noqonuniy ekanligini bilish yoki bunday noqonuniy qurilishlarni to‘xtatish uchun ularning har birida qandaydir baxtsiz hodisa bo‘lishini kutish kerakmi?

    Yoki bilsa hazil, bilmasa chin degandek, agar qurilgan obyektlar qulab tushmasa/portlamasa qonuniy qurilish hisoblanadiyu, lekin bordiyu, biror baxtsiz hodisa yuz bersa, quruvchi barchasiga javobgar topilib, qurilish esa noqonuniy bo‘lgan hisoblanadimi?

    Agar qulab tushmaganda, bu obyekt taqdiri nima bo‘lar edi? Katta ehtimol bilan qurilish tugallangandan so‘ng mas’ul mutasaddilar yordamida hujjatlar qonuniylashtirilardimi?

    Nahotki mana shu kabi noqonuniy qurilish obyektlari baland bo‘lib qad ko‘targunicha birorta ham mas’ul mutasaddilar ko‘rmay qolishsa? Aslida, Qurilish vazirligining hududlardagi bo‘limlari va boshqa ayrim mahalliy rahbarlar bu kabi obyektlar qurilishidan juda yaxshi xabardor, manfaatdor emasmi?

    Davlatimiz rahbari ham ta’kidlaganlaridek, bugun qurilish sohasi korrupsiya eng ko‘p urchigan sohalardan biridir. Lekin kimlarningdir nafsi, cho‘ntagi uchun iste’molchi moddiy, jismoniy, ruhiy zarar ko‘rishi to‘g‘rimi? Agar ana o‘sha obyektlar yana bir necha oy o‘tib qulaganida, bir necha o‘nlab insonlar hayotiga xavf solishi ham mumkin edi-ku. Mas’ul idoralarning bu kabi holatlarga bo‘lgan munosabati esa xuddi no‘noq sportchining o‘yin maydonidan chetlatilishiga o‘xshaydi. Yaxshi o‘yin umidida maydonga kiritiladi, eplolmasa, bizniki emas edi (noqonuniyligini biz bilgandik, biz kutgandik), deb jar solishadi.

    Aslida, Qurilish vazirligi mas’ullarining noqonuniy qurilishlarni to‘xtatish, sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha niyati jiddiy bo‘lsa, buning yechimi juda ham oson. Vazirlik o‘zining rasmiy veb-sahifasida yoki ijtimoiy tarmoqlarda har bir hudud bo‘yicha noqonuniy yoki shaharsozlik normalariga zid ravishda olib borilayotgan qurilish obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlarni (manzili, suratlari, qurilish firmasining nomi kabi) e’lon qilib borsa, kifoya. Qolganini qalami o‘tkir blogerlarning o‘zi qoyillatishadi (davlat xaridlari mavzusi kabi).

    Qolaversa, bo‘lib o‘tgan voqealar fonida noqonuniy qurilish bu sifatsiz, ishonchsiz, xavfli uy yoki bino-inshoot ekanligini anglab borayotgan fuqarolar ham bu kabi ma’lumotlardan xabar topgach, noqonuniy obyektlarni xarid qilishdan yoki ularga sarmoya kiritishdan tiyilishadi. O‘z-o‘zidan bozor iqtisodiyotining “ko‘rinmas qo‘li” barcha quruvchi va tadbirkorlarni qonuniy ishlashga majbur qilardi.

    Bunga esa chinakam xohish va jinday iroda bo‘lsa bas.

    P.S. Bu gaplarni yozishdan maqsad kimnidir ayblash yoki qaysidir vazirni obro‘sizlantirish emas, shunchaki atrofimizda bo‘layotgan voqealarga shu jamiyat a’zosi sifatida bildirilgan munosabat. Zero, bo‘layotgan voqealarga real yondashish, xatolarni tan olish, yanada samaraliroq faoliyat yuritishga intilish, xalq manfaatlarini eng yuqoriga qo‘yish har birimizning vazifamiz bo‘lishi lozim.

    Doniyor G‘aniyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 

    Eslatib o‘tamiz, 10-yanvar kuni Jizzax shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushgan edi. FVV va Bosh prokuraturaning qayd etishicha, voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar bo‘lmagan. 4-fevral kuni esa Buxoro shahri, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 9 qavatli uyning 3-qavatidagi xonadonda gaz sizib chiqishi natijasida portlash yuz bergan va oqibatda 12 kishi jarohat olgandi.

    Mavzuga doir: “Hamma qilinayotgan islohotlarni … tiqdingiz!” – Doniyor G‘aniyev Energetika vazirligi rahbariyati iste’foga chiqishi kerakligini aytdi

    10.02.2021, 21:46   Izoh (0)   27370
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qonun ustuvorligi haqida bong urayotgan ijtimoiy tarmoq faollaridan qonunchilikni hurmat qilishlarini talab qilamiz”. Shohrux G‘iyosov Otabek Sattoriy ishi bo‘yic...

    10.02.2021, 21:34

    Shavkat Mirziyoyev aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarurligini ta’kidladi

    10.02.2021, 21:19

    Toshkent viloyatida elektr va maishiy texnikalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

    10.02.2021, 21:11

    Rossiyaning “MegaFon” va USM Telecom aloqa kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

    10.02.2021, 20:17

    “15 kishidan ortiq odamga majlis qilmoqchimisan, bosh vazirdan ruxsat so‘raysan”. Prezident majlisbozlikka yo‘l qo‘yayotgan hokimlarni qattiq ogohlantirdi

    10.02.2021, 20:04

    Sport vazirligi va Turizm qo‘mitasi birlashtiriladi. Unga Aziz Abduhakimov rahbar bo‘ladi

    10.02.2021, 19:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.