Daryo

Jizzaxda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushdi

FVVning birlamchi ma’lumotga tayanib qayd etishicha, voqea oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish212 186 ko‘rishlar0 izoh0

Davomi: Video: Jizzaxda qurilayotgan ko‘p qavatli uyning qulash jarayoni

Jizzax shahrining Mustaqillik ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi 10-yanvar kuni soat taxminan 17:15 da qulab tushdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Bino olti qavatli bo‘lib, dastlabki ikki qavati noturar joy, yuqori to‘rt qavati esa yashash uchun mo‘ljallangan, hali foydalanishgan topshirilmagan. Bosh prokuraturaning qo‘shimcha qilishicha, binoning 240 kvadrat metrdan iborat bo‘lgan yettita xonadoni qulab tushgan.

FVVning ham, Bosh prokuraturaning ham qayd etishicha, voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. “Shunday bo‘lishiga qaramay, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi FVV axborotida.

Jizzax viloyati FVB, IIB va SSB xodimlari voqea joyiga yetib kelgan, holat o‘rganilmoqda. Viloyat prokuraturasi tomonidan binoning qulash sabablarini aniqlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar