• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hamma qilinayotgan islohotlarni … tiqdingiz!” – Doniyor G‘aniyev Energetika vazirligi rahbariyati iste’foga chiqishi kerakligini aytdi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda kuzatilayotgan energiya inqiroziga e’tibor qaratib, uni yuz berishiga sabab bo‘lgan rahbarlar iste’fosi eng to‘g‘ri yo‘l ekanini ta’kidlab o‘tdi.

    Deputat Telegram kanalida qoldirgan postini “Hamma qilinayotgan islohotlarni … tiqdingiz!”, – deya boshlagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab islohotlar amalga oshirib kelinmoqda, barcha muammolar birdaniga hal etilmagan bo‘lsa-da, sekin-asta bartaraf etib borilmoqda. Misol uchun, bir necha yillar avval plastik kartochkadagi pulni naqdlashtirish katta muammo bo‘lgan bo‘lsa, hozir buni muammo deb bo‘lmaydi yoki konvertatsiya, ya’ni valyuta ayirboshlash, onlayn davlat xizmatlarini joriy etilishi, OVIR, propiska tizimlarini isloh qilinishi, bank tizimi islohotlari… Sanasak, yetarlicha davom etishimiz mumkin. Lekin..

    Bugun O‘zbekiston bo‘ylab energiya inqirozi kechmoqda. Aynan o‘ta og‘ir kechgan 2020-yildan so‘ng har yilgidan-da sovuq kelgan qish mavsumida energiya inqirozi barchani qiynamoqda!

    Bu holat nafaqat aholi orasida keskin norozilik, ijtimoiy inqirozni keltirib chiqarmoqda, balki iqtisodiy faollikni susaytirmoqda hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Eng achinarlisi, energetika sohasidagi muammolar oxirgi yillarda olib borilgan barcha ijobiy o‘zgarishlarni “yuvib yuboryapti”.

    Endi o‘ylab ko‘ring, sovuq qish, katta oila, na gaz, na elektr bor! Oilaning keksa insonlari yoki chaqaloqlar sovuqdan qaltirab o‘tirsa, oilaning yoshlari har qancha urinmasin uyini isitishga, ularni farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmasa, bunday odamlarga islohotlarning nima keragi bor? Bu odamlar uchun har qanday islohotlar, har qanday qonunlar, qo‘pol qilib aytganda, bir tiyin!!! Ular sovuqdan qiynalishmoqda. Bunday holatda ularga faqat bir narsa kerak: energiya ta’minoti!”, — deydi G‘aniyev.

    Shu kunlarda unga o‘zining saylov okrugidan qilinayotgan har 10 ta murojaatdan 9 tasi aynan elektr va gaz muammosi to‘g‘risida bo‘layotganini ma’lum qilgan.

    “Murojaatlar bo‘yicha shahar, viloyat, respublika mutasaddilari kimni ayblashni bilmaydi, bir-biriga soladi. Eng oxirgi javob esa qayerdadir avariya bo‘lgan va yaqin kunlarda hammasi yaxshi bo‘ladi, degan va’da bilan cheklaniladi!” – deydi Doniyor G‘aniyev.

    Mavzuga doir: “Qani bizning shuncha gaz? Xalqqa ‘svet’, gaz bering!” – o‘zbekistonlik bolakay vazirlarga videomurojaat yo‘lladi

    Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekiston energetika tizimi ham ma’nan, ham jismonan eskirgani, neft-gaz va elektr energiya sohasiga so‘nggi 30 yil ichida hech nima kiritilmagani haqida gapirgan edi. Deputat shu haqda ham o‘zining fikrlarini bildirib o‘tgan.

    “Energetika vazirligi esa 30 yildan beri sohaga investitsiya kiritilmaganligi haqida dardini doston qiladi. Unday bo‘lsa, 2020-yil 3-chorak yakuni bo‘yicha energetika sohasiga yo‘naltirilgan davlat tashqi qarzining 28 foizi yoki 5,1 milliard dollar mablag‘ qani? Ularni qanday sarflashmoqda? Misol uchun, umumiy qiymati 1,2 milliard AQSh dollar bo‘lgan Namangandagi To‘raqo‘rg‘on IES ishga tushirilsa, vodiyda elektr ta’minotida muammo qolmaydi, deb hammani ishontirishgandi. Lekin To‘raqo‘rg‘on IES o‘tgan yili ishga tushgan bo‘lsa-da, vodiyda elektr ta’minotida ijobiy o‘zgarish bo‘lmadi-ku?!

    To‘g‘ri, men bu sohaning mutaxassisi emasman, ehtimol, tushunmasman. Lekin nahot oxirgi 4 yil davomida sohada sezilarli ijobiy o‘zgarish qilib bo‘lmasa? Aholining talabi kundan kunga o‘sib bormoqda, nima uchun yil davomida shunga qarab harakat qilmaymiz? Elektron hukumat, onlayn xizmatlar, raqamli iqtisodiyot deymiz, lekin energiya bo‘lmasa bulardan nima naf? Qaysi islohot effekt beradi bu holatda? Bunday holat oldimizdagi saylov yilida ro‘y berishini qanday tushunish mumkin? Yoki bu davlat rahbarining olib borayotgan siyosatiga qarshi atay uyushtirilayotgan ‘sabotaj’mi?” — deydi deputat.

    Shuningdek, G‘aniyev savollar ko‘pligi, ularga javob bera olmayotgan rahbarlar esa doimgidek jimligini qayd etdi. U bu holatda Energetika vazirligi rahbariyatini tasdiqlab bergani uchun deputatlar ham qisman aybdorligini qo‘shimcha qildi.

    “Mamlakatdagi bu holatda energiya inqirozi yuz berishiga sabab bo‘lgan rahbarlar iste’fosi eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi. Lekin bunday qila olish uchun esa birinchi navbatda, rahbarda oriyat bo‘lishi kerak. Bizning energetika soha rahbarlarida esa energetika ta’minoti kabi oriyat hissi ham ‘inqirozda’”, — deya ta’kidlaydi Doniyor G‘aniyev.

    Avvalroq Jizzaxning Paxtakor tumanida gaz yo‘qligidan norozi ayollar katta yo‘lni to‘sgani hamda qiymati 30 mlrd so‘m bo‘lgan podstansiyaga ehtiyoj sababi ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • “Omon qolganimga shukr”. Namangandagi gaz-zapravkada Damas’i yonib ketgan fuqaro 4 soat navbatda turgan
    • “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” rahbari pora bilan qo‘lga olindi
    • Namangandagi gaz-zapravkada navbatda turgan haydovchilardan biri vafot etdi
    • Qashqadaryoda elektr uzilishlari sababli suv ta’minoti to‘xtadi

    12.01.2021, 06:12   Izoh (0)   74880
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

    11.01.2021, 23:59

    Asaka tumanida sodir bo‘lgan YTHda tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi vafot etdi

    11.01.2021, 23:44

    O‘zbekiston hududlari kesimida ichimlik suvi va oqova xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar e’lon qilindi

    11.01.2021, 22:43

    “Navoiycha tender-2”. Viloyatdagi ko‘plab qurilish ishlari amaldorlarga aloqador kompaniyalar tomonidan bajarilgani ma’lum bo‘ldi

    11.01.2021, 22:26

    Toshkent metropolitenining yangi bekatlari jihozlariga zarar yetkazish holatlari aniqlandi

    11.01.2021, 22:11

    Samarqandda aybini yashirish evaziga IIB xodimiga 100 dollar pora bergan fuqaro qo‘lga olindi

    11.01.2021, 21:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.