• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxorodagi cho‘lda ekologiya xodimlari o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan kaltaklandi. Xodimlardan birining ko‘zi jarohatlandi, avtomobiliga zarar yetkazildi

    Buxoroda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari o‘rtasidagi janjal kelib chiqdi. Bu haqda surishtiruv olib borgan “Daryo” muxbirining yozishicha, ikki boshqarma xodimlari o‘rtasidagi janjal Jondor tumanining Varaxsha cho‘l massividagi Laylaktepa hududida sodir bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning 28-yanvar kuni viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 7 nafar xodimi Jondor tumanining Varaxsha cho‘l massividagi Laylaktepa hududiga chiqib, saksovul o‘simligini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash bo‘yicha reyd o‘tkazgan. Tungi reydda Jondor tuman o‘rmon xo‘jaligiga tegishli 2 ta “Niva” hamda 1 ta “Jiguli” avtomashinalarda o‘rmon xo‘jaligining o‘nga yaqin xodimi kelib, ekologiya xodimlari bilan janjallashib, ularni kaltaklagan va mashinalarga moddiy zarar yetkazgan.

    “Daryo” muxbirining holatga oydinlik kiritishicha, o‘sha kuni soat 18:30 dan 19:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida ekologiya xodimlari tomonidan tashkil qilingan maxsus tadbirda o‘z shaxsiy avtomashinasida saksovul o‘simligini yashirin ravishda olib ketayotgan fuqaro qo‘lga olingan. Fuqarodan tushuntirish xatlari olinib, dalolatnoma tuzilgan va avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

    “Biz reydga ikkita avtomashinada chiqqanmiz, biri boshqarmaga tegishli “Niva” bo‘lib, ikkinchisi inspeksiya xodimi D.B. boshqaruvidagi Lacetti edi. Biz taxminan soat 20:00 da saksovulni talon-toroj qilgan fuqaroning qing‘ir ishi bilan bog‘liq holatni yakunlab, reydni yana davom ettirish maqsadida yana Varaxsha cho‘l massividagi Laylaktepa hududiga qaytdik. Bu paytgacha bizni Jondor tumani o‘rmon xo‘jaligi uchastka boshlig‘i N.H. bir necha marta kuzatib ketdi. Soat 22:00 da bizning kutuv obyektimizga kutilmaganda 2 ta “Niva” va 1 ta “Jiguli” kelib to‘xtadi. Undan tushgan 10 ga yaqin kishi o‘zlarini o‘rmon xo‘jaligi xodimlari deb tanishtirdi. Avvaliga boshqarmamizga tegishli “Niva” haydovchisiga musht ko‘tardi. Har birining qo‘lida maxsus yasalgan tayoqlar va temir anjomlar bor edi. Biz esa bunday paytda mashinadan tushish yoki tushmaslikni bilmadik. To‘g‘risi, o‘zimizning himoyamiz uchun mashinalar eshigini qulflab, oynalarini ko‘tardik. Biroq ular xuddi qutirgan kimsalardek, Lacetti’ning old oynasini chil-chil qilishdi. Qochishga majbur bo‘ldik. Ular 6 kishi edik, deyishyapti, aslida, ular 10 dan ortiq edi”, — deydi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jondor tuman o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining qaltis harakatlari oqibatida ko‘ngilsizlik yuzaga kelgan. Ekologiya inspektori D.B.ning ko‘z va ko‘z atrofi, yuz qismlariga avtomashinasi oynasining zarb bilan sinib sochilishi sababli shisha siniqlari kirgan va qattiq jarohatlangan.

    “Ko‘zlarimni ocholmayman, ko‘zlarim atrofidan qon oqyapti, og‘riq jonimdan o‘tayotganiga qaramay, shu jarohatlangan holda mashinani haydab qochib, jonimizni saqlab qolishga harakat qildik. Boshqarmamizga tegishli “Niva” boshqa tomonga, biz esa cho‘l ichiga qarab, mashinani ildamlatdik. 100—150 tezlikda haydayapman, bir tomondan qorong‘ulik, zim-ziyo, ikkinchi tomondan 3 ta mashina ikki tomondan qisib kelayapti. 60—65 kilometr masofagacha bizni ta’qib qilib kelishdi. Qo‘qqisdan mashinamiz cho‘l hududini kesib o‘tuvchi temiryo‘lga juda qattiq zarb bilan urildi. Shundan so‘ng bizni ta’qib qilib kelayotgan o‘rmon xo‘jaligi xodimlari ortga qaytib ketishdi va biz Jondor tuman IIBga bordik”, — deydi D.B.

    D.B.ga ko‘ra, u ikki kun davomida viloyat Ko‘z kasalliklari shifoxonasida davolangan. Ko‘zlaridan 6—7 dona shisha siniqlari chiqarib olingan. Ayni paytda ham u ko‘zlarining og‘ir jarohatlanganidan shikoyat qilmoqda. D.B.ning aytishicha, shifokor unga chap ko‘z gavharida shisha sinig‘i qolganini, uni olib tashlash ishlari poytaxtda yoki xorijda amalga oshirilishi mumkinligini bildirgan.

    “Bizni kaltaklashgan kuni inspektorlar deb o‘ylashib, qo‘y-qo‘zilaridan xabar olgani borgan cho‘ponlar-u, mahalliy aholini ham qattiq urishgan. To‘g‘risi, bunday holat birinchi marta sodir bo‘lmayapti. Mayli, mening ko‘zimga Alloh shifo yo‘llar, avtomashinam tuzatilar. Ammo masala bunda emas. O‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan shaxsiy manfaatdorlik uchun cho‘l saksovullari sotib yuborilmoqda. Korrupsion holatlar avj olgan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan bunday holatlar chuqur o‘rganilmas ekan, cho‘l hududidagi saksovul o‘simligi talon-toroj bo‘laveradi. Oqibat esa qum ko‘chishlar sodir bo‘lib, asta-sekin manzillar sho‘rxok tuproqlar ta’sirida qola boshlaydi”, — deydi D.B.

    D.B.ga ko‘ra, tergovga qadar surishtiruv davomida so‘roq qilinayotganlar orasida janjalda ishtirok etmaganlar va holat joyida bo‘lmaganlar ham bor. Negadir, ular janjal oqibatlarini o‘z bo‘yniga olmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Endigina faoliyatini boshlagan 21 yoshli Shamshod Safarov “Daryo” muxbiriga sohada shaxsiy manfaat maqsadida shafqatsizlikdan ham qaytmagan kimsalar kirdikorlari fosh etilmas ekan, ishga bo‘lgan qiziqishi so‘nishi mumkinligini bildirdi.

    “Jondor tuman O‘rmon xo‘jaligi o‘rmonchilari bilan avvaldan kelishmovchilik bo‘lgan. Buning ortida esa manfaatdorlik yotibdi. O‘rmonchilar bir-ikkita mashina qo‘yib, pulini olib, mashinani ‘sopravajdeniye’ qilib chiqarib yuborishadi. Biz esa reyd qilsak, ularning ishiga xalaqit beramiz, xolos”, — deydi Abror Hamidov.

    Viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam Razzoqovning “Daryo”ga bildirishicha, sodir etilgan holat yuzasidan o‘rmon xodimlari bilan uchrashib, aniqlik kiritish imkoni bo‘lmagan. Boisi ular ayni paytda tergovda, so‘roq qilinmoqda.

    “Hozirgi paytgacha biror marta bunday holat yuzaga kelmagan, ammo hammasini o‘rganib chiqaman”, — dedi u.

    Jondor tuman o‘rmon xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Jasur Xudoyqulov ham viloyat rahbaridan farqli o‘laroq, faoliyat davomida biror marta bunday kelishmovchilik sodir bo‘lmaganini, har ikki tomonda ham yoshlar borligi va o‘rtalarida biroz tortishuv chiqib qolib, oqibatda ko‘ngilsizlik yuzaga kelganini bildirdi.

    Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Jondor tuman IIB navbatchilik qismida tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlab yuborilgan.

    O‘rmon xo‘jaligi ishchilari viloyat Ekoinspeksiya xodimlari bilan janjallashgan. Janjal vaqtida bir-birlarini urib, har xil og‘irlik darajasidagi tan jarohatlari yetkazgan.

    “Janjal vaqtida fuqaro D.B.ning Lacetti avtomashinasi oynalari sindirilib, kuzoviga shikast yetkazilgan, moddiy zarar keltirilgan. Hozirgi kunda Jondor tuman IIB tomonidan tan jarohati olgan shaxslarning jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shuningdek, fuqaro D.B.ga tegishli bo‘lgan Lacetti’ga yetkazilgan moddiy zararni aniqlash maqsadida baholash ekspertizasi tayinlangan”, — dedi Shuhrat Jalolov.

    Holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilib, fotosuratlarga olingan, janjal ishtirokchilari va guvohlar bilan tegishli tartibda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    03.02.2021, 10:47   Izoh (0)   41888
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz”: “Doyaxotin” konida kunlik 100 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq o‘zlashtirildi

    03.02.2021, 10:30

    Toshkentda noqonuniy bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uy qurilishi to‘xtatildi

    03.02.2021, 09:51

    Namanganda 4 balli zilzila qayd etildi

    03.02.2021, 09:39

    Buxoroda notanish ayolning 5 mln so‘mlik tilla uzuklarini o‘g‘irlagan fuqaro qo‘lga olindi

    03.02.2021, 08:40

    Jizzaxda magistral yo‘l bo‘yida COVID-19 virusini aniqlovchi test va boshqa tibbiy buyumlarni noqonuniy sotayotgan shaxs ushlandi

    03.02.2021, 08:24

    Aliment to‘lamagan samarqandlik ota 15 sutkaga qamaldi

    03.02.2021, 08:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.