• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chiroqchida sud qarori ijro etilmayapti. Ishni atay ortga surayotgan kim: tuman MIBmi yoki IIB?

    “Daryo”ga Samarqand shahar “Ali Qushchi” mahallasida yashovchi fuqaro Zuhra Qiyomova murojaat qilib, sud qaroriga asosan farzandini turmush o‘rtog‘idan olish bo‘yicha qaror chiqarilgan bo‘lsa-da, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi va Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi o‘z vazifasiga sovuqqonlik qilayotganini bayon qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Toki sud qarori ijrosi bo‘yicha MIBga ishim tushmaguniga qadar, bu tashkilot, xususan, Chiroqchi tumani xodimlarining bu qadar mas’uliyatsiz, fuqarolarni istagancha aldashi mumkinligini tasavvur ham qilmagandim. Chiroqchi tuman MIBning sud qarorini ijro etmayotgani yuzasidan kelgan murojaat bilan tanishsangiz, barchasiga amin bo‘lasiz. Agar MIB xohlamasa, har qanday sud qarorini istagan vaqtgacha ijro etmay yuraverar ekan”, — deydi Zuhra Qiyomova.

    Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida yashovchi Zuhra Qiyomova fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi qarori ijrosini ta’minlashni so‘rab, bir yildan beri MIB, prokuratura, ichki ishlar organlarining tumandan tortib, respublika idoralarigacha murojaat qilgan. Ammo tuman MIB baribir sud qarorini ijro etmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bir yildan ortiq vaqt davomida o‘z o‘g‘limni qaytarib ololmay, sarsonman. Sud 2020-yilning 6-yanvar kuni Chiroqchi tumanida yashovchi fuqarolar (sobiq turmush o‘rtog‘i, qaynona va qaynotasi) qaramog‘idan farzandimni olib berish to‘g‘risida qaror chiqargandi. Mana, oradan bir yil o‘tdi hamki tuman MIB sud qarorini ijro etmayapti. Butun mamlakatdagi biror-bir tashkilot ana shu sud qarori ijrosini ta’minlashda menga yordam ko‘rsata olmayapti. 2020-yil 3-iyul kuni ish sudda qaytadan kassatsiya tartibida ko‘rilib, bolani menga olib berish to‘g‘risidagi oldingi sud qarorini o‘z kuchida qoldirilgan. Ammo undan keyin ham baribir sud hujjati ijro etilmasdan qolmoqda”, — deydi Zuhra Qiyomova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Zuhra Qiyomovaning ta’kidlashicha, u o‘tgan vaqt davomida bir necha marotaba Bosh prokuraturaga (1007), Respublika majburiy ijro byurosiga (1107) telefon orali murojaat qilgan. Uning murojaati yozib olinib, savollar berilgan. Ammo bu yozishmalar tuman MIBga ta’sir etmagan.

    “Tuman MIBga murojaat qilsam ‘delo Chiroqchi tuman IIBda, ular qidiruvga bergan’, deb aytishdi. Tuman IIBdagilar esa ‘ish tuman MIBda ular ijro qilishi kerak’ deb javob berishadi. Aynan Chiroqchi tuman idoralari ustidan Ichki ishlar vazirligiga qilgan murojaatim esa shunchaki manzilimga qarab, Samarqand viloyat IIBga yuborilgani hammasidan oshib tushdi. Nihoyat huquq-tartibot idoralari hech qachon qonun ustuvorligini ta’minlab bermasligiga ko‘zim yetgach, Oliy Majlis Senatiga murojaat qildim. Yaqinda natijasini so‘rab qo‘ng‘iroq qilsam, murojaatim Senatdan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga yuborilganini aytishdi. Holbuki, men ungacha bu vazirlikka allaqachon murojaat qilganman va vazirlik vakillari o‘z vazifasini tushuntirib, ular sud qarori ijrosi bilan shug‘ullanmasligini ma’lum qilib bo‘lishgandi. Endi men kimga murojaat qilishim kerak?”, — deydi Zuhra Qiyomova.

    Mazkur holat yuzasidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vakili bilan bog‘langanimizda haqiqatan ham Zuhra Qiyomovaning Chiroqchi tuman MIB tomonidan sud qarori ijro etilmayotgani yuzasidan murojaati Oliy Majlis Senatidan vazirlikka 2021-yilning 4-yanvar kuni kelib tushgani va o‘rganilayotgani ma’lum qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    MIB Chiroqchi tuman bo‘limi boshlig‘idan holatga izoh so‘raganimizda Zuhra Qiyomovaning farzandi Chiroqchida ko‘rsatilgan manzildan topilmagani sababli xat bilan Chiroqchi tuman IIO FMBga qidiruv uchun berilgani, ish bu tashkilotga o‘tgani bois ham ijro harakatlari to‘xtatilgani ma’lum qildi. Ammo Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati bu ma’lumotni rad etib, mazkur ish bilan Chiroqchi tuman MIBning o‘zi shug‘ullanayotganini, bu tashkilotga tuman IIO FMB tomonidan javob xati yuborilganini ma’lum qildi.

    Qashqadaryo viloyat MIB va IIB axborot xizmatlarining holatga bergan izohi bir-biriga zid bo‘lib qolmoqda.

    Zuhra Qiyomovaning ta’kidlashicha, sudda javobgarlar, ya’ni bola kimlarda ekani aniq aytilgan, ularning manzili ham aniq, qanday qilib shuncha oy davomida “izquvarlar” bolaning qayerda ekanini bilolmasligi mumkin? Ikkinchi tomondan esa IIB axborot xizmati ish allaqachon tuman MIBga o‘tgani va ular bolani olib berishi lozimligini aytib kelmoqda. Darhaqiqat, sansalorlik bu tarzda davom etadigan bo‘lsa, sud qarori qachondir ijro etilishi ham gumon.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Muammodan ko‘rinadiki, tizimda bu kabi yechimini kutayotgan holatlar yana uchrashi (balki ko‘plab uchrayotgandir) tabiiy. Shu sababdan holatga izoh so‘rash bilan birga respublika Majburiy ijro byurosiga bir qator ochiq savollar bilan murojaat qilmoqchimiz.

    Bugungi kunda bolani majburiy olib berish to‘g‘risida fuqarolik sud hujjatlarining ijrosini ta’minlash jarayonida bolani qidirish ishlari qaysi tashkilot tomonidan olib borilmoqda? Bolani majburiy tartibda olib berishga oid fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hujjatining ijrosini ta’minlash borasida bola belgilangan manzilda topilmasa, uni qaysi davlat organi qidirishi kerak? Agar javobgarlar bolani berishdan bosh tortib, noma’lum manzilga yashirgan taqdirda MIB organlari qanday qonuniy harakat qilishlari lozim?

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    24.01.2021, 10:30   Izoh (0)   28470
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kattaqo‘rg‘onda molxonasi yonib ketgan ayol bu ishda kuyovining qo‘li borligini aytmoqda

    24.01.2021, 10:09

    Buxoroda qabristonni obodonlashtirishga sarflanishi lozim bo‘lgan pullar talon-toroj qilingani aytildi. Prokuratura holatni o‘rganishni boshladi

    24.01.2021, 09:08

    Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlari yashil, sariq va qizil toifaga ajratilgani ma’lum qilindi

    24.01.2021, 08:26

    Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1,8 milliard so‘mlik imtiyozlarni noqonuniy qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

    24.01.2021, 07:45

    2020-yilda Prezident qabulxonalariga 1 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan

    24.01.2021, 07:20

    Yangi Angren IESdagi portlashga qozon tozalovchilarning texnika xavfsizligiga rioya etmaganligi sabab bo‘lgani aytilmoqda

    23.01.2021, 23:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.