• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kattaqo‘rg‘onda molxonasi yonib ketgan ayol bu ishda kuyovining qo‘li borligini aytmoqda

    “Daryo”ga Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani Valijon qishlog‘ida yashovchi Olimjon G‘aniyev va uning turmush o‘rtog‘i Komila G‘aniyeva murojaat qilib, 2020-yilning 30-noyabridan 1-dekabriga o‘tar kechasi kuyovi molxonasiga o‘t qo‘yib yuborganini, oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hech qanday qonuniy chora ko‘rilmayotganini bildirdi.

    “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev murojaatni o‘rgandi.

    “2020-yilning 29-noyabr kuni qizimning uyida mojaro bo‘lgan. Kuyovim qizimni urgan, uyidagi tikuv mashinalarini sindirib tashlagan. Zo‘rlab, ikkita qizi bilan yengil kiyimda ko‘chaga chiqarib yuborgan. Keyin qaynonasi qizimni ko‘rib, boshqa uyga olib kirgan. Ammo kuyovim tong otayotganda u yerdan ham chiqarib yuborgan, — deydi Komila G‘aniyeva. — O‘zim maktabda farrosh bo‘lib ishlayman. Maktabdagi hamkasblarim qizim va ikkita nevaram yengil kiyimda ko‘chada yig‘lab yurganini aytishdi. Borib ko‘rsam, haqiqatda qizim ko‘chada yig‘lab yurgan ekan. Meni ko‘rgan qizim gapirolmay yig‘ladi. Keyin bilsam, kuyovim  ‘Uyingga borsang uyingni yoqaman, ota-onangni o‘ldiraman’ deb qo‘rqitib, majburan yashatar ekan”.

    Komila G‘aniyevaning ta’kidlashicha, u 30-noyabr kuni qizi va nevaralarini uyga olib kelgan. Keyin kuyovi uyga kelib, do‘q-po‘pisa qilib, uyini yoqib ketish bilan tahdid qilgan. Shunda ham qizining uyiga qaytishiga yo‘l qo‘ymagan.

    “2020-yilning 30-noyabr kuni bir necha bor uchastka nozirini chaqirdik. Kuyovimni qanday xarakterda ekanligi, unga bir chora ko‘rishini, uning do‘q-po‘pisalaridan qo‘rqayotganligimizni bildirdik. Ammo uchastka noziri o‘n minutda boraman, yarim soatda boraman, deb kelmadi. Keyin tuman Ichki ishlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, uchastka noziri kelmayotganligi, boshqa biror odam yuborishini so‘radik. Ammo tuman IIBdan ham biror odam kelmadi. Qizim azob chekkani uchun shu kecha uyimizda qolishini aytdik, — deydi Komila G‘aniyeva. — Ammo o‘sha kuni, ya’ni 30-noyabrdan 1-dekabrga o‘tar kechasi soat 23:30 da kuyovim molxonamizga o‘t yoqib yuborgan. To‘g‘ri, aynan kuyovim yoqib yuborganini ko‘rmadik. Ammo u ochiqchasiga bizga uyimizga o‘t qo‘yib yuborish bilan tahdid qilgandi. Qolaversa, bizga shu vaqtgacha hech kim ziyon yetkazmagan edi”.

    Komila G‘aniyevaning ma’lum qilishicha, kuyovi besh yil mobaynida ularni va qizini urib, uyidagi idishlarini sindirib, haqoratlab kelgan. Ayrim hollarda profilaktika inspektori kelib, kuyovini olib ketgan. Bunday holat 5 yil davomida shu tarzda davom etgan.

    “Bizlar IIBga ham prokuraturaga ham aytdik. Samarqand viloyatining prokurorlari ham biladi buni. Hatto portalga ham chiqdik. Ammo hech qanday natija bo‘lmayapti. Tuman prokurori kelib, quruvchilar ish boshlashini aytdi. Ammo keyinchalik yong‘in sodir bo‘lgan joyning tuprog‘ini o‘zimiz chiqarishimizni, shundan so‘ng quruvchilar ish boshlashini turmush o‘rtog‘imga aytib ketgan, — deydi Komila G‘aniyeva. — Men buni chiqara olmasam, kimga chiqartiraman. Bu yerda ozmuncha narsa bormi? O‘zim 27 yildan buyon maktabda farrosh bo‘lib ishlayman. 600 ming oylik olaman. Bu yerda bizlar har yili 130 kilogrammgacha pilla yetishtirardik. Mahalla raisiga ham aytdim. Mahalla ham kimni olib borsam ekan, bilmasam deydi. Mahalla raisini chaqirsam, majlisim bor deb aytadi. Murojaat qiladigan odamim qolmadi, to‘g‘risi. Xo‘jayinimning qo‘llarini stanok olib ketgan — nogironligi bor. Kuyovimga nisbatan hech qanday chora ko‘rilgani yo‘q”.

    Ma’lum bo‘lishicha, Komila G‘aniyeva va uning qiziga Kattaqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limida ishlovchi Dilnoza Beknazarova yordam bergan. U kishi nabirasini bog‘chaga joylab, qiziga ish topib berishini aytgan. Shuningdek, “bola puli” chiqarib berishda ham ko‘maklashishini bildirgan. Faqat Dilnoza Beknazarova ayol va uning qiziga jon kuydirgan.

    “Kuyovim har kuni ichadi, ichmagan kuni yo‘q. O‘tinim ham yonib ketdi. Yig‘lay-yig‘lay mana shu o‘tinni olib kelib berdi. Voqea bo‘lganiga ancha bo‘ldi. Molim qo‘shnimiznikida turibdi. Ertaga olib chiq, desa qayerga qo‘yaman. Qiynalib ketdim. Murojaat qilmagan odamim qolmadi, to‘g‘risi. Bizlarni yo kambag‘al deydimi? To‘g‘ri, ular puldor odamlar edi. Balki, pul o‘ynayotgandir. Mening beradigan pulim yo‘q, to‘g‘risi, — deydi Komila G‘aniyeva. — Sizlarga murojaat qilishimdan maqsad molxonamni tikka qilib, kuyovimga qonuniy chora ko‘rishsa deyapman. Besh yildan buyon qizimga azob berib kelgan kuyovimning 3 gektar yeri bor. Kunlar isigandan qizim o‘sha yerga ketadi bolasi bilan. Kuyovim ichkilikka ruju qo‘ygan. Ichib kelarkan-da, sen ham ichasan, deb qizimni majburlar ekan. Ichmasa, boshidan quyarkan, urarkan. Bizlar oylab ko‘rmaymiz qizimizni. Bundan ikki yil avval uch oylik bolasi qornida payti majburlab ‘uksus’ ichirgan: bolasi tushib qolgan. Urarkan, hushidan ketib qolarkan, o‘zlari tez yordam chaqirib o‘ziga keltirib olarkan. Bizlarga bu narsalarni bildirmaydi ham. Ana shunday azoblar berib kelgan ekan qizimga. Qizimni ikki nafar qizchasi bor. Ikkinchi qizi tug‘ilganda ham tug‘riqxonadan kelganda kechqurun sen yana qiz olib kelding,deb urib-urib ko‘chaga chiqarib yuboribdi. Yig‘lab qishlog‘imiz qabristoni oldiga kelganda sochidan burab, yana uyiga qaytarib olib ketibdi”.

    Samarqand viloyat IIB axborot xizmati Komila G‘aniyevaning murojaati bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.

    “Kattaqo‘rg‘on tuman Valijon qishlog‘ida yashovchi fuqaro 1970-yilda tug‘ilgan Komila G‘aniyeva o‘z murojaatida 1991-yilda tug‘ilgan qizi Iroda Abdurasulova hamda kuyovi 1993-yilda tug‘ilgan Ma’ruf Nurmamatovning o‘rtalarida yillar davomida o‘zaro kelishmovchilik bo‘lib kelganligi oqibatida M.Nurmamatov turmush o‘rtog‘i I.Abdurasulovaga ham jismonan ham ruhan tazyiq o‘tkazganini ma’lum qilgan. 2020-yilning 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan janjaldan keyin I.Abdurasulova ota-onasining uyiga ketgan va shundan keyin 1-dekabr kuni yashash uyini molxonasini yoqib yuborgani ma’lum qilgan”.

    Kattaqo‘rg‘on tuman IIB 13-son IIB xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilib, holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Fuqaro Ma’ruf Nurmamatov va Iroda Abdurasulovaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) va 52-moddasi 2-qismi (yengil tan jarohati yetkazish)ga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun to‘plangan hujjatlar Kattaqo‘rg‘on tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

    Bundan tashqari, ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazganligi yuzasidan tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari L.Ubaydullayeva, tuman IIB HPB XKMB katta inspektori, katta leytenant D.Beknazarova tomonidan har ikkala tomon bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, I.Abdurasulovaga himoya orderi berilgan.

    Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Komila G‘aniyevaning murojaati Kattaqo‘rg‘on tuman IIB 13-son IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    24.01.2021, 10:09   Izoh (0)   25303
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda qabristonni obodonlashtirishga sarflanishi lozim bo‘lgan pullar talon-toroj qilingani aytildi. Prokuratura holatni o‘rganishni boshladi

    24.01.2021, 09:08

    Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlari yashil, sariq va qizil toifaga ajratilgani ma’lum qilindi

    24.01.2021, 08:26

    Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1,8 milliard so‘mlik imtiyozlarni noqonuniy qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

    24.01.2021, 07:45

    2020-yilda Prezident qabulxonalariga 1 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan

    24.01.2021, 07:20

    Yangi Angren IESdagi portlashga qozon tozalovchilarning texnika xavfsizligiga rioya etmaganligi sabab bo‘lgani aytilmoqda

    23.01.2021, 23:52

    Shayxontohurdagi masjidga kelgan fuqaroning 5 400 dollarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

    23.01.2021, 23:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.