• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangi Angren IESdagi portlashga qozon tozalovchilarning texnika xavfsizligiga rioya etmaganligi sabab bo‘lgani aytilmoqda

    Yangi Angren IESdagi portlash yuzasidan stansiya boshqaruv kompaniyasi qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

    Ma’lumotnomada keltirilishicha, 2021-yil 20-yanvar kuni soat 11:30 da “Energoqozontozalash” mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlari tomonidan Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi 5-qozon agregatining 12,0 metrlik belgisida kulni kimyoviy tozalash paytida, ko‘mir-kukun aralashmasining chaqnashi yuzaga keldi, natijada uch kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi turli darajada kuyish jarohati olgan.

    Ushbu 5-qozon agregati vaqtincha to‘xtatilgan va u kimyoviy tozalanayotgan paytda qozon tozalovchilarning texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etmaganligi ana shunday ayanchli oqibatlarga olib keldi.

    Ushbu turdagi profilaktika ishlari ko‘mir yoqiladigan barcha elektr stansiyalari va qattiq yoqilg‘i pechlari o‘rnatilgan og‘ir sanoat korxonalarining to‘xtatilgan uskunalarida yong‘inlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi va bu vazifani korxonaning o‘zi yoki shartnoma asosida ixtisoslashgan pudrat tashkilotlari bajaradi.

    Chaqnash oqibatida vafot etganlar “Vostokenergoteploizolyatsiya” MChJning ishchilari bo‘lib, ushbu korxona issiqlik izolyatsiyasi va astar ishlarini bajarish bo‘yicha pudratchi ixtisoslashgan kompaniya, xodimlari qozon qoplamasidagi nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislar hisoblanadi. Kuyish jarohati olganlar “Energoqozontozalash” MChJ qozon tozalovchilaridir.

    “20-yanvar kuni ikki tomonlama shartnoma asosida ishlayotgan qozon tozalovchilarga qozon-turbina sexining 30-sonli farmoyishi bilan xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda soat 9:30 da to‘xtatilgan qozon agregatining 12,0 metrlik belgisida profilaktika ishlari olib borishga ruxsat berilgan.

    “Vostokenergoteploizolyatsiya” MChJ ishchilari ham qozon-turbina sexining 31-sonli farmoyishi bilan soat 10:30 da qozon agregatining 48,0 metrlik belgisida profilaktika ishlari olib borishga kirishgan. Texnika xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida “Vostokenergoteploizolyatsiya” MChJning uch xodimi halok bo‘ldi, “Energoqozontozalash” MChJning turli darajada kuyish jarohati olgan uch nafar xodimiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ular eng yaqin bo‘lgan shahar markaziy kasalxonasiga yetkazildi.

    Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishi va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Uning natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi. Shu munosabat bilan fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumotlar tarqatmasliklari so‘raladi.

    “Yangi Angren IES” aksiyadorlik jamiyati tomonidan vafot etganlarning oila a’zolariga qo‘shimcha ravishda 105 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi. Tashkilotning tegishli normativ-huquqiy hujjatlariga asosan, bunday moddiy yordam yana qo‘shimcha (to‘liq) ravishda amalga oshiriladi. Hozirda ularning oila a’zolari holidan xabar olib turilibdi. Tashkilot tomonidan moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, boquvchisiz qolgan oilalarning ishga yaroqli va ishsiz a’zolari ish bilan ta’minlanadi.

    “Yangi Angren IES” aksiyadorlik jamiyati fidoyi energetiklarning vafoti munosabati bilan marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. Vafot etgan xodimlarning yorqin xotirasi energetiklar qalbida doimiy saqlanib qoladi” – deyiladi taqdim qilingan ma’lumotnomada.

    Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining portlashi sodir bo‘lgan, portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohat olgandi. Energetika vazirligi ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qilgandi.

    Portlash oqibatida uch kishi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati hozirda mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.

    Tergovga chaqirilgani aytilayotgan, IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli S.Sh. 23-yanvar kuni uyida o‘zini osib qo‘ydi.

    23.01.2021, 23:52   Izoh (0)   24365
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shayxontohurdagi masjidga kelgan fuqaroning 5 400 dollarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

    23.01.2021, 23:15

    Eronning Zagros Airlines aviakompaniyasi Samarqand va Buxoroga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

    23.01.2021, 21:35

    “Talafot yetgan barcha hududlarda elektr ta’minoti qayta tiklandi” – Hududiy elektr tarmoqlari

    23.01.2021, 20:36

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi. U o‘qiydigan fakultet talabalari onlayn rejimga o‘tkazildi

    23.01.2021, 19:35

    Oloy bozoridagi do‘kondan 50 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan yigitlar Denovda ushlandi

    23.01.2021, 19:17

    Ispaniya qiroli pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yumshagandan so‘ng O‘zbekistonga kelishi mumkin

    23.01.2021, 18:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.