• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Prezident damda, dron ovga chiqdi, qahraton qishning qiliqlari, “Yil odami” kim?

    Yilning birinchi dayjestini tuzarkanmiz, xayoldan o‘tdi. Havoning sovushi sovuq xabarlar ko‘payishiga to‘g‘ri proporsional bo‘lar ekan. Aks holda “ob-havo sharoitining noqulay kelganligi sababli...” deb izohlanuvchi xabarlar qayoqda edi?

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-yanvardan qisqa mehnat ta’tiliga chiqdi. U ta’tilni O‘zbekistonda o‘tkazadi. Bu Shavkat Mirziyoyevning Prezident lavozimiga kirishganidan beri (salkam besh yilda) ikkinchi marta mehnat ta’tiliga chiqishidir. Bundan avval Prezident 2019-yil avgustida qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan edi. O‘shanda bu uning so‘nggi 17 yillik faoliyatidagi birinchi mehnat ta’tili ekani aytilgandi.

    Aytish lozimki, mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti davrida davlat rahbari mehnat ta’tiliga chiqqani jamoatchilikka e’lon qilinmagan. Islom Karimov yilda ikki marta – yozda 15 kun va qishda yetti kun muntazam mehnat ta’tili olgan. Buni faqat Prezident devonidagilar bilishardi.

    Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

    Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

     

    Darvoqe, prezident boshqaruviga oid yana bir yangilik. 1-yanvardan O‘zbekiston Prezidentining rasmiy sayti yangilandi. Sayt dizayni butunlay o‘zgardi va Prezident administratsiyasining Ijro etuvchi apparati rahbarlari, maslahatchilar, departament rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumot bilan to‘ldirildi. Ilgari bu ma’lumot ochiq manbada bo‘lmagan.

    * * *

    “Tanishbilishqurilish” MChJlar haqidagi yangiliklarimizni davom ettiramiz. Nishonda Navoiy viloyati.

    2019-yilning 19-martidan Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga, ya’ni viloyatdagi qurilishlar bo‘yicha asosiy davlat buyurtmachisiga Mansurov Bahodir Pulatovich rahbar etib tayinlandi. Ochiq ma’lumot asosida o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, Bahodir Mansurov oilasiga tegishli bo‘lgan “Mexrangez B-2002” MChJ bir necha milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan. Bular ichida maktabni rekonstruksiyalash va bog‘chani mukammal ta’mirlash kabi yirik ishlar bor.

    Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Bahodir Mansurov rahbarlik qilgan davrda bosh muhandis bo‘lib ishlagan, 2020-yilning iyulidan kompaniya direktori vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Turdiyev Alisher Bahromovich oilasiga taalluqli kompaniya — “Bahrombek kelajagi” MChJ ham bir necha milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritib kelgan. Kompaniya ulushi to‘lig‘icha Mavlonov Javlonbek Abduhamidovichga tegishli. “Davletovuz”ning ma’lum qilishicha, u Alisher Turdiyevning kuyovi — singlisining turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.

    “Bahrombek kelajagi” MChJ Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan moliyalashtirilgan Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 24-maktabni rekonstruksiya qilish (160 o‘rinli o‘quv bloki qurish) obyekti bo‘yicha tenderda (2 milliard so‘mdan ortiq), Karmana tumani 20-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish (180 o‘rinli o‘quv bloki qurilishi) bo‘yicha tanlovda (1,8 milliard so‘mga yaqin), Zarafshon shahridagi “Kichik sanoat zonasi” hududida suv va kanalizatsiya ta’minoti uchun tashqi muhandislik tarmoqlarini qurish bo‘yicha tanlovda (108 million so‘m) g‘olib bo‘lgan. Bu kuyovni navoiychasiga siylash bo‘lsa ajab emas.

    * * *

    Yaqingacha uchirish taqiqlangan dronlar endi davlat xizmatida. 1-yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l harakati qoidalariga va jamoat joylarida tibbiy niqob rejimiga rioya etilishi ustidan dronlar yordamida nazorat o‘rnatildi. Uchar apparatlar yo‘l chiziqlari va svetoforga rioya qilmagan, me’yoridan tez yurgan va piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni hamda niqob taqmagan va jamoat tartibini buzgan fuqarolarni qayd qiladi.

    Ammo kuzatuv kamerasi, fotoradar, dron kabi nazorat uskunalari ko‘paygani va takomillashgani sari huquqbuzarlar ham ustamon bo‘lib ketyapti. 7-yanvar kuni Jizzaxda davlat raqamiga “Gruz-200” deb yozib olgan Cobalt to‘xtatildi. Haydovchi posbonlarga inson jasadini olib ketayotganini tushuntirdi, biroq tekshirilganida salonda jasad yo‘qligi, haydovchi raqamini yashirish uchun qog‘oz yopishtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Boshqa bir Epica esa davlat raqamiga loy chaplab, fotoradarga ko‘rinmaslikka uringan. Har ikkala haydovchi javobgarlikka tortildi.

    * * *

    Bulduruq nomli tabiat hodisasi nam havo tarkibidagi suv kristallashganda sodir bo‘ladi. Avval ham O‘zbekistonda bulduruq tushgan holatlar bo‘lgan, ammo oxirgi haftada mamlakatimiz batamom bulduruqqa burkandi.

    Mavzuga doir:

    • Foto: Buldurug‘istonga aylangan O‘zbekiston
    So‘nggi kunlarda havo shunchalik sovudiki, o‘tgan yili yoqqan qor erimasdan qolganini ko‘plab viloyatlar aholisi kuzatdi. Toshkent viloyatidagi “Tuyabo‘g‘iz” suvomborining yuzasi muzlab qoldi. Havo harorati tushib ketishi munosabati bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga 4-yanvardan boshlab kunduzgi soat 15:00 dan ertalab 5:00 gacha gaz yetkazib berish to‘xtatildi. “Tollimarjon” IESda 8-yanvar kuni yuz bergan avariya oqibatida Qashqadaryo viloyatining yetti tumani va bir shahri elektr ta’minotidan to‘liq uzilib qoldi.

    Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

    Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

    Qahraton sovuq isinish bilan bog‘liq fojialarni o‘zi bilan olib yuradi. 6-yanvar kuni Qarshida gaz portlashidan ikki nafar bola halok bo‘ldi. 8-yanvarda Xivadagi xonadonlardan birida gaz portlab, 15 yashar qizning umriga zomin bo‘ldi. Kecha Sirdaryo viloyatida is gazidan zaharlanish oqibatida 33 yoshli erkak va uning 26 yoshli turmush o‘rtog‘i vafot etdi.

    “O‘zgidromet” mutaxassislarining aytishicha, bunday davomli qahraton oxirgi 10 yilda kuzatilmagan. Ammo ob-havoni monitoring qiluvchilar dam olish kunidan boshlab havolar asta-sekin ilishini bashorat qildi.

    * * *

    Yoshlar ishlari agentligi 2020-yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari va faollarni aniqlab, taqdirlash marosimi o‘tkazdi. Nomzodlarni saralash qariyb ikki oy davom etib, so‘rovnoma ishtirokchilaridan “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng ko‘p o‘zgarish qilgan tashkilot”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” singari o‘nlab nomlarni aniqlashda ovoz berish ham so‘ralgan. Aytishlaricha, onlayn so‘rovnomani 2 millionga yaqin ishtirokchi kuzatgan. Eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar keyingi bosqichda 50 nafardan ziyod jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asosan aniqlangan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shunday qilib, “2020-yilning eng namunali tuman va shahri” Farg‘ona, “2020-yilning eng namunali vazirligi” Adliya, “2020-yilning eng namunali hududi” Samarqand viloyati, “2020-yilning eng namunali davlat tashkiloti” Davlat xizmatlari agentligi, “Yilning eng faol matbuot kotibi” SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev, “2020-yilning eng faol jamoat tashkiloti” O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, “2020-yilning eng  yetakchi partiyasi” O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, “2020-yilning eng ijtimoiy faol fuqarosi” Aqida Abidovna Maxirova (bloger Aqidaxonim), “Neft va gaz sohasida eng ilg‘or korxona” Eriell Group kompaniyasi, “2020-yilda xalq ishonchini qozongan bank tizimi” “O‘zsanoatqurilishbank”, “Yil qahramoni” Pandemiya davrida halok bo‘lgan shifokorlar, “Yil odami — 2020” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev deb e’tirof etildi.

    “Daryo”ni kuzatib boring. Bizning “Daryo” qahraton sovuqda ham muzlamasdan sizga qaynoq xabarlarni taqdim qilishda davom etadi.

    10.01.2021, 23:20   Izoh (0)   164550
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ayrim maktab o‘quvchilariga o‘qishni onlayn davom ettirishga ruxsat berildi

    10.01.2021, 22:49

    Toshkentdagi 8-sonli avtobus yo‘nalishini yopmaslikka, 131-sonli avtobus yo‘nalishini esa o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi

    10.01.2021, 22:23

    Video: Jizzaxda qurilayotgan ko‘p qavatli uyning qulash jarayoni

    10.01.2021, 20:20

    Andijon shahri ichimlik suvisiz qoldi. Viloyat hokimligi aholidan suv g’amlashni so‘radi

    10.01.2021, 19:35

    Namangandagi gaz-zapravkada navbatda turgan haydovchilardan biri vafot etdi

    10.01.2021, 19:25

    Jizzaxda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushdi

    10.01.2021, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.