Qashqadaryo viloyatida joylashgan Hisor qo‘riqxonasidagi Suvtushar sharsharasi sovuq harorat sabab muzlab qoldi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Shu kunlarda havoning sovishi oqibatida O‘zbekiston janubidagi viloyatlarning tog‘li hududlarida o‘ta qalin tuman tushishi va sovuq harorat kuzatilmoqda. Buning natijasida aholi bulduruq hodisasiga guvoh bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistondagi qattiq sovuqdan Hisor qo‘riqxonasida joylashgan Suvtushar sharsharasi muzlab qolgan.Suvtushar sharsharasi respublikaning janubida joylashgan bo‘lib, balandligi 84 metrni tashkil etadi. Qattiq sovuq tufayli sharshara muzga aylangan.
Qo‘riqxona ilmiy xodimining ma’lum qilishicha, sharsharaning muzlashi har yil yanvar oyida kuzatiladi. Havo harorati 18-20 darajaga sovishi natijasida bunday hodisa sodir bo‘ladi.
“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, O‘zbekistonda 8-yanvardan boshlab uzoq vaqt saqlanib turgan qatlamli bulutlar zichligi buzilishi boshlandi. Kunduz kuni harorat ko‘tarilib, dam olish kunlari havo iliqlashadi.
Izoh (0)