“Manchester Yunayted” qishki transfer oynasida pul sarflashga tayyor, deya xabar qilmoqda The Independent.
Rahbariyat jamoaning Premyer Ligadagi natijalaridan qoniqmoqda va musobaqa jadvalidagi yuqori o‘rinni hisobga olgan holda transferlarga katta mablag‘ ajratishga tayyor. Avvalroq bu klub rejasida yo‘q edi.
“Manchester Yunayted” short listidan “Bavariya” himoyachisi David Alaba va Ekvador terma jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Moyzes Kaysedo kabi futbolchilar o‘rin olgan. Bundan tashqari jamoa “Atalanta” yarim himoyachisi Amad Diallo xizmatlariga ham qiziqish bildirmoqda.
“Manchester Yunayted” 17-turdan keyin peshqadam “Liverpul” bilan bir xil ochko (33) to‘plagan va bitta zaxira o‘yiniga ega.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)