Isroilda koronavirusga qarshi million kishi emlandi, bu mamlakat aholisining 10 foizini tashkil etadi, deb xabar beradi Times of Israel.
Ma’lum qilinishicha, 1-yanvar kuni mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Umm-al-Fahm shahridagi vaksinatsiya punktiga tashrif buyurgan va Isroilning bir millioninchi fuqarosini emlash jarayonida ishtirok etgan.
Isroil dori vositasining birinchi dozasi emlash bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, mamlakat aholisining 20 foizini tashkil etadigan arablar orasida vaksinatsiya u qadar ko‘p amalga oshirilmayapti.
Avvalroq Isroil hukumati koronavirusning yangi shtammi tufayli xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlagani, mamlakatda 27-dekabr soat 17:00 dan yangi — pandemiya boshidan buyon uchinchi karantin boshlangani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 20-dekabr kuni mamlakatda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlangan edi.
Izoh (0)