Daryo

Isroilda Pfizer vaksinasi bilan emlangan erkak yurak xurujidan vafot etdi

Erkakning yoshi 75 da bo‘lgan va u ilgari yurak va saraton kasalligiga chalingan

1 daqiqa o‘qish40 372 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Isroilda Pfizer vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlangan fuqaro yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar qildi.

Foto: EPA

Mamlakat shimolidan yurak va saraton kasalligiga chalingan, ilgari bir necha marta yurak xurujiga uchragan 75 yoshli erkak bugun ertalab koronavirusga qarshi emlangan va emlashdan ko‘p o‘tmay uyda vafot etgan.

Baxtsiz hodisani tekshirish bo‘yicha maxsus komissiyani Sog‘liqni saqlash vazirligi xavfsizlik va sifat boshqarmasi boshlig‘i boshqargan.

“Dastlabki tekshiruvda baxtsiz hodisa va emlash o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanmadi, emlash kampaniyasi davom etmoqda”, – deyiladi Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Ma’lum qilinishicha, Isroilda kuniga 150 ming kishi koronavirusga qarshi emlanadi. Sog‘liqni saqlash vazirining ta’kidlashicha, mamlakat 24 soat davomida aholini doimiy ravishda emlash jarayonidan manfaatdor.

Avvalroq AQShda Pfizer vaksinasi bilan emlangan ikki tibbiyot xodimining ahvoli yomonlashgani, sinovlardagi 6 ko‘ngilli esa vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar